59
usullarini qoʻllash kerak. Infeksiyalarni mexanikaviy yoʻl bilan oʻtishini oldini
olish uchun pitomniklarda parvarish qilishda, qator oralarini ishlashda ehtiyotlik
choralar koʻrilishi lozim.
Seleksion muassasalarida standart navlari infeksiya manbai boʻlishi
mumkin. Buning uchun standart navlarini viruslarga chidamliligi aniqlangandan
keyin pitomniklarda navlar yonida taqqoslash uchun joylashtirilishi mumkin.
Urugʻlik kartoshka yetishtirish uchun tuproq iqlim sharoiti qulay joylar tanlab
olinishi kerak. Bunday joylarga boshqa qulay sharoitlar bilan birga viruslarni
tarqatuvchi hasharotlar uchun qulay sharoit boʻlmagan joylar hisobga olinadi.
Agar Oʻzbekiston sharoitda turli sabablarga koʻra, jumladan so`ruvchi
hasharotlar, yuqori harorati, issiq va quruq havo kartoshka urugʻchiligida alohida
e‘tibor berishini talab etadi. Virus kasalliklarining tarqalishi sababli Samarqand
qishloq xoʻjalik instituti olimlari tomonidan kartoshkaning virus kasalliklari
tarqalish sabablari va oldini olish usullari oʻrganilib Oʻzbekiston sharoitida
kartoshka urugʻchilik tizimi, yuqori sifatli urugʻlik yetishtirish va elita urugʻligini
jadallashgan usuli ishlab chiqilib joriy etilgan.
Umumiy qabul qilingan uslub bo`yicha elita yetishtirish jarayoni odatda 5 –
6 yil davom etadi. Urugʻlik kartoshka mahalliy sharoitda bahorgi muddatda
ekilganida bunday uzoq davr mobaynida albatta virus kasalliklari bilan kuchli
zararlanadi va hosildorlik keskin pasayib ketadi. Avvalgi yil tuganaklarini yozgi
muddatgacha saqlashning qiyinligi, qimmatga tushishi, sogʻlom tuganaklarning
ko`payish koeffisiyentining kam boʻlib qolishi va hokazo qiyinchiliklarni
tug`diradi.
Shuning uchun bir yilda ikki xosil olish kartoshka urugʻchilik sxemasini ikki
baravar tezlashtiradi, sogʻlom tuganaklarning koʻpayish koeffitsiyentini oshiradi (5
– jadval).
Dostları ilə paylaş: