44
borligi 7 – 14 kundan keyin indikator o`simligi barglarida koʻng`ir dog`lar paydo
boʻlishi bilan belgilanadi.
Oʻsimliklarning stolbur bilan kasallanganligini shu kasallikka ta‘sirchan
boʻlgan pomidor navlariga (Talalixin navi) payvand qilib bilish mumkin. Agar
tekshirilayotgan oʻsimlik kasallangan bo`lsa, pomidor oʻsimliklari qoʻpollashadi,
xloroz kuzatilib, gullari xam yashil tusga kiradi.
Indeks usuli. Bu usul urugʻlik materialning
kasalliklarini qish vaqtida
qo`shimcha ravishda tekshirib ko`rish uchun qo`llaniladi. Indeks – bu tuganak
oʻrta qismidan 2 sm diametrda o`yib olingan ko`zchadir.
Analiz uchun olingan
indekslar issiqxonalarda va zonalarga ekiladi. Unib chiqqan oʻsimliklarda vizual
baxolash, serologik va immunoferment analizlar oʻtkaziladi. Indekslar
raqamlangan boʻlib, bu raqamlar orqali kasallangan
tuganak va klonlar brak
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: