O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/69
tarix09.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#127302
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69
Muxokama uchun savollar: 
1. 
Aprobasiya qachon va kim tomonidan oʻtkaziladi? 
2. 
Abrobatsiyada qanday talablar qoʻyiladi? 
3. 
Aprobatsiya akti nima? 


50 
KARTOSHKANING VIRUSSIZ ASOSIDAGI BIRLAMCHI 
URUGʻCHILIGINI TASHKIL ETISH 
 
Darsning maqsadi: Talabalarni kartoshka urugʻchiligini jadallashtirish 
usullari bilan tanishtirish. 
Topshiriq: 
1. Viruslardan sogʻlomlashtirilgan dastlabki material yaratishni oʻrganish.
2. Elita yetishtirish usullari bilan tanishish. 
Kartoshkaning virussiz urugʻchiligi oʻsimliklarning oʻsuv davrida va 
tuganaklarni saqlash vaqtida urugʻlik sifatini yaxshilovchi va sogʻlom materialni 
qayta kasallanishidan saqlashga qaratilgan agrotexnik, tashkiliy va fitosanitar 
tadbirlarning yig`indisidir. 
Klonlar tanlash pitomnigi. Doka izolyatorlarida va infeksiya manbalaridan 
uzoqroq yerlarda ko`paytirilgan dastlabki sogʻlom tuganaklar klonlar tanlash 
pitomnigiga ikki qatorli sxemada (140-70x30) ekiladi. Bu sxemada ekish 
oʻsimliklarni yetarli yorug`lik bilan ta‘minlashdan tashqari o`suv davridagi 
analizlar, fitotozalashlar o`tkazish uchun qulay sharoit yaratadi. 
Oʻsimliklarning o`suv davrida uch marta (unib chiqish, gullash va xosilni 
yig`ish oldidan) kuzatishlar o`tkazilib, kasallangan oʻsimliklar yulib, chiqarib 
tashlanadi. Shonalash davrida 100% oʻsimliklar yashirin xolatdagi viruslarni 
aniqlash uchun serologik analizlar o`tkaziladi. Natijalarga qarab kasallangan 
oʻsimliklar olib tashlanadi. Xosil yig`ishtirish vaqtida oʻsimliklar maxsuldorligiga, 
tuganaklarning bir xilligiga va navning xosiliga qarab baholanadi. 
Klonlarni birinchi yil sinash pitomnigi. Bu pitomnikda uch marta 
fitotozalash, 100% oʻsimliklarda serologik analizlar o`tkaziladi. Vizual va 
serologik analizlar natijasida kasallangan oʻsimliklar yulib tashlanadi. Klon ichida 
bitta kasallangan oʻsimlik topilsa xam klondagi xamma oʻsimliklar olib 
tashlanadi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin