78
1995 yildan Qoraqalpogʻiston
Respublikasi, Samarqand va Toshkent
viloyatlari boʻyicha Davlat reestriga kiritilgan. 2001 yildan esa Respublika
boʻyicha Davlat reestiriga kiritilgan.
Palagi tik, balandligi oʻrtacha (70–80 sm), poyalar soni kam. Barglanishi
yaxshi,
barglari yirik, toʻq yashil. Ertagi ekish muddatlarda gʻunchalari toʻkilib
ketadi. Tuganak shakli uzun ovalsimon, oʻsuv nuqtalari soni kam, yuza joylashgan,
poʻstining va etining rangi kartoshka rangida.Hosildorligi 1999–2000 yillarda
Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI da gektaridan 17–19
tonnani tashkil etdi. Tovarligi 99%. Tuganagining oʻrtacha vazni 75 gramm, ta‘mi
4 ball. Oʻsuv davri 145 kun.
Ayrim belgilari: kasalliklarga va
aynishga chidamli, ovqatbop.
UMID. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari
va kartoshkachilik ITI da
yaratilgan Esanov I.A., Boytoʻrayev K.E., Rajabov T.A..
2001 yildan Toshkent viloyati boʻyicha Davlat reestirga kiritilgan.
Oʻrtapishar nav.
Palagi tikka, oʻrtacha uzunlikda, barglanishi va barg hajmi
oʻrtacha. Rangi yashil, jilosiz, qirralari tekis. Gullari mayda, rangi binafsha.
Tuganak
shakli uzunchoq, yirik, uchlari toʻmtoq, yuzasi notekis, oʻsuv
nuqtalari chuqur, koʻkish. Poʻstining va etning rangi sargʻish. Hosildoriligi 1999–
2000 yillarda Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI da
gektaridan 24 tonnani tashkil etdi. Tovar hosili 99 %. Tuganagining oʻrtacha vazni
200–250 gramm, ta‘mi 4.5 ball, oʻsuv davri 120–140 kun. Ayrim belgilari:
tuganagi yirik, mazasi yaxshi, tashqi muhit ta‘siriga va aynish kasalligigi chidamli,
ovqatbop.
Muxokama uchun savollar:
1.
Respublikamizda yartilgan va Davlat reestriga kiritilgan qanday
navlarni bilasiz?
2.
Oʻzbekiston sabzovat, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITIda
yaratilgan qanday navlarni bilasiz?
3.
Xorijdan keltirilib Oʻzbekiston Respublikasida
ekish uchun tavsiya
etilgan kartoshka navlarini izohlang?