6
Hozirgi kunda respublikamiz sanoat korxonalarini texnologik yangilash bilan bir
qatorda, innovatsion jarayonlarni boshqarish, raqobat muhitini shakllantirish jadal
olib borilmoqda. Bu esa, hozirgi iqtisodiyotning barcha sohalarida globallashuv
jarayonlarining jadallashuvi, mamlakatlar iqtisodiyotining integratsiyalashuvi hamda
tovarlar bozorida raqobatning keskinlashuvi sharoitida
yanada dolzarb masalaga
aylanmoqda.
Milliy korxonalarning samarali faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan ularning
raqobatbardoshlik darajasi va innovatsion salohiyatiga bevosita bog‘liqligi, hozirda
yirik korxonalarda innovatsiya jarayonlarini boshqarish va raqobat muhitini
shakllantirish bilan bog‘liq muammolarni tadqiq etish muhim ahamiyatga ega
ekanligidan dalolat beradi.
Mamlakatimizda yirik davlat korxonalarini
aksiyadorlik jamiyatlariga
aylantirish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar natijasida
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida turli mulkchilik shakllariga asoslangan
korxonalar vujudga keldi. Natijada mazkur korxonalar o‘rtasida raqobat muhiti paydo
bo‘ldi. Qisqa davr ichida, mamlakatda iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlaridan biri
bo‘lgan innovatsion siyosatni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi. Buning
natijasida ilmiy tadqiqotlar,
ishlanmalar, tajriba konstruktorlik ishlari hamda yuqori
texnologik jarayonlarni amaliyotga joriy etishning huquqiy asoslari shakllantirildi.
Hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan turli shakldagi korxonalar milliy
iqtisodiyotning istiqbolini belgilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ishlab chiqarish
ko‘lamini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish
borasida muhim ijtimoiy-
iqtisodiy funksiyalarni bajarmoqda. Ammo korxonalarda innovatsion jarayonlarni
boshqarish tizimining sustligi korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish
mexanizmlarini samarali tashkil etishga, unga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb
etishni kengaytirishga, istiqbolli innovatsion loyihalarni amalga oshirish va shu kabi
boshqa ustuvor vazifalarni hal etishni kechiktirmoqda.
Bugungi kunga kelib avtomobil transporti korxonalarining
moddiy jihatdan
jihozlanish darajasi sezilarli ravishda yaxshilandi, bu ayniqsa avtomobil transporti
servisi sohasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Murakkab mexanik va elektron
7
tizimlardan tashkil topgan zamonaviy avtomobilga TXK va ta`mirlash uchun maxsus
jihozlar va texnologiyalar talab qilinmoqda. Demak sohada
texnologik jarayonlarni
takomillashtirish, TXK va JT ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiyalash,
ishlash sharoitlarini zamonaviy usullar asosida qayta qurish ustuvor vazifalardan biri
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: