21
KARTOSHKA SELEKSIYASIDA QOʻLLANILADIGAN
SELEKSIYA USULLARI
Darsning maqsadi: Kartoshka seleksiyasida qoʻllaniladigan
seleksiya
usullarini oʻrganish.
Topshiriq:
1. Toʻqima va xujayra usuli bilan tanishish.
2. Protoplast usuli bilan tanishish.
Kartoshka ekini seleksiyasida bir necha usullardan foydalaniladi.
Kartoshka navlarini ajdodlari va kelib chiqishini taxlil qilish natijasida
seleksiya uchun qimmatli, ertapishar navlar yaratishda – Earle Rose, Cobbler,
Epicur, Eersteling, Bintja, Climax, Friihmolle, Oberarnbacher Friihe, Rheinbort,
Saskia, Priyekulskiy ranniy, yuqori mahsulotli
navlar yaratishda Katahdin, Flava,
Eersteling, Ora, Record, Saskia, parshaga kam chalinadigan navlarni yaratishda
Hindenburg, Jubel, Ackersegen, fitoftoraga kam chalinadigan navlarni yaratish
uchun Aquila, Capella, Olev, virus kasalliklariga kam chalinadigan – Aquila,
Climax, Katahdin, Schwalbye, tarkibida koʻp kraxmal toʻplaydigan navlar yaratish
uchun Erdraft, Hochprozentige, Furore, Rode Star, Korenevskiy va boshqa navlar
boshlangʻich material sifatida tavsiya etiladi.
Monogaploidlar va changdon ekini olish. Monogaploidlar kartoshka
xromasoma toʻplamini diploid (2n=24) sonini ikki karra kamaytirish (2n=12)
orqali olinadi.
Monogaploidlarni olishning ikki usuli ishlab chiqilgan boʻlib,
bular
megasporalarni digaploidlar changchi bilan changlash orqali indusirlashgan
holatda rivojlantirish (partenogenez va ginogenez) orqali yoki mikrosporalarning
regenerasiyasi (androgenez) orqali olish mumkin. (Adams va boshqalar - 1984,
Anderson va boshqalar - 1981, Anon-1981).
Monogaploid oʻzlaridagi katta genetik oʻzgarishlar tufayli hosil boʻladigan
xilma-xilliklar bilan harakterlanadi. Ulardan seleksiyada gomozigota shakllar
22
sifatida toʻgʻridan – toʻgʻri tanlash va generativ urugʻlarni olish uchun ota-ona
shakllari sifatida foydalanish mumkin.
Bundan
tashqari, seleksiya amaliyotida monogaploidlardan geterozigota
diploidlarni yaratish uchun gomozigota diploidlarini interkross usulida yaratishda
foydalanish yaxshi samara berishi aniqlangan. Geterozigota diploidlari maksimal
geterozigotalarni olishda foydalaniladigan tetraploid shakllarni yaratishda muhim
bosqich boʻlib hisoblanadi.
Lekin shuni ham ta‘kidlash kerakki, bunday shakllarni olish koʻp omillarga
bogʻliq. Masalan, seleksiyada foydalaniladigan bunday koʻp
sonli genotiplarning
regeneratsion qobiliyati, gomozigota diploidlarni yaratishdagi qiyinchiliklar,
ularning oʻzaro qoʻshilish imkoniyati va boshqalar. Hozirgacha bu muammolar
toʻliq yechilmagan hisoblanadi.
Kartoshkaning tabiatda birinchi monogaploid shakli S. tuberosum turida
Berike va Frandzem tomonidan olingan.
Changdonda
mikrosporaning
regeneratsiyasi
keltirilgan.
Keyingi
tadqiqotlarning koʻrsatishicha ginogenez androgenezga
nisbatan kamroq samarali
hisoblanadi.
Changdon ekini Muresige – Skuga, Irikura va Sakagutilar tomonidan
changlarni maxsus ozuqa muhitida oʻstirish orqali yaratishga muvaffaq boʻldilar.
Ular tomonidan kartoshkaning yovvoyi va madaniy diploid turlaridan 350 ta
monoploid, diploid, tetraploid va aneuploid shakllar olingan.
Keyinchalik esa ba‘zi tadqiqotchilar tomonidan androgenez usulida
monogaploid va diploid shakllar yaratilgan.
Monogaploidlarni androgenez va ginogenez usulida yaratish quyidagicha
amalga oshiriladi: bir yadroli changi mavjud boʻlgan, uzunligi 4-5mm boʻlgan
gulgʻunchalar gullash induksiyasi uchun Mursige-Skuga ozuqa muhitiga
oʻtkaziladi. Taxminan bir oy davomida undan mikroskopik struktura – embrioidlar
shakllanadi. Ularni diferensiatsiya uchun tarkibida 10%
kokos suti, 0,3 mgl
-1
miqdorda zeatin va 3% li saxaroza eritmasi boʻlgan Mursige-Skuga ozuqa
23
muhitiga koʻchirib oʻtkaziladi. Morfogenez jarayonining boshlanishi bilan bu
toʻqima yangi ozuqa muhitiga koʻchirib oʻtkaziladi.
Bu usulda monogaploidlarni olishning muvaffaqiyati koʻp jihatdan
genotiplarning regeneratsiya qobiliyatiga bogʻliq. Bunday qobiliyatni kuchaytirish
uchun kuchsiz regenerativ xususiyati boʻlgan genotiplar bilan bunday qobiliyati
kuchli genotiplarni suniy ozuqa muhitida chatishtirish orqali erishish mumkin.
Tajribalarda urugʻ suyuq ozuqa muhitida genotiplarning regeneratsion
qobiliyati kuchayishi mumkinligi aniqlagan.
Changdon ekini orqali olingan monogaploidlarning (xromasoma soni 2n=12)
juda kam qismi kuchsiz va steril boʻlishi aniqlangan boʻlib,
ularni kolxisin bilan
ishlash ham yaxshi samara bermagan.
Keyinchalik Vensel tomonidan monogaploidlarni chatishtirish orqali fertil
duragaylari yetishtirilgan.
Dostları ilə paylaş: