O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti


Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 67,13 Kb.
səhifə4/20
tarix02.01.2022
ölçüsü67,13 Kb.
#37531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
kurs ishi yangi[1]

1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari


Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.

Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.

Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi; mazkur sub’ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda quyidagi 1-chizma orqali tasvirlash mumkin.5

Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning yer maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.


Milliy iqtisodiyot



Iqtisodiy jihatdan nisbatan mustaqil birliklar



Korxonalar



Uy xo’jaliklari







Davlat (Ko’plab xo’

jalik yurituvchi birliklari bilan)







Yüklə 67,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin