60
yoki bir guruh yig’majildlar bayon qilinishi mumkin. Masalan, Turkiston ASSR
XKS qarorlarining har biri alohida bayon kilinadi.
Muhim arxiv fondlari
hujjatlarining ko’p qismi qimmatli, ahamiyatli hujjatlar hisoblanadi.
Bunday
hujjatlarning har biri alohida bayon qilinadi. Mayda idoralar jamg’armalarini
katalog-lashtirish hujjatlar bo’yicha emas, balki yig’majildlar guruhlashtirilgan
bo’limlar bo’yicha bayon qilinadi.
Shunday qilib, kataloglar arxivning ilmiy ma’lumotnoma apparati tarkibiga
kiruvchi muhim ma’lumotnomadir. Ular tarixchi tadqiqotchilar ishlayotgan mavzu
bo’yicha arxivdan kerakli hujjatlarni qisqa fursatda topishga yordam beradi.
Tayanch iboralar
Katalog
– (lotincha ro’yxat) arxiv ma’lumotnomalarining
bir turi
Arxiv hujjatlarini
kataloglashtirish
– arxiv fondlariga kataloglar tuzish bilan bog’liq
ishlar
Rubrika
– arxiv katalogining sarlavhasi
Mantiqiy tuzilishdagi
kataloglar
– hujjatlar haqidagi ma’lumotlar mantiqiy o’zaro
bog’liqlik negizida tuzilgan kataloglar (sistematik,
mavzuiy, xronologik va hokazo)
Alfavit kataloglar
–
hujjatlar
haqidagi
ma’lumotlar
o’zaro
bog’lanmagan holda, ya’ni alfavit bo’yicha
tuzilgan kataloglar (ismlar, geografik nomlar
bo’yicha tuzilgan kataloglar)
Sistematik katalog
– hujjatlar haqidagi ma’lumotlar
bilim sohalari
yoki
ijtimoiy
faoliyat
sohalari
bo’yicha
guruhlashtirilgan katalog
Mavzuiy katalog
– konkret bir
mavzularga doir hujjatlar
guruhlashtirilgan katalog
Dostları ilə paylaş: