O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti gumanitar fanlar kafedrasi falsafa



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə22/32
tarix28.03.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#90624
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
FALSAFA

Tayanch tushunchalar


Sivilizasiya, jaxon sivilizasiyasi, jaxon hamjamiyati, sivilizasiyali rivojlanish, iqtisodiy rivojlanish, mulk, mexnat, mexnatga munosabat.

Takrorlash uchun savollar


1. Jaxon sivilizasiyasining asosiy xususiyatlari nimalarda namoyon bo’ladi?
2. Taraqqiyotning o’zbek modeli konsepsiyasini qanday tushunasiz?
3. Jaxon sivilizasiyasiga kirishda iqtisodiy sohadagi o’zgarishlarning ahamiyati qanday?

ADABIYOTLAR


1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.: O’zbekiston, 1995.
2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr busag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T.: «O’zbekiston», 1997.
3. Karimov I.A. Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. — T.: «O’zbekiston», 1997.
4. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T., 1999.
5. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor», 2000 yil 8 iyun.
6. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O’zbekiston, 2000.
7. Falsafa asoslari. Toshkent. «O’zbekiston», 2005.
16-mavzu:AXLOQShUNOSLIK (etika) fani predmeti. Axloqning asosiy qoidalari va kategoriyalari.
(2 soat)


Reja:
1. Etika (axloqshunoslik) predmeti, muammolari va jamiyatdagi roli.
2. Axloqning asosiy qoidalari.
3. Axloqning asosiy kategoriyalari.

1. Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish»,»Ilmi axloq»,»Axloq ilmi»,»Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovropoda esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo’llar edik. Uni birinchi bo’lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo’ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga – etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa – san’at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko’targanlar va «Etika» (ta ethiga) deb ataganlar.


Hozirgi
kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.
Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o’rganadi. «Axloq» so’zi arabchadan olingan bo’lib, «hulq» so’zining ko’plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakat ining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakat larni o’z ichiga oladi.
Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakat larning majmui.
Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakat lar yig’indisidir.
Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o’tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro’parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O’tiring, otaxon!» deb joy bo’shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo’ladi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo’yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o’zini mudraganga solib, qariyaga joy bo’shatmasa, g’ashimiz keladi, ko’nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o’tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg’otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo’shatgani yoki bo’shatmagani oqibatida vagondagi yo’lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi – muhim o’zgarish ro’y bermaydi.
Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo’ni-qo’shnilarning barcha marakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo’lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko’ngil, ochiq qo’l, doimo o’z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h. k. Unday odamni biz hushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo’lsa, u qo’ni-qo’shnilar bilan qo’pol muomala qilsa, to’y- ma’rakalarda janjal ko’tarsa, sal gapga o’dag’aylab, musht o’qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba’zi shaxslar jabr ko’radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta’sir o’tkazmaydi.
Axloqqa kelsak, masala jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yohud viloyat prokurori o’zi mas’ul hududda doimo qonun ustuvorligini, adolat qaror topishini ko’zlab ish yuritadi, lozim bo’lsa, hodimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida na faqat o’z kasbini e’zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u – umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag’ishlagan yuksak axloq egasi; u, o’zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bularoq, o’sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi bo’laturib, o’zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo’lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo’ladi: oddiy fuqoro nazdida birgina kishi prokuror-amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg’onadi. Bu tasavvurning muntazam kuchayib borishi esa, oxir-oqibat o’sha jamiyat yoki to’zumni tanazzulga olib keladi.
Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prog’urorning axloqsizligi darajasi bilan o’z yaqqa hug’mronligi yo’lida millionlab begunoh insonlarni o’limga mahg’um etgan Lenin, Stalin, Hitler, Pol Pot singari shaxslar orasida farq bor: agar prog’urorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar to’zum hukmdorlari xatti-harakat lari umumbashariy miqyosdagi fojialarga olib keladi.
Mezoniy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik – ezgulik va yovuzlik, ezgulik axloqshunoslikdagi eng asosiy kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini ang’latadi – Tang’ri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon bo’ladi. «Ezgu o’y, ezgu so’z, ezgu a’mol» uchligi «Avesto» dan tortib, barcha muqaddas kitoblarda yetagchi o’rinni egallashi ham shundan. Ezgulik – inson shaxsining komillikka, baxtga, jamityani esa yuksak taraqqyoitga yetgazuvchi vositadir. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. Uni sinfiylik yohud partiyaviylik qobig’iga o’rash mumkin emas. Chunonchi, «sinfiy dushmanni», ya’ni biror bir shaxsni yoki guruhni faqat boshqa sinfga mansub bo’lgani uchun jisman yo’qotish, qanchalik bo’yab-bejalmasin, ezgulik bo’lolmaydi. U tom ma’nodagi yovuzlikdir. Shu bois totalitar tuzumlarda ezgulikni bunday talqin etishning noilmiyligi, soxtaligi hozirgi kunda hammaga ayon.
Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan o’lchanmaydi, ular ham muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy ideal bilan bog’liqligi ham shundan. Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o’z ichga oladi.
Shuni ham aytish kerakki, muhabbat va nafrat juftlik tushunchasida nafrat muhabbatni inkor etmay, aksincha, uning barqarorligidan dalolat bersa, ezgulik va yovuzlik juftligida har ikki tushuncha bir-birini tamomila inkor etadi. Na faqat inkor etadi, balki ular orasida hayot-mamot kurashi ketadi va bu kurash abadiy kurash sifatida, olamni harakatga keltiruvchi kuch tarzida nomoyon bo’ladi.
Ezgulik va yovuzlik haqida gap borganida, yaxshilik va yomonlik nima, bu ikki juftlik mazmunan bir emasmi, degani savol tug’iladi. Bu tabiiy. Chunki hozirgacha bizga ma’lum o’zbek tilidagi barcha axloqshunoslikka doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan, u bor-yo’g’i yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim etib kelingan. To’g’ri, yaxshilik tushunchasining ko’pgina unsurlari ezgulikdan, ezgulikning ba’zi unsurlari yaxshilikdan joy olishini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida ham shunday «singishib ketish» mavjud. Lekin bunday dalilllar aslo mazkur ikki juftlikni aynanlashtirishga asos bo’la olmaydi. Ular orasida qat’iy farq mavjud: ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega, yaxshilik esa unday emas. U asosan shaxsning odobiga, hulqiga bog’liq bo’lgan ijobiy hodisa. Zero unda, mardlik, ochiqko’nqillilik, halollik singari axloqiy me’yorlar tajassum topadi. Biroq u qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga ko’tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning faoliyatini olaylik. U surungasiga ijodiy mehnatga umrini bag’ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun «Xazoyin ul-maoniy»dek, «Hamsa»dek buyug’ asarlar yaratdi. Bu ezgulik – abadiy, zero Navoiy asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida zavq-shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni paytda, u ko’plab yaxshiliklar qildi – muhtoj odamlarga qarz berdi, bergan qarzidan kechib yubordi v.h. Uning bu yaxshiliklari, ajoyib ijobiy hodisa bo’lgani holda, o’tkinchilik xususiyatiga ega, shuningdek, qahramonlik ham, buyuk jasorat ham, vatanparvarlik ham emas. Demak, yaxshilikni yirik ijtimoiy hodisa – ezgulik bilan aynanlashtirish to’g’ri emas.
Axloqshunoslikning yana bir qamrovli mezoniy tushunchasi-adolat. Uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o’zi biror bir qadriyatni anglamaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda miqdor o’lchovchi ham deyish mumkin: u talab bilan taqdirlashni o’lchab turadigan tarozudir. Adolat bor joyda ijitmoiy jabrga, beboshlikka yo’l yo’q.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin