O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/69
tarix09.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#127302
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Indikator usuli. Bu usul ba‘zi viruslarni aniqlash uchun «to`ldiruvchi» usul 
boʻlib, asosan barg buralish virusini aniqlashda Igel – Lange usuliga qo`shimcha 
xisoblanadi. Metod juda sermehnat indikator oʻsimliklarni o`stirish uchun va virus 
tashuvchi hashoratlarni koʻpaytirish uchun qo`shimcha xona va jixozlar talab 
qiladi. Bu metod bilan uchki meristema uslida tozalangan va tanlab olingan 
oʻsimliklarni L va U viruslari bilan zararlanganligini aniqlash uchun qoʻllaniladi. 
Barg buralishi kasalligi uchun eng yaxshi indikator oʻsimliklar boʻlib, 
bangidevona (Datura stramonium) va fizalis (Physalis floridana) hisoblanadi. 
Tekshiriladigan oʻsimlik bangidevonaga payvanddek qilib bog`lab qo`yiladi. Agar 
tekshirilayotgan oʻsimlik kasallangan bo`lsa, indikator oʻsimlik barglarida xloroz 
barg buralishi va o`sishdan orqada qolishi kuzatiladi. 
Fizalisga infeksiya shaftoli biti orqali oʻtadi. Shuning uchun tekshirilayotgan 
oʻsimlikka 20 dona shu bitdan oziqlanishi uchun 3 kun davomida quyiladi. Keyin 
ular fizialis oʻsimligigaoʻtkaziladi. (Bunda har bir oʻsimlikka kamida 5 dona bit 
toʻgʻri kelishi kerak), 3 kundan keyin bitlar afisidlar yordamida yo`qotiladi va 
oʻsimliklarni normal yorug`lik sharoitida o`stirish davom ettiriladi, har 7 – 14 – 21 
kunda kuzatishlar olib boriladi. Agar tekshirilayotgan oʻsimlikda infeksiya bo`lsa, 
fizalisda xloroz, barg buralish kuzatilib, kasallangan oʻsimliklar o`sishdan orqada 
qoladi va nobud bo`ladi. 
Oʻsimlik bargidagi U va A viruslari A – 6 kartoshka duragayi va TE – 1, TE 
– 2 raqamli Solanum chacoense yovvoyi kartoshka formalari yordamida 
aniqlanadi. Analizlar indikatorlarning 5 – 7 kundan keyin qora yoki to`q qo`ng`ir 
rangdagi nekrozlar xosil qilishi bilan belgilanadigan ta‘sirchanligiga asoslangan. 
Analizlar quyidagicha olib boriladi: tekshirilayotgan oʻsimlikning sharbati olinib, 
indikator oʻsimlikning bargiga so`riladi. Buning uchun oldindan indikator oʻsimlik 
bargi karborundning M-5 markadagi kukunidan ozgina sepilgan bo`ladi. Bunday 
barglar namli kameralarga (Petri chashkalari, shisha bilan yopilgan kyuvetlar) 
solinib 2000 lyuks yorug`likka ega boʻlgan joyda 22 – 23
0
C haroratda saqlanadi. 
Gotika va tuganaklarning yoysimonligi kasalliklari indikator usul bilan 
Xitoy skopoliyasi (Scopia sinensis) o`simligi yordamida aniqlanadi. Infeksiya 


44 
borligi 7 – 14 kundan keyin indikator o`simligi barglarida koʻng`ir dog`lar paydo 
boʻlishi bilan belgilanadi. 
Oʻsimliklarning stolbur bilan kasallanganligini shu kasallikka ta‘sirchan 
boʻlgan pomidor navlariga (Talalixin navi) payvand qilib bilish mumkin. Agar 
tekshirilayotgan oʻsimlik kasallangan bo`lsa, pomidor oʻsimliklari qoʻpollashadi, 
xloroz kuzatilib, gullari xam yashil tusga kiradi. 
Indeks usuli. Bu usul urugʻlik materialning kasalliklarini qish vaqtida 
qo`shimcha ravishda tekshirib ko`rish uchun qo`llaniladi. Indeks – bu tuganak 
oʻrta qismidan 2 sm diametrda o`yib olingan ko`zchadir. Analiz uchun olingan 
indekslar issiqxonalarda va zonalarga ekiladi. Unib chiqqan oʻsimliklarda vizual 
baxolash, serologik va immunoferment analizlar oʻtkaziladi. Indekslar 
raqamlangan boʻlib, bu raqamlar orqali kasallangan tuganak va klonlar brak 
qilinadi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin