2006035 DIYORA
Oʻzbekiston Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot
institutida yaratilgan.
Mualliflar: Rasulov A.I, Xoliqov D, Rasulov M.A, Tursunov D,. Asqaraliyev
X.
2008 yilda Toshkent viloyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida
ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan.
Kechpishar. Palagi oʻrtacha kattalikda, barglanishi oʻrtacha. Tuganak shakli
ovalsimon. Poʻstining rangi och sariq, yuzasi silliq. Koʻzchalari yuza
joylashlangan. Etining rangi och sargʻish rangda. Tuganak vazni 95 gr. Tami 4.5
ball. Oʻsuv davri 101 kun.
Hosildorligi 2006-2007 yillarda Toshkent nav sinash uchastkasida oʻrtacha
gektaridan 27.3 tonnani tashkil etgan. Kimyoviy analiz tarkibi: quruq modda 20.7
%, vitamin S 21.6%, kraxmal 14.8%.
70
Ayrim belgilari: Makrosporioz va fuzarioz kasalliklariga chidamli, yangiligida
iste‘molga va saqlashga moʻljallangan. Fermer xoʻjaliklari hamda aholi
tomorqasiga ekishga tavsiya etiladi.
2009070 SARNAV
Oʻzbekiston Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot
institutida yaratilgan.
Mualliflar: SIP-Xalqaro Kartoshkachilik Markazi, Rasulov A.I, Xakimov R.A,
Xaliqov D.A, Tursunov D.T, Xolmuratov E.G, Nasыrova G.B, Abduraxmanov
T.R.
2012 yilda Toshkent viloyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida
ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan.
Ertapishar. Palagi tik, baquvvat oʻsuvchan, koʻp poyali, oʻrtacha barglangan,
guli oq. Tuganagi shakli ovalsimon, juda chiroyli, yirik. Poʻstining rangi sargʻish,
koʻrinishi toʻrsimon. Tuganak vazni 81 gr. Tami 4.5 ball. Oʻsuv davri 97 kun.
Hosildorligi 2010-2011 yillarda Toshkent nav sinash uchastkasida oʻrtacha
gektaridan 26.6 t.ni tashkil etgan.
Kimyoviy analiz tarkibi: quruq modda 21.2 %, vitamin S 21.7%, kraxmal
14.0%, oqsil 1.31%, nitratlar 80 mg/kg.
71
Qayta ishlashga va yangiligida iste‘mol qilishga moʻljallangan. Kasalliklariga
chidamli va saqlashga yaroqli. Fermer xoʻjaliklari hamda aholi tomorqasiga
ekishga tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |