26
Kartotipik va morfologik oʻzgarishlarga ega boʻlgan digaploidlarning
protoplastlarida
kam
uchrashi
tajribalarda
aniqlangan.
Xuddi
shunday
ma‘lumotlarni Tiemann (1984) keltiradi.
Kartoshka protoklonlarda mutasiya omillari yaxshi oʻrganilmagan.
Shepard (1982) ning fikricha, Russet Burbank navida yuz bergan
oʻzgarishlar xromasoma tarkibining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bu
ma‘lumotlar Djill tomonidan translokatsiya va xromasoma oʻzgarishlari
protoklonlardagi genetik oʻzgarishlarning sababi bilan bogʻliq ekanligi aniqlandi.
Bunday oʻzgarishlarning omili Meynz (1966) fikricha protoplastlar
ekinining ―dastlabki destabilmzator omili‖ koʻplab irsiy oʻzgarishlarga olib kelishi
mumkin.
Somaklonal oʻzgarishlarning genetik yoki faqat fenotipik oʻzgaruvchanlik
ekanligi seleksiya jarayonida har xil baholashlar orqali aniqlanishi lozim.
Kartoshka somaklonlari doim ham ijobiy belgilarning oʻzgarishiga olib
kelmasligi aniqlangan. Masalan, Pavek va Corsini (1982) tajribalarida 341 ta
somaklonlarda onalik shakliga nisbatan hosildorlikning olishi kuzatilmagan.
Lekin har qanday genetik oʻzgaruvchanliklar orasida kerakli belgi va
xususiyatlarga ega boʻlgan oʻsimliklar shaklining mavjudligi ulardan seleksiyada
foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: