O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/69
tarix09.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#127302
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
Kartoshka aprobasiyasi. Urugʻlik kartoshka maydonlarida aprobasiya gullash 
davrida oʻtkaziladi. Aprobasiya oʻtkazishgacha agronom–aprobator ekilgan urugʻlik 
kartoshkaning navlilik hujjatlari (elita urugʻlik materialning attestati, urugʻlik 
guvohnomasi, oʻtgan yilgi aprobasiya akti), xoʻjalikdagi umumiy aprobasiya 
qilinadigan maydon, nav oʻtogʻi akti bilan tanishib chiqadi. Bundan tashqari
aprobator urugʻlik maydoniga qanday, qachon, qancha oʻgʻit solinganligi, urugʻlikni 
ekishga tayyorlash, ekish usuli, muddati va me‘yori (normasi), parvarish qilish, nav 
oʻtogʻi oʻtkazilgan muddatlarni bilishi kerak. 
Agar nav oʻtgʻi oʻtkazilmagan boʻlsa, uni tezlik bilan tashkil qilish lozim. Dala 
aprobasiyasini oʻtkazishga aprobator bilan birga xoʻjalikning urugʻchilikka javobgar 
mutaxassisi ham qatnashadi. Aprobator maydondagi oʻsimliklar sonini batafsil 
tekshiradi. Agar aprobasiya oʻtkazilayotgan maydon 5 gektargacha boʻlsa, har biri 20 
tupdan iborat 15 ta namuna, jami 300 tup; 6 dan 10 gektargacha boʻlgan maydondan 
20 namuna (400 tup), 11 dan 15 gektargacha maydondan 25 namuna (500 tup) olib 
tekshiriladi. 
Maydoni 15 gektardan katta boʻlgan dalalarda ortriqcha har 5 gektarga yana 
ikkita hisobidan namuna olinadi. Maydonning hamma joyidan namunalar bir tekisda 
olinadi. Buning uchun qatorlar sonini yoki dalaning eni va uzunligini aniqlab, 
namunalar olish tartibi belgilanadi. Aprobator tekshirilayotgan namunadagi har bir 
oʻsimlikni morfologik belgilari (guli, bargi, poyasi kabilar), tuganaklarning rangi 
boʻyicha aprobasiya qilinayotgan navga xosligini, kasalliklar bilan zararlanganligini 
belgilaydi. Bu tekshirish natijalari dala jurnalining maxsus grafalariga yozib boriladi. 
Kasal oʻsimliklarning borligi asosiy navda ham, aralashmada ham aniqlanadi. 
Fitoftora bilan zararlanish darajasi koʻz bilan chamalab aniqlanadi. Agar ayrim 
oʻsimlik barglarida uchraydigan dogʻlar kam boʻlsa, kasallanish «kuchsiz», hamma 
tuplarning bargi sezilarli zararlangan boʻlib, lekin barglar yashil rangli boʻlsa 
«oʻrtacha», hamma tuplarda barglar zararlangan boʻlsa «kuchli» darajada kasallangan 
hisoblanadi. Aprobator aprobasiya oʻtkazilayotgan maydon holatini aniqlab, qatorni 


48 
yopib olgan boʻlsa «yaxshi», oʻsimliklarning 25 foiz kuchsiz rivojlangan boʻlsa 
«oʻrtacha», dalada oʻsimliklarning rivojlanishi oʻta notekis boʻlsa «yomon» deb 
baholanadi. 
Aprobasiya qilinayotgan maydon uchun parvarish qilish sifati va olinadigan 
hosil miqdori belgilanadi. 
Dala jurnalidagi yozuvlar asosida aprobator nav tozaligini va kasallangan tuplar 
prosentini aniqlaydi. Qizil va oq tuganakli aralashmalar dastlab alohida, soʻngra 
qoʻshib aniqlanadi. 
Kasallangan oʻsimliklarning prosenti har qaysi kasallik uchun alohida topiladi. 
Fitoftora bilan kasallangan dalalar navdor urugʻlikning kategoriyasi aniqlanmaydi, 
aprobasiya akti eslatmasida uqtirilib, xoʻjalikda unga qarshi tezlik bilan kurash 
choralari koʻriladi. 
Urugʻchilik dalalarida karantin kasalliklar (kartoshka raki) va zararkunanda 
hasharotlar (kartoshka nematodasi, kolorado qoʻngʻizi kabilar) boʻlishiga yoʻl 
qoʻyilmaydi. Aprobasiya natijalari aprobasiya aktiga yoziladi. Aprobasiya aktiga nav 
tozaligi (foiz), boshqa rang tugunakli navlar aralashmasi, kasallangan oʻsimliklarning 
umumiy soni, prosenti, shu jumladan ildiz chirish kasalligi bilan kasallangan tuplar 
prosenti yoziladi. Bundan tashqari, ekin kategoriyasi koʻrsatiladi. Nav tozaligi 3 
kategoriyadan (90 foizdan), kasallangan oʻsimliklar 4 foizdan koʻp boʻlgan dalalar 
navsiz va kategoriyasiz deyiladi hamda brak qilinadi. 
Aprobasiya aktiga aprobasiya oʻtkazilgan daladagi aralashma nav yoki 
kasallangan oʻsimliklarni bartaraf etish, parvarish qilish va boshqa ishlar boʻyicha 
qisqacha takliflar ham yoziladi. 
Dala jurnali aprobasiya aktiga qoʻshib topshiriladi. Aprobasiya akti ikki 
nusxada boʻlib, biri xoʻjalikda, ikkinchisi agrosanoat birlashmasiga beriladi. 
Urugʻlik kartoshka paykallarini xisobdan chiqarish(brak qilish) tartibi. 
Urugʻlik uchun moʻljallangan kartoshka maydonlari quyidagi hollarda urug`; 
tayyyorlash uchun xisobdan chiqariladi: 
- Maydonining nav tozaligi meyoridan kam bo`lasa; 
- Urugʻlik paykal holati va agrotexnikasi talabga javob bermasa; 


49 
- Zarur xujjatlar toʻliq bo`lmasa; 
- Aprobatr qayt etgan talab va qoidalar bajarilmasa, yani nav oʻtogʻi, 
parvarishlash tadbirlari, kasalliklar, zararkundalarga qarshi kurash oʻtkazilmasa; 
- Tarqalish izolyasiyasining talablariga amal qilinmasa; 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin