75
2016 yilda Toshkent viloyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida
ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan.
Ertapishar. Palagi oʻrtacha kattalikda, barglanishi oʻrtacha. Tuganak shakli
ovolsimon-dumaloq, juda chiroyli, yirik, silliq. Poʻstining rangi sariq, etining rangi
sargʻish. Ertagi muddatda ekilgandagi koʻrsatgichlari: Tuganak vazni 135 gr. Tami
4.5 ball. Oʻsuv davri 108 kun.
Hosildorligi 2013-2015 yillarda Chinoz nav sinash stansiyasida oʻrtacha
gektaridan 24.4 t.ni tashkil etgan.
Kimyoviy analiz tarkibi: quruq modda 22.8 %, vitamin S 23.4%, kraxmal
15.5 %, oqsil 1.45%, nitratlar 78 mg/kg.
Qayta ishlashga va yangiligida iste‘mol qilishga mo`ljallangan.
Makrosporioz va fuzarioz kasalliklariga chidamli va saqlashga yaroqli. Fermer
xoʻjaliklari hamda aholi tomorqasiga ekishga tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: