O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/69
tarix09.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#127302
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69
 
Muxokama uchun savollar:
1. Kartoshka seleksiyasi jarayoniga ta‘rif bering. 
2. Tuganak mevali ekinlarda qanday nav sinashlar vmavjud? 
3. Birinchi va ikkinchi yil duragay pitomniklarida olib boriladigan ishlar 
toʻgʻrisida soʻzlab bering? 
4. Seleksion materiallarni baholash xillariga ta‘rif bering. 


35 
KARTOSHKA NAV BELGILARINI OʻRGANISH 
Darsning maqsadi:Talabalarni kartoshkani nav belgilari bilan tanishtirish. 
Topshiriq: 
1. Kartoshkani nav belgilari guli, poyasi, tupi, tuganaklari bilan tanishtirish . 
2. Davlat reestriga kritilgan navlar belgilarini oʻrgatish. 
Kartoshka tomatdoshlar (Solanaceae) oilasiga mansub Solanum avlodini 
tashkil etadi. Bu L.Ye. Gorbatenko boʻyicha 211 ta turlari mavjud boʻlib, eng koʻp 
xoʻjalik ahamiyatiga ega faqat bitta S. tuberosum turi tarqalgan. 
Kartoshkaning asosiy nav belgilari, guli, bargi, poyasi, tupi, tuganagi va 
oʻsimtalaridir. Davlat nav sinashiga topshirilayotgan kartoshkaning yangi navlari 
18 ta xoʻjalik - biologik, tuganakning 9 ta, tupining 3 ta, bargining 16 ta, gulining 
10 ta belgisi boʻyicha toʻliq ta‘rifi aks ettirilmogʻi lozim. 
Guli–shingil boʻlib uning shakli gulbandi uzunligi va ranglanishi, gulining 
gʻuj, sochma boʻlishibilan farqlanadi. Gulbandi uzun va qisqa, ingichka yoki 
yoʻgʻon boʻlishi mumkin. Rezavor meva hosil qilishi (koʻp, yirik, mayda) bilan 
farqlanadi. 
Shona–shakli tuplanganligi va ranglanganligi. Shona yumaloq, oval yoki 
uzunchoq shakllarda, kuchsiz yoki kuchli tuklangan yoki tuklanmagan boʻladi. 
Ranglanishi tuganakning yoppasiga, faqat yuqori qismida va tashqi koʻrinadigan 
qismida boʻlishi bilan farqalanadi. Guli gulkosa, gultoj, urugʻchi va changchidan 
tashkil topgan. Gulkosaning rangi, tukliligi, shakli navning harakterli belgisidir. 
Gulkosa ranglanishi boʻyicha yashil, qisman va toʻliq ranglangan kuchli va kuchsiz 
tuklangan, uning barg uchlari bigizsimon va bargsimon boʻladi. 
Gultoj-ning tuzilishi, rangi va kattaligi navga xos belgi hisoblanadi. Gultoj 
rangi oq, qizil, binafsha, koʻk binafsha, koʻk va boshqa rangda boʻladi. Kartoshka 
gulida 5 ta changchi boʻlib, rangi sariq, och–sariq, sargʻish– yashil va toʻq sariq, 
shakli toʻgʻri, konussimon silindr yoki noksimon, yirikligi boʻyicha katta va 
mayda changchili gullarga boʻlinadi.


36 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin