Muhokama uchun savollar:
1. Kartoshka kasalliklarining qanday oldini olish yoki qarshi kurashish
choralarini bilasiz?
2. Qanday asosiy kasalliklar va ularning belgilarini bilasiz?
3. Qanday virusli va mikoplazma kasalliklarni bilasiz?
91
BAHORGI KARTOSHKANI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Darsning maqsadi: Bahorgi muddatda kartoshka yetishtirish texnologiyasi
boʻyicha talabalarga bilim va koʻnikmalar hosil qilish.
Topshiriq:
1.
Talabalarni bahorgi muddatda kartoshka yetishtirishda nav tanlash, yerni
ekishga tayyorlash kabi texnologik elimentlar bilan tanishtirish.
2. Baxorgi muddatda kartoshka yetishtirishda kasallik va zararkunandalarga
qarshi kurashishda qo`llaniladigan pestrisidlar bilan tanishish.
Nav tanlash. Ertagi kartoshkadan yuqori va sifatli hosil olish eng avvalo
oʻsuv davri 70-90 kun boʻlgan tezpishar va oʻrtatezpishar navlar: Quvonch-16
56m, Baxro-30, Hamkor-1150, Toʻyimli, Bardoshli-3, Umid Gollandiyadan
keltirilgan Sante, Romano, Marfona, Arinda, Kondor, Binella, Arizona, Evolyushn,
Pikasso, Kosmos, Germaniyadan keltirilgan Likariya kabilar ekilgandagi olinadi.
Oʻrtapishar ya‘ni oʻsuv davri 90 kun va undan ziyod oʻrtapishar navlar ertagi
kartoshka yetishtirish ko`pham maqsadga muvofiq emas. Chunki, ularda hosil
tugish yozning jazirama issiq kunlariga toʻgʻri kelib qoladi.
Yer tanlash va tayyorlash. Ertagi kartoshka uchun poliz, piyoz, karam,
kechki bodring, sabzi va dukkakli-don ekinlaridan boʻshagan yerlar eng yaxshi
boʻlib, yuqori hosil beradi. Lekin shuni aytish kerakki, ertagi kartoshkani, tamaki,
pomidor, boyimjon, qalampir kabi ituzumdoshlar oilasiga mansub ekinlardan keyin
ekish mutlaqo mumkin emas. Birinchi yil buzilgan bedapoyaga ham ertagi
kartoshka ekish tavsiya etilmaydi. Chunki, bu vaqtda beda ildizi chirib ulgurmaydi.
Ertagi kartoshka yengil qumoqli mexanik tarkibiga ega oʻtloq, oʻtloq-boʻz
tuproqlarda, daryo yon bagʻri uchastkalarida, togʻli va togʻoldi zonalarida yaxshi
oʻsib, yuqori hosil beradi.
Shuning uchun bunday maydonlar ertagi kartoshka ekish uchun kuzda
gektariga 20-30 t yarim chirigan goʻng, 250—300 kg ammofos va 160—200 kg
kaliy sulfat yoki kaliy tuzi solinib, 28—30 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Erta
bahorda shudgor chizel-kultivatorlar hamda zig-zag boronalar yordamida ishlanadi
92
va mola bostirib, ertagi kartoshka ekiladi. Ertagi kartoshka uchun yerni haydash va
ekisholdi tayyorlashda Gollandiyaning «Dominator» markali frezali kultivatoridan
foydalanish samaralidir. Chunki, u tuproqni yumshatish, tekislash va yuza
zichlashni birdaniga amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |