O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona davlat Universiteti



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə17/20
tarix10.06.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#61176
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Yangi MD

XULOSALAR

  1. Bir qancha hasharotlar minglab individlardan iborat yirik jamoa (oila) hosil qilib yashash xususiyatiga ega. Odatda jamoa tuzilishi va bajaradigan vazifalari bilan bir- biridan farqlanadigan bir necha guruh individlardan tashkil topadi.

  2. Chumolilar jamoa bo‘lib yashaydi. Ulaming oilasi bir necha ming, hatto millionlab individlardan tarkib topgan. Individlar orasida bir necha ona chumolilar, о ‘nlab erkak chumolilar va bir necha minglab ishchilari bo‘ladi. Odatda chumolilaming qanotlari bo‘lmaydi.

  3. Sariq о ‘rmon chumolisi - Formica rufa yer osti labirintlari va yer usti gumbazidan iborat murakkab in quradi. Inning yer osti qismi 1 -3 m chuqurlikkacha davom etadigan ko‘p marta tarmoqlangan yo‘laklardan iborat. Bu yerda ular qishni o‘tkazadi.

  4. Markaziy Farg‘ona tabiiy landshaftlari afidofaunasi Homoptera turkumi, Apidinae kenja turkumining 6 oila, 33 turkumiga mansub bo‘lgan 80 ta turdan iborat.

  5. Tokka fillokserasi - Phylloxera vastatrix, meva daraxtlariga qon shira - Eriosoma lanigerum, olma shirasi - Aphis romi, sabzavot ekinlariga karam shirasi - Brevicoryne brassicae, katta g ‘o ‘za shiralari - Aphis gossipii va Acyrthosiphon gossipii zarar keltiradi.

  6. Shiralarni oziqlanish joyini tanlashi, to’dadagi shiralarni kop yoki ozligi nafaqat muhit omillariga, balki bu hashorotlarning xulq -atvor reaksiyalariga, ular o’rtasidagi etologik munosabatlarga bog’liq bo’ladi.

  7. Paxmoq arilar (Bombus urug‘i) ancha yirik va yo‘g‘on bo‘lishi, tanasining qalin uzun tuklar bilan qoplanganligi bilan asalaridan farq qiladi. Qishlab qolgan ona ari bahorda biror pana joy topib, o'ziga in quradi va bir necha katak yasab tuxum qo‘yadi.

  8. Oddiy qovoqari-Bombus Lapidarus Tanasining rangi ko‘proq jigarrang yoki binafsha rangli bo‘lib, metallsimon yaltiroq tuslidir.

  9. Yirik qovoqarilar- V. orientalis Boshi sariq yoki sariq - qizil, ko‘kragi qora, qorinchasini orqa yarmi sariq, qora dog‘li. Yirik qovoqarilar - yirtqich boiib, nishi yoki jag‘i bilan o‘ldirishi mumkin bo‘lgan ko‘pchilik hasharotlar ulaming o‘ljasiga aylanadilar.

  10. Asalari (Apis mellifera) - jamoa bo‘lib yashovchi hasharot. Uning har bir oilasida 10000 dan 50000 gacha, ba’zan 100000 gacha ishchi, bitta ona (malikasi) va bir necha yuz erkak ari - trutenlar bo‘ladi. Oiladagi barcha arilar bitta ona arining nasli hisoblanadi, Lekin ular tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi.

  11. Termitlar (Isoptera) turkumi. Termitlar - tropik iqlimda tarqalgan, jamoa bo‘lib yashovchi hasharodar. Termitlar oilasi murakkab polimorf bo‘lib, bir necha xil individlar: ishchilar, navkarlar, erkaklari va urg'ochisidan iborat.

  12. O‘zbekistonda tarqalgan Turkiston va Katta kaspiy orti termitlari tashqi ko‘rinishidan bir – biriga juda o‘xshash bo‘lib, biroq Kaspiy orti termiti ozgina yirikligi hamda qanotlarining rangining ochiq tusda bo‘lishi bilan Turkiston termitidan farqlanadi.

  13. Kaspiy orti termiti cho‘l regionlarida, qumloq, kuchli sho‘rlangan tuproqlarda keng tarqalgan. Yer yuzida balandligi 25-30 sm (ayrim vaqtlari 1 metrgacha) aylanishi 2-3 metr bo‘lgan do‘ngliklarda yashaydi.

  14. Hasharotlar tuproq hosil qilish jarayonlarida katta ahamiyatga ega termitlar va chumolilar.Bu hasharotlar, shuningdek, yerda yashovchi ko'plab hasharotlarning lichinkalari tuproqni o'z harakatlari bilan yumshatadi, uning yaxshi shamollatilishi va namligiga hissa qo'shadi va gumus bilan boyitadi

  15. Hasharotlar faoliyatisiz ignabargli o'simliklar axlatini parchalanishi mumkin emas va bu sodir bo'lmagan joyda torfga o'xshash bepusht qatlamlar to'planib qoladi.

  16. O'simliklarning 80% dan ortig'i hasharotlar tomonidan changlanadi va gul o'simliklar va hasharotlarning birgalikdagi evolyutsiyasi natijasidir deb ishonch bilan aytish mumkin.

  17. Hasharotlar orasida tirik o‘simlik to‘qimalari bilan oziqlanuvchi turlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ulardan bir qancha turlari qulay sharoitda tez ko‘payib ketib, qishloq xo‘jalik ekinlari va bog‘larga katta ziyon yetkazadi.



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin