3- jadval
Kartoshkaning turlarini urugʻi va maysalarini kolxisinlash
usullarinitaqqoslash (Laktev, Dvoryankina)
Kolxisinlangan
turlar
Oʻsimlik soni
Tirik
qolish %
Induksiyalangan poliploidlar
Kolxisin
langan
Tirik
qolgan
hammasi Kolxisin-
langanlar
soni
Tirik
qolganlar
soniga
nisbatan
%
Dastlabki sovutish bilan tomchili usul
S.phureja
73
48
65,8
26
35,6
54,2
S. tuberosum
69
39
56,5
8
11,5
20,5
S. acaule
30
30
100,0
8
28,7
26,7
S. demissum
82
63
76,8
18
22,0
28,6
Jami
254
180
70,9
60
23,6
33,3
Dastlabki sovutmay bilan tomchili usul
107
87
81,3
31
29,0
35,7
95
67
70,3
5
5,3
7,5
33
30
96,8
2
6,1
6,7
87
84
96,4
7
8,0
8,3
322
268
83,2
45
14,0
16,8
N.A.Lebedova tomonidan qayta Djonsonning ishlangan usuli
S.phureja
91
0
0
0
0
0
S. tuberosum
58
9
15,5
1
1,7
11,1
S. acaule
99
0
0
0
0
0
S. demissum
172
0
0
0
0
0
Jami
420
9
2,1
1
1,7
11,1
Bir qancha olimlarning tajriba natijalariga qaraganda tomchili usulni
qoʻllash yaxshi natija beradi. Eng koʻp miqdorda poliploidlar dastlabki sovuq ta‘sir
qilgan usulda hosil boʻlgan.
17
Tomchili usul bilan sun‘iy hosil qilingan poliploidlar urugʻi bilan ham
tuganaklari bilan koʻpaytirilishi mumkin.
Kartoshka seleksiyasida urugʻlarni va maysalarni kolxisinlash bilan birga
ba‘zan tuganaklarni, maysalarni va butun palagini kolxisinlash mumkin.
Kartoshkaning poliploidlarini hosil qilishda kolxisin usulini qoʻllamay
tuganak ichki toʻqimalaridagi adventiv kurtaklaridan hosil qilish mumkin.
(Yu.P.Laktev).
Buning uchun tuganakning koʻzchalari kesib olinadi. Bir foizgacha
poliploidlar adventiv kurtaklarni yaralanishi va kallus yonidagi toʻqimalardan
yadrosi ikki karra xromosomalar soni ortgan vakuolalashgan toʻqimalarining
boʻlinishi natijasida vujudga keladi.
Amaliy seleksiya ishida poliploidlarni qoʻllashda muhimi shundaki ularni
qoʻshimcha sitologik analizlar qoʻllamay ishonchli ajratish (idekdikasiya qilish).
Kartoshkaning poliploid shakllari sust rivojlanishi, poyalari va barglari
yoʻgʻonlashgan, oʻsimliklari toʻq yashil rangli, gulkosa va gultoj barglari kuchli
tuklangan, gullari, changchi va urugʻchi yiriklashganligi bilan ajralib turadi.
Poliploidlar oʻsimlik kattaligi, fertilligi meva va urugʻ hosil qilishi bilan
turlicha boʻlishi mumkin.
Urugʻidan hosil qilingan yosh kolxisinlangan oʻsimliklarni farq qiladigan
belgilariga quyidagilar kiradi: urugʻ osti tizzasining (gipokotili) yoki uning qismini
yoʻgʻonlanishi, urugʻ pallasini qorongʻi tusli va yosh bargchalarining qoʻpol
tuklanishidir. Barg plastinkalarining shakli kuchli yoki qisman oʻzgargan.
Eksperimental poliploidlarning amaliy seleksiyada maqsadi qimmatli belgili
yovvoyi turlarning madaniy tetraploid kartoshka S. tuberosum bilan turlararo mos
kelmasligini yengishdir.
Eksperimental (sun‘iy) poliploidiya . Kartoshka ekini seleksiyasida bu usul
chatishmaslikni yengish, yoki chatishtirishni osonlashtirish maqsadida turlarni
polidligini (xromosomalar sonini karra oshirish) oshirish va navlar bilan
chatishtirish maqsadida qoʻllaniladi. Buning uchun kolxisinning suvdagi 0,4 %
eritmasini ikki usulda: nishlagan urugʻning o`sish nuqtasiga tomchilab solish va
18
kartoshkaning haqiqiy urugʻini shu eritmaga quyib to 2 mm li ildizchalar paydo
boʻlguncha saqlash.
Diploidlardan shu usulda avtotetraploid hosil qilinib (2n = 24) kolxisinlash
oʻtkaziladi. → (4n = 48) ularni S. tuberosum bilan chatishtiradilar. Shu usuldan
foydalanib bir necha turlarning poliploidlari hosil qilinib seleksiyada foydalanilgan
(S. acaule, S. stoloniferum, S. chacaense va boshqalar). Oxirgi vaqtda
kartoshkaning diploid turlarini amfidiploidiya usulidan foydalanib chatishtiradilar.
Ikki diploid turlari chatishtirilib turlararo duragay hosil boʻladi, bu hosil boʻlgan
duragayga kolxisin ta‘sir qilib xromosomalar sonini ikki hissa koʻpaytiriladi.
Undan keyin hosil boʻlgan amfidiploid nav bilan chatishtiriladi. Masalan,
2n – 24
2n – 24
(S. vernei – x S. chacoense) x S. tuberosum
S. vernei – 2n = 24
S. chacoense 2n = 24
S. tuberosum 24 = 48
S.Vernei x S. chacoense (S. Vernei x S. chacense)
2n = 24 2n = 24 turlararo duragay
n = 12 n = 12 n = 12 + n = 12 = 2n = 24
Turlararo duragayga kolxisin ta‘sir qilib xromosomalar soni ikki barobar
oshgan amfidiploid hosil qilinadi.
2 n = 24 x 2 = 2 n = 48 xromosoma
(S. Vernei x S chocoeusc) x S tuberosum uch turli -2n=48
2n = 48 duragay amfidiploid fertil
n = 24 2n=48
n = 24
Eksperimental (sun‘iy) gaploidiya . Bu usul madaniy diploid turlaridan
digaploid hosil qilish va undan keyin turlararo chatishtirishni oʻtkazishga
asoslangan. Birinchi boʻlib kartoshkaning digaploidlarini 1939 yilda Ye.V.
Ivanovskiy Solanum tuberosum x S. Ribini (2n = 24) chatishtirishda hosil qilgan.
Solanum tuberosum Solanum andegenum digaploidlarni hosil qilish uchun ularni
19
madaniy diploid turlari S. phyreja, S. rybinii, S. stenotomumlar bilan
chatishtiradilar. Buning uchun maxsus marker belgili diploid turlaridan
foydalanish kerak.
Digaploidlarni chang donachalariga kimyoviy moddalar nurlar ta‘sir qilish,
changlanishni bir muncha choʻzish, chang donachalarni oʻstirish usullaridan
foydalanish mumkin.
Geterozis asosida seleksiya. Geterozis hodisasi kartoshkaning turlararo
duragaylashda yaqqol nomoyon boʻladi: Masalan, navlarni madaniy tetraploid S.
tuberosum x, S. tuberosum (T x T), S. tuberosumx S. andigenum
(T x A), S. tuberosum x diploid duragaylar (4n x 2n) chatishtirishdan hosil
qilingan duragaylarni oʻrganish natijasida umumiy hosildorlik xususiyati boʻyicha
geterozis hodisasi T x A va 4n x 2n kombinasiyalarida roʻy berganligi va T x T
kombinasiyasida esa hosil boʻmaganligi aniqlangan.
Mutagenez. Kartoshka oʻsimligida ham generativ ham vegetativ (somatik)
mutasiyalar roʻy berishi mumkin. Ular tabiiy (spontan) yoki mutagen omillar
ta‘sirida eksperimental yoʻl bilan hosil boʻladi. Spontan somatik mutasiyalar
natijasida tuganaklarning, gullarning rangi, barg plastinkalarining pegmentasiyasi,
bargining shakli, soni va kattaligi oʻzgarishi kuzatiladi. Mutasiya natijasida
qimmatli xoʻjalik belgilarining oʻzgarishi kamdan kam uchraydi. Kartoshkani
mutant shakllari sifatida ekinlardan tanlash oʻtkazish natijasida Rasset Berbank,
Red Varba va boshqa navlar yaratilgan. Eksperimental mutasiyalar maxsus usullar
ionizasiya nurlanishlar (gamma rentgen nurlari, neytronlar) va kimyoviy
mutagenlar bilan ta‘sir qilib olinadi. Har bir ekin turi, xili ekining qismiga qarab
mutagenlarning ta‘sir qiluvchi meyori, muddati (vaqti) alohida belgilanadi. Eng
yaxshi natijalar ijobiy belgi va xususiyatli mutantlar kartoshkaning urugʻiga
gamma nurlanishning 150 Gr dozasi tuganagiga 40–60 Gr dozasi ta‘sir qilinganda
kuzatilgan.
Insuxt (inbriding). Seleksiyada gomozigotali liniyalarini hosil qilishning
asosiy usuli insuxt hisoblanadi. Lekin kartoshka oʻsimligida insuxt oʻtkazish
osonlik bilan boʻlmaydi, chunki koʻp navlar pushtsiz va oʻzidan changlanishi
20
natijasida ulardan nasl olib boʻlmaydi. Fertil navlarining ikkinchi pushtidan
boshlab hosildorligi pasayib meva (rezvavor) hosil qilish kamayadi. Insuxt
qoʻllanishi natijasida ertapisharligi boʻyicha gomozigotali liniyalar ajratib
olingan. Ular seleksiyada qoʻllanib ertapishar navlar yaratilgan. (Varba va boshqa
navlar).
Hujayra seleksiyasi. Bu usul yordamida turli belgi va xususiyatli
boshlangʻich materil hosil qilish mumkin. Ilgari hujayra seleksiyasi usulini ekilib
kelinayotgan navlarning ayrim kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida qoʻllash
nazarda tutilgan edi. Ish jarayonida regenerant oʻsimliklar bir necha belgi va
xususiyatlarini oʻzgaruvchan qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangan. Hatto ularda
boshlangʻich navlarga nisbatan ijobiy oʻzgarishlar borligi kuzatiladi.
Bunday oʻzgaruvchanlik kartoshka ekinining vegetativ koʻpayishi
jarayonida nafaqat mutasiya va xromosom aberrasiya natijasida, balki oʻstiruvchi
stimulyatorlar ta‘siri ostida selektiv sharoitida hujayra protoplastlar
populyasiyalarini yoki kallusli koʻchirma (esplantat)larning somatik krossingoveri
natijasida roʻy beradi. Bunday usulni qoʻllash natijasida fitoftoraning bir necha
irqlariga, oddiy parshaga, xalqasimon chirish kasalligiga chidamli kartoshkaning
shakllari hosil qilingan.
Protoplastlarning qoʻshilishi bir biri bilan birlashtirish usuli yordamida
jinsiy duragaylash orqali imkoniyati boʻlmagan xollarda ayrim turlararo somatik
duragaylar hosil qilish mumkin. Shu usulda Kanadada S. tuberosum bilan S.
brevidens turlari asosida duragaylar hosil qilingan.
Dostları ilə paylaş: |