O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


O`zbekistonda kartoshka virus kasalliklarining tarqalishi va zarari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/69
tarix09.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#127302
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
O`zbekistonda kartoshka virus kasalliklarining tarqalishi va zarari 
Tuproq -iqlim sharoitlari, ekining entomofitopatologik xolati, xoʻjaliklarni 
yuqori reproduksiya urugʻliklar bilan ta‘minlanganligi, ekiladigan navlari kabi 
omillar Zarafshon vohasining tog`oldi mintaqasida asosan yengil xoldagi virus 
kasalliklari tarqalganligini, tekislik mintaqasida esa barg buralish va rangdorlik 
kasalikning og`ir formalari tarqalganligini ko`rsatadi. 
1-jadval 
O`stirish sharoitlarining kartoshka virus kasalliklarining tarqalishi va 
zararlanishiga ta’siri (baxorgi muddatda). 
Virus kasaliklari 
Tog` oldi mintaqasi 
(dengiz satxidan 1000 m 
balandlikda). 
Tekislik mintaqasi 
(dengiz satxidan 750 m 
balandlikda). 
Kasallanish 
darajasi% 
Zarar koe-
ffisiyenti 
Kasallanish
darajasi 
Zarar koe-
ffisiyenti 
Burishgan rangdorlik 
Chiqimli rangdorlik
Barg burishish 
Belgisiz viruslar
(Serologik analizlar 
natijasi) 
0,1 
0,1 
1,6 
68,4-80,3 
0,78 
0,83 
0,07 
3,5-65,0 
0,2 
0,4 
0,3 
72,3-91,4 
0,78 
0,85 
0,13 
68,2 


45 
Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, tog` oldi xududida yengil formadagi virus 
kasallik belgilari ko`proq ko`rinadi, pastki xududda esa ularning turidan qat‘iy 
nazar, kasallik belgilari yaqqol namoyon bo`ladi. Serologik analizlarning 
tasdiqlashicha, yetishtirish mintaqasidan qat‘iy nazar oʻsimliklar yashirin xoldagi 
viruslar bilan deyarli bir xil zararlangan. Bundan xulosa qilish mumkinki, tog` oldi 
sharoitlari kartoshka oʻsish va rivojlanishi uchun qulay imkoniyat boʻlganligi 
sababli kasallik belgilari yashirin xolga oʻtadi. 
Ma‘lumki, oʻsimliklarning virus kasalliklari bilan zararlanishining yashirin 
(yaqqol belgilari paydo bo`lmasdan) holdagi shakli ham mavjud. Ba‘zi mualliflar 
bu xolat oʻsimliklarning infeksiya tushgan dastlabki bosqichi bilan bog`lashsa, 
boshqalari kasallik belgilarining paydo bo`lmasligini navning chidamlilik 
xususiyati bilan bog`lashadi. Lekin har ikki xolda ham bunday shakldagi 
kasallanish kartoshka uchun xavfli xisoblanadi. Ya‘ni, birinchidan, latent xoldagi 
zararlanishda xam xosildorlikning pasayishi kuzatilsa, ikkinchidan viruslarning 
keyingi tarqali uchun «o`choq» boʻlib xisoblanadi. 
Tajribalarimizning ko`rsatishicha, yashirin shakldagi viruslar bilan 
oʻsimliklarning zararlanish darajasi va keltiradigan zarari tuproq iqlim sharoiti
nav xususiyatlari va qo`llaniladigan agrotexnik tadbirlarga bog`liq bo`ladi.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin