O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti


Oddiy takror ishlab chiqarish– bu ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi



Yüklə 67,13 Kb.
səhifə7/20
tarix02.01.2022
ölçüsü67,13 Kb.
#37531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
kurs ishi yangi[1]

Oddiy takror ishlab chiqarish– bu ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi. Odatda bunday ishlab chiqarish ko‘proq faqat o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan an’anaviy iqtisodiyot sharoitidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xos bo‘lgan.

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish– bu ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir. Bu turdagi ishlab chiqarish barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining asosini tashkil etadi.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. U barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlarni o‘z ichiga olib, milliy hisobchilikda yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritiladi. Yalpi milliy mahsulot – bu o‘z mamlakati yoki xorijda joylashuvidan qat’iy nazar, milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymati.



Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, YaMM ko‘rsatkichiga sof eksport (eksport va import o‘rtasidagi farq) kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog‘i keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YaIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot– bu ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymati.

Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.

Yalpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq undan xorijiy mamlakatlar bilan hisob-kitoblar qoldig‘iga teng bo‘lgan miqdorga farq qiladi. Ya’ni, YaIM ko‘rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan keluvchi tushumlari (omillar bo‘yicha daromadlari) hamda mazkur mamlakatda xorijiy investorlar tomonidan olingan omillar bo‘yicha daromadlar o‘rtasidagi farqni qo‘shilsa YaMM ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi.

YaMM va YaIMning o‘zaro farqini quyidagi chizma orqali yaqqolroq ifodalash mumkin (2-chizma).





Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish

Chet ellardagi

milliy

korxonalar

mahsuloti


Xorijiy

korxonalar

mahsuloti


Milliy

korxonalar

mahsuloti


2 trln.so‘m


10 trln.so‘m

3 trln.so‘m


Yüklə 67,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin