104
Kartoshkaning yangi kovlangan tuganaklarini tinim
davridan chiqarishning
kimyoviy, ayniqsa, fizikaviy usullaridan foydalanilganda qoʻshimcha mehnat
sarflashga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari, bu usullar hamma navlarda ham kutgan
natijani bermaydi. Shuning uchun birinchidan tinim davri qisqa yoki uni buzish
uchun sun‘iy usullardan foydalanish zarurati boʻlmagan ikki hosilli ekinga mos
navlarini yaratish; ikkinchidan kartoshkani qisqa muddatda tinim davridan
chiqarib, toʻla va qiygʻos oʻsimliklar olishni ta‘minlaydigan oʻstiruvchi va
nishlatuvchi stimulyatorlarni ishlab chiqish amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega.
Kartoshka ikkihosilli ekin sifatida oʻstirilganda, oʻsimlikning
morfologik
belgilari va biologik xususiyatlarining sezilarli oʻzgarishiga olib keladi. Yangi
kovlab qayta ekilgan urugʻlik tuganaklar sekin va birin-ketin koʻkaradi. Koʻkargan
oʻsimlik yer ustki qismi yaxshi rivojlanmagan mayda va barg sathi katta
boʻlmagan 1-2 ta poya hosil qiladi. Boshqa xususiyati oʻsimlik koʻkargach jadal
oʻsib, rivojlanadi, tuganak tugish erta boshlanadi. Ikkihosilli ekin
morfologiyasidagi farq shundaki, stolonlar juda qisqa boʻlib, tuganaklar uya boʻlib
gʻuj joylashadi. Har bir tupdagi tuganaklar soni 5-8 tadan oshmaydi. Vazni yirik,
koʻrinishli boʻladi
Yozda yangi kovlab olingan tuganagi bilan ekib, ikki hosil olishga tinim davri
qisqa tezpishar navlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Bu navlar bahorda ekilgan ertagi paykali toʻliq gullagach, 20-25 kun
oʻtgandan soʻng (15-25 iyunda) palagi oʻrib tashlanadi yoki gektariga 15-20 kilo-
gramm magniy xlorat 500-600 litr
suvda eritilib, desikasiya qilinadi.
Palagi oʻrib tashlangan yoki desikasiya qilingan urugʻlik paykal hosili 20-25
iyunlarda kovlab olinadi va 1-2 kun ichida vazni 30-80 grammlik tuganaklar
kertiladi. Vazni 80 grammdan ziyodlari esa 2-3 boʻlakka boʻlinib, 30-35
kilogrammdan qilib toʻr xaltalarga solinadi. Urugʻlik tuganaklar kesish, kertish va
toʻrlarga joylash bilan birga, nishlatuvchi va oʻstiruvchi moddalar eritmasi
tayyorlanadi.
Buning uchun eni 80-100 sm,chuqurligi 70-90santimetr, uzunligi 2-
3metrchuqur (yama) kovlanib polietilen plyonkasi toʻshalib 500 litr tiniq suvda 5
105
kilogramm tiomochevina, 5 kilogramm radonlikaliy, 2,5
gramm gibberillin, 10
gramm qahrabo kislotasi va roslin preparati aralashmasidan iborat eritma
tayyorlanadi.
Ushbu eritmada kertilgan va boʻlaklangan kartoshka tuganaklari 1,0-1,5 minut
davomida ivitilib, toʻgʻridan-toʻgʻri yoki 1,5-2 hafta qorongʻi salqin joyda
soʻlitilib, soʻngra ekiladi. Lekin, bunda yorugʻlik tuganaklar ekiladigan dalalar
haydalgan bedapoya, kuzgi don va oraliq ekinlardan boʻshagan, begona oʻtlardan,
kasalliklardan toza, sugʻorilgan boʻlishi lozim.
Kovlab qayta ekilayotgan tuganaklar unuvchanligi va hosildorligini
oshirishda
yangi
istiqbolli
va
respublikamizda
mavjud
oʻstiruvchi
stimulyatorlardan (PPK-1, Roslinkabilardan) foydalanish
hamda ertagi kartoshka
palagi gullagach 20-kuni uni oʻrib tashlash, ayniqsa desikasiya qilish maqsadga
muvofiq boʻladi.
Ekish muddati 25-30 iyundan kechikmasligi shart. Ekish chuqurligi 8-10 sm,
qalinligi, esa har gektarda 70-93 ming tup boʻlib, 70x 15-20 santimetr sxemada
ekiladi. Yangi kovlab, qayta ekilgan tuganaklardan oʻsimliklar 30-35 kundan soʻng
paydo boʻladi.
Bu davrda dala tez-tez (4-6 kun oralatib), kam normada sugʻorib turiladi,
tuproq yumshatiladi va begona oʻtlardan tozalanadi. Qolgan agrotexnik tadbirlar
odatdagidek oʻtkaziladi. Bu texnologiyada kartoshka yetishtirilganda palakning
sargʻayishi, qurib qolishi kuzatilmaydi. Balki, koʻpchilik hollarda kartoshka hosili
palaklarni dastlabki
qora sovuq urib ketgach, kovlab olinadi. Kartoshka bahorda,
shuningdek yozda qayta ekilganda ham urugʻlik paykallarni kasallangan va
aynigan oʻsimliklardan tozalash, urugʻlik tuganaklarni shakli, rangi va vazniga
qarab tanlash shart.
Yuqoridagi tartibda kartoshkani yozda yangi
kovlangan tuganaklari bilan
katta maydonlarga ekib, Tayloq, Jomboy, Boʻlungʻur, Chelak, Oqdaryo tumanlari
Ulugʻbek, Bogʻizogʻon, A.Temur, Jumabozor, Qoʻshchinor va oʻnlab fermer
xoʻjaliklarida har gektardan 150-180 sentnerdan mahsuldor urugʻbop hosil
olinmoqda. Ya‘ni kuzda kovlab olingan tuganaklar erta bahorda kelgusi yil urugʻ
106
sifatida ekilganda, odatdagi urugʻlik tuganaklar ekilgan dalaga nisbatan gektaridan
41-60 sentner yuqori hosil olishni ta‘minlamoqda. Bu esa mahalliy urugʻchilikni
tashkil etishga imkoniyat yaratmoqda.
Oʻstiruvchi stimulyatorlar va fungisid eritmasida ishlangan urugʻlik
tuganaklar salqin, qorongʻi, namligi 65-70 % boʻlgan joylarda 4-5 kunda nishlatib,
soʻngra oqnish (oʻsimta)lar 2-3 kun yorugʻlikda yashil rangga kirib,
baquvvatlashgach, kuzgi bugʻdoydan boʻshagan yerlarga 20-25 iyunlarda ekilsa
boʻladi.
Kartoshkaning turli navlari ikki hosilli ekinsifatida oʻstirilganda hosilorligi
gektaridan 9,1 (Brayt) dan 21,3 (Kondor) tonnagacha oʻzgarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: