O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona davlat Universiteti


Muammoning o’rganilganlik darajasi



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə2/20
tarix10.06.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#61176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Yangi MD

Muammoning o’rganilganlik darajasi. 1911 yilda Toshkentda Turkiston entomologiya stansiyasining tashkil etilishi, ushbu hududdagi qator zararkunandalar to‘g’risida, shu jumladan, zararkunanda shiralar, termitlar haqida ham qimmatli ilmiy ma`lumotlarni yig‘ilishiga sabab bo‘ldi. Turkiston entomologiya stansiyasining dastlabki ma`lumotlari va hisobotlarida hasharotlar sinfining vakillarining mevali, manzarali daraxtlar, qishloq xo‘jaligi ekinlarida ko‘plab uchrashligi ta`kidlangan .
Farg‘ona vodiysi afidofaunasini o‘rganish O‘rta Osiyo shiralarini tadqiq etish tarixi bilan bog‘langan.
Hozirga qadar Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlari, madaniy landshaftlari afidofaunasi bo‘yicha bir muncha batafsil ma’lumotlar olingan va e’lon qilingan.
O‘rta Osiyodagi afidologik tadqiqotlarning ibtidosi o‘tgan asrning 1910-1915 yillariga to‘g‘ri keladi. Mazkur jarayonda shiralar boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari bilan hamohang tarzda o‘rganilgan va u davrda Aphis pomi de Geer., Hyalopterus pruni Geof., Dysaphis reaumuri Mordv., Pterochloroides persicae Chol., Myzus persicae Sulz.va boshqa turlar haqida dastlabki ma’lumotlar e’lon qilingan edi .
Farg‘ona vodiysi shiralari haqidagi dastlabki ma’lumotlar I.V.Vasilev ishlarida o‘z ifodasini topgan. Bu davrda ayrim shiralarning tur tarkibi bilan bir paytda ularning biologiyasi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar keltirish haqidagi ma’lumotlar ham izohlab berilgan .
Farg‘ona vodiysi shiralarini keng qamrovli va rejali o‘rganish 1961 yildan boshlangan, bu davr A.A.Muhammadiev faoliyati bilan bog‘langan. Uning dastlabki dissertatsiya ishi Farg‘ona vodiysi va unga chegaradosh hududlar afidofaunasiga bag‘ishlangan. A.A.Muhammadiev Farg‘ona vodiysi shiralarini tadqiq etish jarayonida Chotqol tizmasining janubiy-sharqiy mintaqalaridan Ferganaphis (Sogdianella) Mukh. urug‘iga mansub shiralarni topadi va tavsiflab beradi .
Respublikamiz, shu jumladan horijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislarini asalarichilik soxasini tadqiq etish hozirga qadar qiziqtirib kelgan. Jumladan, bu borada N.F.Kraxotin (1991), V.I.Kruk (2000), Эдмунд Херолд, Карл Вайс (2007), А.С.Буткевич (1926), Н.Н.Колосниченко (2002), Э.Бертан (1925), Эдуардъ Бертранъ (1914), А.В.Суворин, А.Г.Болсуновский (1990), А.Г.Мегед, В.П.Полишук (1990) kabi soxa mutaxassislari va olimlarining ishlarida asalarilar tanasining tuzilishi, hazm qilish organlari, qon aylanish sistemasi, nafas olish sistemasi, nerv sistemasi, sezgi organlari, asalarilaning xatti-xarakati, ko’payish jarayoni, tuxum qo’yishi, ishchi, ona va erkak asalarilarning rivojlanish jarayonlari to’g’risida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Termitlar muammosi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar xorijlik olimlar J.Korb, M.S.Wright, W.L.A.Osbrink, Rudolf H.Scheffrahn, Ch.Martius, A.K. Raina, A.R. Lax, Nan-Yao Su, K.Krishna, Michael S.Engel, P.Ligunbuhl, F.Wacneske, D.Bignell, Harttwing H.Hochmair2 tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa, MDH mamlakatlarida D.P.Jujikov, E.X.Zolotarev, M.S.Gilyarov, A.N.Luppova, K.Kakaliev, E.A.Orlova, E.I. Щerbina, A.N.Suxinin, A.SH.Hamraev, N.V.Belyaeva va boshqalarning ilmiy asarlarida kuzatish mumkin.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin