Chromphis juglandicola shirasini yong’oq bargining ostki tomoni tik tushadigan quyosh nurlaridan, yog’ingarchilikdan, ko’pincha entomofaglarning hujumlaridan himoya qiladi.
Barg ostki yong’oq shirasining tuxum qo’yuvchi urg’ochi formalarini va erkaklarini paydo bo’lishi davomida yong’oq barglari sarg’aya boshlaydi.
Kichik yong’oq shirasining yong’oq barglaridagi miqdori ko’p yoki ozligi ozuqa o’simligining hiliga hamda u tarqalgan mintaqalarning tuproq iqlim sharoitlariga bog’liq bo’ladi.
Kichik yong’oq shirasi yong’oq daraxtida bahor, yoz va kuz oylarida yashaydi. Bu shiralar yong’oqning hosildorli va rivojlanishi , mevalar sifatiga katta zarar yetkazadi. Shiralar hujayra suyuqligini so’rib oziqlanadi va barglarini qurib to’kilishiga sabab bo’ladi .
Shiralar bilan zararlangan ko’p yosh nihollar o’sishishdan qolib, qurib qoladi.
Chromaphis juglandicola shirasi to`liq siklli shiralar qatoriga kiradi. Bu turning qanotli urg`ochi morfasini birinchi bo`lib V.P.Nevskiy 1929-yil tavsiflagan. Erkak va urg`ochi tuxum qo`yuvchi shiralarni ilk bor M.N. Narziqulov (1962 yil) tavsiflab bergan.
Barg ostki yong`oq shirasi qishni tuxum fazasida qishlab o`tkazadi. Bu shira tuxumlarni yong`oqning yosh novdalariga va barg qo`ltig`lariga qo`yadi.
Erta bahorda qishlagan tuxumlardan asoschi shiralarning lichinkalarini chiqishi uchun hava harorati o`rtacha +9 0 S +10 0 S, maksimum 18,3 0 S bo`lishi darkor.
Olib borilgan tatqiqotlar va kuzatish natijalariga ko`ra kichik yong`oq shirasining rivojlanishi mart oyining oxiri aprelning birinchi o`n kunligida boshlanadi.
Barg ostki yong`oq shirasi erta bahorda yong`oq barg kurtaklarini yozilishidan boshlab uchraydi.
Markaziy Farg`onada mazkur tur shiralarni asoschilarni hosil qiluvchi lichinkalari aprelning boshlarida tuxumlardan chiqa boshlaydi.
Kichik yong`oq shirasinig barg o`ramlarida va kurtak qo`ltiqlarida dona holda uchraydigan lichinkalarni aprel oyining o`rtalarigacha uchratish mumkin. Tuxumlardan chiqqan dastlabki lichinkalari 18-20 kun davomida rivojlanib voyaga yetadi. Toshkentda dastlabki yetuk asoschilar 1-maydan (Nevskiy 1929-yil), Dushanbeda 19-aprelda uchratilgan (Narziqulov 1962-yil).
Keyingi asoschilarning dastlabki lichinkalari aprel oyining uchinchi o`n kunligidan voyaga yetadi. Lichinka tug`a boshlaydigan yetuk asoschilarning rangi sariq, ko`zi qizil, mo’ylavlari 3-bo`g`indan boshlab qora rangda bo`ladi. Mo’ylav uzunligi tananing ½ xissasiga teng keladi ( Nevskiy 1929-yil).
Kichik yong`oq shirasining tug`ilayotgan lichinkalari serharakat bo`lib barglarda yashash uchun qulay joy tanlaydi. Ular asosan barg tomirlariga yaqin joylarda yoki barg tomiriga yopishgan holda joylashib oziqlanadi. Oziqlanayotgan lichinkalar tashqi ta’sirlarga deyarli javob ko`rsatmaydi.[35]
Erta bahorda kichik yong`oq shirasi yong`qning uchki novdalardagi barglarga ko’plab joylashib oladi. Keyinchalik yozning boshlarida ular turli omillar tasirida daraxtlarning uchki va pastki novdalariga o`tib yashayotganinni ham ko`rish mumkin.
Chromphis juglandicola shirasi yong`oq o`simligida ko’plab ko’paygan vaqtda yong`oq barglari qandsimon suyuqlik bilan ifloslanadi.
Yozning boshlarida yong`oqda barg osti yong`oq shirasi miqdori pasayadi; oziqlanish sharoitining yomonlashuvi entomofaglarning faollashishi tufayli yong`oq o`simligida u kamayib ketadi.
Yozning issiq kunlarida lichinkalarning voyaga yetish davri sekinlashadi, kunning issiq paytlarida ularni tug`ilish miqdori ham keskin kamayadi.
Barg ostki yong`oq shirasi yozda yong`oqda butunlay yo`qolib ketmaydi uning oz miqdordagi individlari yoz davomida saqlanib qoladi. Iyul oyining o`rtalaridan boshlab shiralar yong`oq o`simligida kopaya boshlaydi. Avgust oyining boshlarida shiralar miqdori yana o`simlikda yuqori cho’qqiga chiqa boshlaydi. Bu davrda tug`ilgan lichinkalar 12-15 kun davomida rivojlanib voyaga yetadi. Sentyabr oyining boshlarida tug`ilgan lichinkalr rivojlanib tuxum qo`yuvchi urg`ochi va erkak shiralarga aylanadi. Tuxum qo`yuvchi urg`ochi shiralar bargning orqa tarafida kam sonda yakka holda uchraydi. Erkak shira urg`ochilariga nisbatan kam umr ko`radi. Ular o`z faolyatini o`tagandan so`ng tezda nobud bo`ladi. Tuxum qo`yuvchi urg`ochi shiralar tog` oldi mintaqalarida sentyabrning ohiri, markaziy tekisliklarda oktyabr oylarining boshlarigacha uchraydi. Tojigistonda tuxum qo`yuvchi urg`ochi va erkak shiralar sentyabrning ikkinchi yarmida kuzatilib oktyabr oyida ham uchratilgan (Narziqulov 1962-1960 yillar).
Erkak shiraning boshi ko`krak tergitlari, mo’ylabi, orqa oyoq boldirlari qora tusda 1-2 oyoqlari boldiri tiniq rangda bo`ladi. Uni ikkilamchi renariylari dumaloq, yoki ovalsimon shaklda. Mo’ylabining uchinchi bo`g`inida uch qator 21-25 ta to`rtinchi bo`g`inda bir ikki qatot 6-7 ta; beshinchi bo`g`inda 4-5 renariylar joylashgan.
Tuxum qo`yuvchi urg`ochi shira shaklan ovalsimon ko`rinishda. Uni ko’kragi qorinchani ikkinchi to`rtinchi bo`g`inlarining tergit qismi keng yahlit qora rangli bo`lib dumi yumaloqroq tilsimon tuzilishda va uzun qilli bo`ladi.
Tuxum qo`yuvchi va erkak shiralarning paydo bo`lish davri barglarning sarg`ayib borishiga to`g`ri keladi. Kichik yong`oq shirasining rangi barg rangiga mos holda o`zgarib boradi. Kunlar soviy boshlashi bilan barg ostki yong`oq shirasi karaxt holatga o`tib qoladi. Oziqlanish va harakatlnish sustlashadi.
Kichik yong`oq shirasi o`zining qishlovchi tuxumlarini yong`oqning yosh novdalariga va barg kurtaklariga qo`yadi.
Kichik yong`oq shirasi yong`oq o`simligiga oktyabrning o’rtalarida uchratiladi.