O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti


Qo‘shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsuloti bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng



Yüklə 67,13 Kb.
səhifə9/20
tarix02.01.2022
ölçüsü67,13 Kb.
#37531
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
kurs ishi yangi[1]

Qo‘shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsuloti bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng.

YaIM yildavomida ishlab chiqarilgan barchapipovapdtovarlar va xizmatlarning bozor narxidagi summasi bo‘lganligi uchun tovarning o‘zi, uning nafliligi ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish ymumiy hajmining har xil elementlarini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi.

Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‘zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YaIM qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya(narx darajasining o‘sishi) yoki deflyatsiya (narx darajasining kamayishi) o‘rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi.

Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi.Narx indeksi joriy yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami narxlari summasini, xuddi shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining bazis davrdagi narxlari summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‘ich davri «bazis yil» deyiladi. Amaliyotda qator har xil tovar va xizmatlar to‘plami yoki iste’mol savatining narx indeksi hisoblanadi. G‘arb mamlakatlari va xususan AQShda indekslar ichida eng keng qo‘llaniladigani iste’mol narxlari indeksi hisoblanadi.Uning yordamida tipik shahar aholisi sotib oladigan, iste’mol tovar va xizmatlarining 300 turini o‘z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi.Ammo narxning umumiy darajasini hisoblash uchun YaIM narx indeksidan foydalaniladi. YaIM narx indeksi ancha keng tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat iste’mol tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YaIM narx indeksi nominal YaIMni real YaIMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. Nominal YaIM shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.

Joriy yildagi nominal YaIMni real YaIMga aylantirishning ancha oddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuli nominal YaIMni narx indeksi (NI)ga bo‘lishdir, ya’ni:

.

Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‘rsatkichi YaIM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab beradi.

YaMM va YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning o‘rnini qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi.



YaIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi:

SMM qiymatiga davlat tomonidan o‘rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan narxga qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og‘irligi iste’molchi zimmasiga tushadi va uning hisobiga o‘zlarining daromadining bir qismini yo‘qotadi. Shuning uchun, SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlansa milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi:

Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad– bu yangidan yaratilgan qiymatning butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad – bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan yo‘qotishlar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zahirada saqlashdagi yo‘qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga teng.

Milliy daromadni, daromadlar barcha turlarini (amortizatsiya ajratmasi va biznesga egri soliqlardan tashqari) qo‘shib chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin.

Milliy daromadning bir qismi,jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, korxona foydasidan to‘lanuvchi soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydi. Aksincha, uy xo‘jaliklari oladigan daromadning bir qismi,masalan, ijtimoiy to‘lovlar – ular mehnatining natijasi hisoblanmaydi.

Shaxsiy daromad ko‘rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo‘shishimiz zarur.

Shaxsiy daromaddan soliqlari to‘langandan keyin, uy xo‘jaliklarining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.

Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi.

Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan daromad hisoblanib,alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu daromadlarning bir qismini iste’mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradi.

Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir ko‘rsatadi. Xufyona iqtisodiyot - bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga quyidagilar kiradi:

1) jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday shaklidan yashiringan holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar – bosqinchilik, shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket);

2) soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar);

3) norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur sub’ektlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar va bevosita aloqalarga asoslanadi;

4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot – yakka tartibdagi va kooperativ faoliyatning nazoratdan yashiringan, ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.7


Yüklə 67,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin