O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/69
tarix09.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#127302
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69
Urugʻni ekishga tayyorlash. Ertagi kartoshka urugʻligini ekishga 
tayyorlashning eng muhim va majburiy elementlaridan biri, kattaligiga qarab 
saralash, 80 grammdan ziyod tuganaklarni esa uzunasiga kesib ekish hisoblanadi.
Yuqori hosil olish koʻp jihatdan urugʻlikning sifatiga boqliq. Ekish uchun 
sogʻlom, ekilayotgan navga xos shaklga ega boʻlgan 30 grammdan 80 
grammgacha kattalikdagi tuganaklar saralab olinadi. Tajribalarning koʻrsatishicha, 
urugʻlik tuganaklarni ekish oldidan 100 litr suvga 2,0 gramm qahrabo kislotasi, 
50—100 g bor kislota, marganes sulfat, mis koʻporosi hamda 4 kilogramm 
ammofos qoʻshib ivitib ekilsa, hosildorlik 11 t 20% ga oshishi aniqlangan. 
Urugʻlik tuganaklar ekish oldidan kesiladi. Lekin, ularni kuzda (noyabr oyida) 
kesib qoʻyish ham mumkin. Bunda kesilgan tuganaklar darhol 12—15 kun 
davomida 12 t 20° haroratda hamda sernam (80 %) qorongʻi joyda saqlanadi. 
Natijada nam yoʻqolmay, ichiga mikroorganizmlar kirishidan saqlaydigan maxsus 
qavat hosil qiladi. 
Yuqoridagi tartibda urugʻlik tuganaklar tayyorlangach, ekish oldidan 20 t 25 
kun davomida yorugʻ ham issiq (12 t 15

C darajali) xonalarda 2—3 qatlam 
qalinlikda yoyilib nishlatiladi. Natijada yashil, baquvvat 0,5—1,0 santimetr 
uzunlikdagi oʻsimtalar hosil qiladi. Urugʻlikni ana shunday nishlatib ekish moʻl 
hosil olishga qaratilgan muhim tadbir boʻlib, natijada kartoshka hosili 18 t 25% 
gacha oshib, 10—12 kun erta pishib yetiladi. Shunga qaramasdan bu tadbir 
kartoshka yetishtiruvchi xoʻjaliklarda har yili yetarli darajada oʻtkazilmaydi. 
Nishlatilgan tuganaklar oʻsimtasi sinmaslik uchun dalalarga qattiq idishlarga 
(yashik va savatlarga) solib olib boriladi. 
Aholini oziq-ovqat mahsuloti ertagi kartoshka bilan ta‘minlashning 
omillaridan biri ekish muddati hisoblanadi. 


93 
Tajribamizning koʻrsatishicha, tezpishar kartoshka navlari ertagi muddatda 
tuproq 10 santimetr qatlam harorati 6 t 7 darajaga koʻtarilgach eqilgani ma‘qul. 
Bu muddat respublikamiz tekislik zonasida joylashgan xoʻjaliklarda 10 
fevraldan 15 martgacha, togʻoldi mintaqalarda esa 10 t 25 martlargacha toʻgʻri 
keladi. 
Kartoshka bundan kech ekilganda qish va bahorda tuproqda toʻplangan 
namdan yaxshi foydalana olmaydi. Shu tufayli uning koʻklab ketishi qiyinlashadi, 
ekin sust rivojlanadi, tuganaklarning paydo boʻlishi yozning issiq pallasiga 
choʻzilib ketadi. Bu esa hosilning kamayishiga olib keladi. Modomiki shunday 
ekan, bahorda ochiq havoli har bir kunni gʻanimat bilib, undan unumli foydalanish 
zarur. 
Ertagi kartoshka kech kuzgi qilib yetishtirishda urugʻlik tuganaklar sovuq 
urmasligi uchun 18-20 sm chuqurlikda ekilib, keyin ustidagi tuproq bahorda 
boronalanib 8—10 sm ga yupqalashtiriladi. 
Ertagi kartoshka hosildorligi koʻp jihatdan uning tup qalinligiga ham bogʻliq. 
Ertagi muddatda ekilgan kartoshkaning oʻsuv davri bir muncha qisqa boʻlganligi 
uchun tezpishar navlarning biologik xususiyatlariga koʻra, uning palagi kuchli 
oʻsmaydi. 
Shuni hisobga olib, uni qalinroq ekkan ma‘qul. Shunda bir gektar 
maydondagi oʻsimliklar soni ortibgina qolmay, balki paykalning iqlim sharoiti 
yaxshilanib, tuproq ortiqcha qizib ketmaydi, harorat pasayib, oʻsimlik atrofida 
havoning namligi oshadi. Bu ekinning oʻsishi, rivojlanishi, tuganak paydo boʻlishi 
va yetilishi, nihoyat hosildorlikning ortishiga foydali ta‘sir etadi. 
Shuning uchun har gektar maydonda 57 mingtadan 71 mingtagacha koʻchat 
boʻlgani yoki 70x20 25 santimetr sxemada, ya‘ni qator orasi 70 santimetr, 
tuganaklar orasi 20—25 santimetr qilib eqilgani maqsadga muvofiq. Buning uchun 
har gektarga 3,0—3,5 tonna urugʻlik tuganaklar kelishi, ekiladigan tuganaklarning 
vazni esa 30—80 gramm boʻlishi lozim. 
Tajribalarda ekish me‘yori gektariga 3 tonna hisobida boʻlib, vazni 20-30 
grammlik urugʻlik tuganaklar eqilganda 165,2 sentner, vazni 30—50 grammdan 


94 
urugʻlik tuganaklar ekilganda 208,3 sentner, 50-70 grammlik tuganaklar ekish 
bilan esa 206,1 sentner gektariga hosil olindi. Ekish me‘yoring gektariga 3,5 
tonnaga oshirib, 20—30 grammlik mayda tuganaklar ekilganda 173,3 sentner, 
30—50 grammlik oʻrta tuganaklar ekilganda 224,4 sentner 50—70 grammlik yirik 
tuganaklarni ekish bilan 219,5 sentner gektariga hosil olindi. Vazni 30—80 
grammlik tuganaklar ekilganda hosil sifati ancha yaxshilanib, tovar tuganaklar 3—
4 % ga, tuganakdagi kraxmal 0,5—0,8 % ga oshdi. 
Oʻtkazilgan tajribalardan shu narsa aniqlandiki, urugʻlik tuganaklarni 
tuproqning 6—7 santimetr chuqurligida ekish qatqaloqni tez yorib, qisqa muddatda 
toʻla koʻchatlar olish imkonini beradi. 
Ekish bilan birgalikda yillik azotli oʻgʻit me‘yorining 20 %i, fosforli 
oʻgʻitlarning qolgan hamma me‘yori solinadi.
Ertagi kartoshkadan barvaqt hosil yetishtirishda pushta olib ustiga ekish eng 
istiqbolli usul hisoblanadi. Buning uchun qator oralari 70 yoki 90 santimetr qilinib, 
18-25 sm. chuqurlikda egatlar kuzda yoki erta bahorda olinadi. Soʻngra pushtaga 
fevral oyi va mart oyi birinchi oʻn kunligida nishlatilgan yoki yuqorida 
ta‘kidlangan oʻstiruvchi moddalar eritmasida ivitilgan tuganaklar 6—7 sm. 
chuqurlikda ekiladi. Ekish bilan darhol chirigan va elangan goʻng yoki yorugʻlik 
oʻtkazuvchi polietilen plyonkasi yordamida mulchalash issiqlik va namlik rejimini 
tartibga solib, barvaqt va qiygʻos koʻchatlar olishni, hosil toʻplashni tezlashtiradi. 
Qator orasini 90 santimetr qilib keng qatorlab ekish, ekishda, ekinni parvarish 
qilish, sugʻorish, begona oʻtlarga qarshi kurashish kabilarda qator afzalliklarga ega 
boʻlgani uchun yangi tashkil qilinayotgan va paxtakor xoʻjaliklarda joriy etishni 
tavsiya etamiz. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, kartoshka hosilini belgilaydigan asosiy 
elementlardan bir tupdagi poyalar soni hisoblanadi. Shuning uchun bir tupdagi 
poyalar soni 3-4 tadan kam boʻlmasligi, har gektarda esa 160-250 ming poya 
boʻlishi moʻl ertagi kartoshka hosilining garovidir. 


95 
Ertagi kartoshkani ekish erta bahorda qishloq xoʻjalik texnikalari dalaga 
kirish mumkin kuniyoq boshlash talab qilinadi. Ertagi kartoshka ekish 
kechiktirilgan har bir bahorning kuni hosildorlikni bir foiz kamayishiga olib keladi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin