150
Bundan tashqari, maxsulotni yaratishda mehnatning roliga va
ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e`tibor beradi. SHu
bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to`plash va foydalanish
zarurligini ta`kidlaydi. shunisi muhimki, ular hech bir inson o`zi uchun
zarur bo`lgan iste`mol buyumlarining barchasini o`zi yarata olmasligini,
shuning uchun bir-biri bilan iqtisodiy munosabatda bo`lishlari ob`ektiv
zaruriyat ekanligini ham qayd qilganlar.
Bundan tashqari ularning asarlarida doimo xo`jaliklarning turlarida
(uy, shahar, davlat) daromad bilan xarajat muvozanatiga katta e`tibor
berish lozimligi, pulning mazmuni va uning kelib chiqish sabablari
yoritilgan. Lekin Aristotel`dan boshlab butun dunyoning, jumladan
O`rta Osiyoning ko`pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o`rganish asosida
uning ko`pgina qonun-qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan
bo`lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi.
Iqtisodiyot
nazariyasi
mustaqil
fan
sifatida
ko`pgina
mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga
kelayotgan davrlarda ―siyosiy iqtisod‖ nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod yunoncha so`zdan olingan bo`lib,
“politico” -
Dostları ilə paylaş: