O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   72
arxivshunoslik (1)

IMA tarkibi 


48 
Ilmiy-ma’lumotnoma apparatini yaratish uchun hujjat
yig’majild va fond asosiy axborot manbai bo’lib 
xizmat qiladi. Birlamchi ma’lumot beruvchi bu 
manbalarni tahlil etish arxivshunoslikda tavsiflash deb 
ataladi. Arxiv ishida alohida bir hujjat, yig’majild va arxiv fondi tavsiflanishi 
mumkin. 
Arxiv fondlari o’z ilmiy ahamiyati, ulardagi ma’lumotlarning salmog’i 
nuqtai nazaridan bir xil emasdir. Shuning uchun ham hujjatlarni tavsiflash 
differensial yondashuvni talab qiladi. 
Arxiv fondlari ulardagi ma’lumotlarning salmog’iga qarab 3ta kategoriyaga 
bo’linadi. 
Birinchi kategoriyali fondlar jumlasiga jamyat hayotining turli sohalariga 
doir xilma-xil va boy ma’lumotlar beradigan fondlar kiradi. Odatda bu fondlarning 
materiallaridan keng ko’lamda va muntazam ravishda foydalaniladi. Shu boisdan 
birinchi 
kategoriyali 
fondlarning 
ilmiy-ma’lumotnoma 
apparati batafsil 
ma’lumotlarni aks ettirishi kerak. Aks xolda hujjatlarni tezda topish va ulardan 
keng ravishda foydalanish ishi qiyinlashadi. Birinchi kategoriyali fondlar jumlasiga 
quyidagi fondlar kiradi: Turkiston general-gubernatori va viloyat harbiy 
gubernatorlari mahkamalari fondlari, Turkiston komiteti fondi, Turkiston ASSR
Buxoro va Xorazm respublikalari hamda O’zbekiston SSR Sovetlari, viloyat 
Sovetlari fondlari va hokazo. 
Ikkinchi kategoriyadagi fondlar qatoriga jamiyat hayotining ayrim 
yo’nalishlari bo’yicha ma’lumot beruvchi fondlar kiradi. Bu kategoriyaga viloyat 
Sovetlarining boshqarma va bo’limlari, uyezd va rayon Sovetlari, shahar dumalari 
va kengashlari hamda boshqa muassasalar fondlari kiradi. 
Uchinchi kategoriyaga qimmatli ma’lumotga uncha boy bo’lmagan fondlar 
kiradi. Bu kategoriya fondlari materiallaridan kam foydalaniladi. Shuning uchun 
ularga murakkab ma’lumot apparatini yaratish shart emas. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin