72
Qayta ishlashga va yangiligida iste‘mol qilishga yaroqli. Marosporioz va
fuzarioz kasalliklariga chidamli va saqlashga yaroqli. Fermer xoʻjaliklari
xamda
axoli tomorqasiga ekishga tavsiya etiladi.
2009072 SERHOSIL
Oʻzbekiston Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot
institutida yaratilgan.
Mualliflar: SIR., Rasulov A. I., Xakimov R.A., Xoliqov D. A., Tursunov D.
T., Xolmurodov E.G., Nasirova G.B., Abduraxmanov T.R.,
2011 yilda Toshkent viloyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida
ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan.
Oʻrta-Ertapishar. Palagi oʻrtacha kattalikda, barglanishi oʻrtacha. Tuganak
shakli yumaloq, juda chiroyli, yirik. Poʻstining rangi sariq-silliq. Tuganak vazni 90
gr. Tami 4.0 ball. Oʻsuv davri 94 kun.
Hosildorligi 2009-2010 yillarda Toshkent nav sinash uchastkasida oʻrtacha
gektaridan 33.0 t.ni tashkil etgan.
Kimyoviy analiz tarkibi: quruq modda 20.4 %, vitamin S 21.6%, kraxmal
13.3%, oqsil 1.25%, nitratlar 74 mg/kg.
73
Qayta ishlashga va yangiligida iste‘mol qilishga moʻljallangan.
Makrosporioz va fuzarioz kasalliklariga chidamli. Saqlashga yaroqli. Fermer
xoʻjaliklari hamda aholi tomorqasiga ekishga tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: