F.A.Oblokulov
Samarqand
veterinariya
meditsinasi
instituti,
Oʻsimlikshunoslik kafedrasi dotsenti, PhD
TAQRIZCHILAR:
M.K.Abduraximov - SamDU
Tuproqshunoslik
va
agrotexnologiyalar
kafedrasi professori, q.x.f.d.
Sh.Jabborov
- Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy
tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stantsiyasi
direktori, q.x.f.n.
S.T.Sanayev
- Samarqand
veterinariya
meditsinasi
instituti,
Agrotexnologiya kafedrasi mudiri, q.x.f.d., dotsent
ISBN 978-9943-6672-7-3 © SamarqandDavlatUniversiteti, 2021
3
MUNDARIJA
Kirish.………….…………………………..…………….…………
4
1.
Seleksiya urugʻchilik ekinzorlarda oʻtkaziladigan fenologik kuzatishlar… 8
2.
Kartoshkada chatishtirish oʻtkazish tartibi……………………………... 12
3.
Kartoshka seleksiyasida qoʻllaniladigan seleksiya usullari……….…… 21
4.
Seleksiya jarayonining texnologiyasi va seleksion materialni baholash
usullari………………………………………………………………….
29
5.
Kartoshka nav belgilarini oʻrganish……………………………………. 35
6.
Kartoshka urugʻligida o`tkaziladigan taxlillar…
39
7.
Urugʻlik maydonlarda aprobatsiya oʻtkazish tartibi……………………. 46
8.
Kartoshkaning virussiz birlamchi urugʻchiligini tashkil etish…………
50
9.
Davlat reestriga kritilagan kartoshka navlarni tavsifi………………….. 62
10.
Oʻzbekistonda tarqalgan kartoshkaning asosiy virus va mikoplazma
kasalliklari………………………………………………………………
79
11.
Kartoshka virus kasalliklarining tarqalishi va zarariga agrobiologik
omillarning ta‘siri……………………………………………………….
81
12.
Bahorgi kartoshkani yetishtirish texnologiyasi………………………… 91
13.
Yozgi muddatda ekib kartoshka oʻstirish texnologiyasi……………….. 99
14.
Ikkihosilli ekin sifatida kartoshkani oʻstirish texnologiyasi..................
102
15.
Virussiz asosdagi kartoshka urugʻchiligi uchun botanik urugʻlaridan
yetishtirib dastlabki material yaratish....................................................
107
16.
Uchki meristema usulida sogʻlomlashtirilgan tuganaklardan elita
ko`chatlar yetishtirish texnologiyasi........................................................
125
Xulosalar
135
Glossari ………………………………………………………………… 137
Fan boʻyicha testlar…………………………………………………….. 141
Nazorat uchun savollar……………………………………………….. 159
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati….……….......…..………………… 162
Ilova
164
4
KIRISH
Kartoshkani yuqori hosildor, sifatli mahsulot beradigan, noqulay
sharoitlarga, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlaridan (duragaylardan)
foydalanish sohaning rivojlanishini ta‘minlovchi omillardan boʻlib hisoblanadi.
Respublika aholisini yil davomida kartoshkaga boʻlgan ehtiyojini qondirish
uchun barcha toifada 150 ming gektar maydonlarga, shundan fermer xoʻjaliklarida
60 ming gektar maydonlarga kartoshka ekiladi. Oʻrtacha hosildorlik bir gektar
maydondan 180-200 sentnerni tashkil etib jami 2,8-3,0 mln tonna atrofida
kartoshka yetishtiriladi.
Ushbu maydonlarni sifatli urugʻlik kartoshka bilan ta‘minlash uchun har yili
450 ming tonna urugʻlik talab etiladi.
Kartoshka urugʻligini yangilash maqsadida respublikaga har yili valyuta
evaziga katta miqdorda urugʻlik kartoshka import qilinadi.
Jumladan, 2017 yilda 22,3 ming tonna 15,2 mln AQSh dollarlik, 2018 yilda
34,2 ming tonna 20,2 mln AQSh dollarlik urugʻlik kartoshka import qilingan
boʻlsa, 2019 yilda 12,0 ming tonna urugʻlik Belarussiya, Germaniya, Eron,
Irlandiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Gollandiya, Pokiston, Rossiya, Turkiya,
Fransiya kabi mamlakatlardan kartoshka urugʻligi import qilingan.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini tizimli ravishda kartoshka
urugʻliklari bilan ta‘minlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan
hisoblanadi. Buning asosiy sabablari esa quyidagilar:
- kartoshka oʻsimligi 37 xildagi virusli kasalliklar bilan zararlanishi hisobiga
hosildorlik koʻrsatkichlari yildan yilga tushib ketishi;
- urugʻlik kartoshkani koʻpaytirishning yagona hamda ishonchli usuli bu
virussiz asosdagi in-vitro usulidan foydalanishdir, respublikamizda kartoshka
urugʻchiligida ushbu usuldan deyarli foydalanilmaydi hamda ushbu sohada
mutaxassislar yetarli emas;
5
- mamalakatda yaratilgan hamda respublika tuproq-iqlim sharoitiga
moslashgan navlarning urugʻchiligi deyarli mavjud emas, bu esa mamlakatda
urugʻchilik sohasida xorij urugʻchilik sanoatining dominantligiga hamda
urugʻlikning qimmatlashiga olib kelgan.
Respublikamizda keyingi yillarda qishloq xoʻjalik ekinlarining yangi nav va
duragaylarini yaratish va katta maydonlarga joriy etish uchun seleksiya va
urugʻchilik ishlarini yaxshilashga alohida e‘tibor berilmoqda. Oʻzbekiston
Respublikasida qabul qilingan ―Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida‖ va ―Urugʻchilik
toʻgʻrisida‖gi qonunlariga muvofiq, bu ishlarni yuqori darajada tashkil etish talab
etiladi. Bu ishlar esa joylarda seleksiya va urugʻchilik ishlarini samarali tashkil eta
oladigan mutaxassislar orqali amalga oshiriladi.
Soʻngi yillarda mamlakatimizda kartoshka ekinini yetishtirish va uning
seleksiyasi hamda urugʻchiligiga katta e‘tibor berilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-mayda
―Respublikada kartoshka
yetishtirishni kengaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida‖gi PQ-4704-son qarorida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq
xoʻjaligivazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar
hokimliklari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yeregalari
kengashi,
Kartoshka
yetishtiruvchilar
uyushmasining
kartoshkachilikka
ixtisoslashtiriladigan tumanlarda kartoshkachilik klast yerlari va kooperatsiyalarini
tashkil etish va uning quyidagi vazifalari belgilab berilgan:
Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda
iste‘mol va urugʻlik kartoshka yetishtirish hamda sohada qoʻshilgan qiymat
zanjirini yaratish;
urugʻlik kartoshkaning superelita va elita avlodlarini yetishtirishni
kengaytirish, urugʻliklar tayyorlash hamda zamonaviy kartoshka plantatsiyalarini
barpo etish;
iste‘mol va urugʻlik kartoshkaga boʻlgan ichki bozor talabini qondirish,
shuningdek, uning eksportini kengaytirish;
6
kartoshka ekish uchun moʻljallangan ekin maydonining kamida 50 foizida
urugʻlik kartoshkaning superelitava (yoki) elita avlodlarini yetishtirishni yoʻlga
qoʻyish;
urugʻlik kartoshkani saqlash, saralash, yetkazib berish va qayta ishlashni
yoʻlga qoʻyish;
kartoshkachilik sohasiga ilgʻor texnologiyalar, innovatsion yechimlar (nou-
xau) va ilm-fan yutuqlarini joriy etish.
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.03.2018 yil 29
mart ―Oʻzbekiston respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga
doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi PF-5388-sonli Farmoni, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabr ―Meva-sabzavot mahsulotlarini
tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-
tadbirlar toʻgʻrisida‖gi PQ-3978-son, 2019 yil 14 mart ―Meva-sabzavotchilik
sohasida qishloq xoʻjaligi kooperasiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida‖gi PQ-4239-son, 2019 yil11 dekabr ―Meva-sabzavotchilik va
uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini
yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi PQ-4549-son Qarorlari
hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 fevral 102-
sonli ―Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini
qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi Qarorlari
bunga yaqqol misol boʻla oladi.
Qishloq xoʻjaligi oliygohlarida sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlashga doir oʻquv rejasida ―Kartoshka
seleksiyasi va urugʻchiligi‖ fanini oʻrganish rejalashtirilgan.
Amaliy mashgʻulotlarida talabalar kartoshka ekinining biologik
xususiyatlari, ularni yetishtirish texnologiyasining ba‘zi elementlari, seleksiya
usullari, yaxshi navlarning urugʻlarini nav va ekish sifatlari, virussiza sosidagi
urugʻchilik,
urugʻchilikning
jadallashgan
usullari,
urugʻlik
maydonlarda
aprobatsiya oʻtkazishtartibi bilan tanishadilar. Bu mashgʻulotlar boʻlgʻusi
7
mutaxasislariga nazariy bilimlarini mustahkamlashga va ularni amalda qoʻllashga
yordam beradi.
Mashgʻulotlarda talabalarga kartoshka ekinining belgilari, ularning
oʻzgaruvchanligi va unga ta‘sir koʻrsatuvchi omillar toʻgʻrisida, uning tuzilishi,
chatishtirish texnikasi va tartibi, izolyasiya usullari, seleksion materialni baholash
uslublari, seleksion jarayon haqida, Davlat nav sinashi va yangi navlarni Davlat
reyestriga kiritish tartibi, urugʻ va nav nazorati, urugʻlarning nav va ekish sifatlari,
urugʻlarni yetishtirish hamdaurugʻlikvanavmateriallariningxujjatlari toʻgʻrisida
ma‘lumotlar beriladi.
Mualliflar ushbu oʻquv qoʻllanmada talabalarning kartoshaka seleksiyasi va
urugʻchiligi ishlarining mohiyatini chuqur tushinishga va mustahkam bilim olish
uchun oʻquv jarayonida foydali qoʻllanma boʻladi deb umid bildiradi.
|