53
Sogʻlomlashtirishning eng oddiy usuli boʻlib, sogʻlom oʻsimliklarni vizual
kuzatish va serologik analizlarga asoslanib tanlash hisoblanadi.
Tanlash asosida
kartoshkaning elita urularini yetishtirish uchun sogʻlom oʻsimliklar urugʻlik
paykallardan vizual usulda hamda bu usul bilan serologik va immunoferment
analizlar yordamida tanlab olishga asoslangan. Bu usulda elita yetishtirish sxemasi
2 – rasmda keltirilgan.
1 – yil
2 – yil
3 – yil
2- rasm Tanlash asosida kartoshkaning elita urugʻlarining yetishtirish
sxemasi
sog`lom o’simliklarni
tanlash(urug’lik
maydonlardan)
1,4t
Birinchi yil klonlarni
sinash0,4 ga
3,5 t
Bahorda
Yozda
Ikkinchi yilgi klonlarni
sinash 1,0 ga
10t
Super elita
3,0 ga
31,5 t
Bahorda
Yozda
Elita
9,0 ga
100 t
Bahorda
54
Tanlashning samaradorligini oshirish maqsadida tanlab olingan oʻsimliklarni
qayta tekshirib ko`rish kerak. Tanlovlar iloji boricha oʻsimliklar kasallanmagan
uchastkalarda (birinchi va ikkinchi yil klonlarini sinash, superelita pitomniklarida)
o`tkazilgan ma‘qul.
Tanlash o`tkazish tartibi quyidagicha: vizual kuzatish va serologik analizlar
o`tkazilgan oʻsimliklar yorliq bilan belgilab quyiladi va virus tashuvchi hashoratlar
– oʻsimlik bitlarining ommaviy ochish vaqtidan 7 – 10 kun oldin hosili yig`ib
olinadi. Bu davr kartoshka tezpishar navlarining ommaviy gullaganidan 25 – 30
kun o`tgach toʻgʻri keladi. Hosilni yig`ishtirishda tuganaklarning
navga xosligi
bo`yicha baholanadi. Tanlab olingan har bir oʻsimlik tuganaklari alohida – alohida
qilib maxsus xaltachalarga solinadi va kasallik infeksiyalari tushmaydigan
xonalarda saqlanadi.
Tajribalarning ko`rsatishicha, birinchi yil kasallanmagan oʻsimliklarda
oʻtkaziladigan serologik analizlar aniq sogʻlom oʻsimliklarni tanlab olish imkonini
bermaydi. Ya‘ni tanlab olingan oʻsimliklar orasida serologik analizlar aniqlash
mumkin boʻlgan darajadagi viruslar konsentrasiyasidan kam boʻlgan kasallangan
oʻsimliklar oʻtib ketishi mumkin.
Bundan tashqari, tanlash aniqligiga
mutaxassislarning tayyorgarligi, texnik va metodik kamchiliklar ham ta‘sir qilishi
mumkin. Shuning uchun ham tanlangan material qish vaqtida indeksatsiya usulida
vizual kuzatish va serologik analizlar orqali virus va mikoplazma kasalliklari bilan
zararlanganligi aniqlanadi.
Agar
nav virus, mikoplazmalar bilan kuchli zararlangan bo`lsa, vizual
kuzatish va serologik analizlarga asoslangan tanlovlar yaxshi samara bermaydi.
O`zbekistonda kartoshka urugʻchiligini asosiy muammolaridan biri ekinning
virus kasaliklariga qarshi chora- tadbirlarni ishlab chiqishdir. Chunki, virus
kasaliklar hosildorlikni o`rtacha 30% va undan ziyod kamaytiradi. Bundan tashqari
kartoshkaning vegetavtiv (tuganaklar bilan) ko`paytirilishi virus kasaliklaning
avlodma - avalod
berilishiga imkoniyat yaratib, ularning zarari yildan-yilga oshib
boradi.
55
Urugʻlik
kartoshka
sifatini
yaxshilash
xozirgi
paytda
jaxon
kartoshkachiligida uchki meristema usuli asosida sogʻlomlashtirish yo`li bilan
amalga oshirilmoqda. Tajribalardan aniqlandiki,
shunday usul bilan olingan
sogʻlom oʻsimliklardan yetishtirilgan elita, odatda klonlar tanlash yo`li bilan
olingan elita nisbatan 25-30% yuqori hosil beradi. Lekin, sogʻlom tuganlarni
olishning o`zi ishning muvaffaqiyatini belgilamaydi. Chunki, sogʻlomlashtirilgan
oʻsimliklar
yana qaytadan virus, mikoplazma va zamburugʻlar bilan kasallanishi
mumkin. Shuning uchun ham sogʻlom urugʻ olish uni ko`paytirish birlamchi
urugʻchiligini negizini tashkil etib xosildorlikni oshirishning katta manbaidir. Bu
maqsadga esa birlamchi urugʻchilik uslubiga qatiy amal qilib ilmiy asoslangan
agrotexnik tadbirlarga rioya qilgan holda erishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: