MASHINASOZLIK MATERIALLARI Mavzu: Fanning predmeti va uslublari. Mashinasozlik materiallar va qotishmalarning atom-kristallik tuzilishi.
Maruzachi: Jamshidbek Khasanov “Mashinasozlik materiallar” o‘quv fanining asosiy maqsadi va vazifalari asosan quyidagilardan iborat. Mashinasozlik materiallarni to‘g‘ri tanlab olish uchun talaba metall va qotishmalarning kristallanish jarayoni qonunlarini, kristallik panjaralarini va ularning turlarini, sovishdagi allotropik o‘zgarishlarni, ularni mustahkamligini oshirish usullarini, temir-uglerod xolat diagrammasini, ular xossalarining tuzilishlariga, kimyoviy tartibiga bog‘liqligini va boshqa nazariy amaliy bilimlarini o‘rganishlari kerak. Bundan tashqari metall va qotishmalarning mexanik va texnologik xossalari ham o‘rgatiladi. Po‘lat, cho‘yan, rangli metallar klassifikatsiyalari, markalanishi va ishlatilish joylari beriladi. Maxsus po‘latlar: zanglamaydigan, o‘tga bardosh, olov bardosh, asbobsozlik va x.k. larning xossalari, har xil harorat hamda muhitda ishlash qobiliyatlari. Bosim ostida ishlashning metallshunoslik asoslari. Termik, ximik-termik va termo-mexanik ishlash asoslari va turlari. Mashina va mexanizmlarda keng ishlatiladigan metal va qotishmalar: titan, magniy, alyuminiy va x.k. Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar davomida yuqoridagi masalalar amaliy tomondan o’rgatiladi va ma’ruza davomida olgan bilimlari mustahkamlanadi. Bunda talabalar qo’yilgan masalalarni mustaqil hal qilishni, tajriba qilishni, mantiqan mulohaza qilishni o‘rganadilar. Mustaqil ishlash davomida esa talaba o‘quv adabietlaridan foydalanish, bor fikirlarni mulohaza qilish, umumlashtirish, o‘z fikrini aniqlash, referat yozishni o‘rganadi. Mashinasozlikning rivojlanishi, yangi uchish apparatlarining yaratilishi yangi materiallarni yaratish, ularni va bor materiallarni maqsadli ishlatish masalalari bilan chambarchas bog‘langan. Muhandis- konstruktor, muxandis-texnolog, muxandis ekspluatsiya qiluvchiga har doim har xil xossaga ega materiallarni tanlash bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Bir xil materiallar zanglamaydi, o‘tga bardosh; ba’zilari suvda, havoda oksidlanadi, harorat ta’sirida o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi; ba’zilari mustahkam, qattiq; ba’zilari mo‘rt va x.k. Materiallarni to‘g‘ri talash uchish apparati sifatini oshiradi, ekspluatatsiya qilish muddatini uzaytiradi. Ushbu fanning maqsadi kelajak mutaxassislarini shu muhim masalani sifatli xal qilishga o‘rgatishdir. Bunda metallar va qotishmalarning kristallik tuzilishi, plastik deformatsiyalanishi, tuzilishi, nazariyalari, termik xamda termo-ximik ishlash usullari, boshqa xossalarni yaxshilash joylari kabi masalalar bayon qilingan. Metallarning kristall panjaralarida musbat ionlar muayyan tartibda joylashganligi yuqorida aytib o‘tildi. Metallar, boshqa xar qanday modda kabi, sharoitga karab, to‘rt xil agregat holatda: qattiq, suyuq, gaz va plazma hollarda bo’la oladi. Sof metall bir agregat holatdan ikkinchi agregat holatga ma’lum temperaturadagina o‘tadi va bunda metallning xossalari uzgaradi.