O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/69
tarix09.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#127302
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   69
Kasallik va zararkunandalari. Kartoshka zamburugʻ va bakterial 
kasalliklaridan fuzarioz soʻlish, makrosporioz, halqali chirish, haqiqiy qoʻtir 
(parsha), qorason, rizoktonioz, togʻli joylarda qisman fitoftora tarqalgan. 
Kurash choralari: almashlab ekish, chidamli navlarning urugʻlik tuganaklarini 
ekish va ekisholdi saralash, kasallangan oʻsimliklarni, daladan yulib chiqarib 
tashlash, yuqori darajada ekinni parvarishlashdan iborat. Kimyoviy usulda turli 
samarali preparatlardan (bordos suyuqligi, seneb, fundazol kabilar) qoʻllaniladi.
Oʻzbekistonda kartoshka zararkunandalaridan simqurtlar, buzoqboshlar, poya 
va kartoshka nematodasi, kuzgi tunlam, bitlar, sikada, oʻrgimchak kana va 
kolorado qoʻngʻizi, kartoshka kuyasi uchraydi. 


101 
Kurash choralari simqurt, buzoqbosh va kuzgi tunlamlarga qarshi almashlab 
ekish, yerni chuqur shudgorlash, yaxob suvi berish, ekish oldi obdon yerni va 
urugʻlik tuganaklarni tayyorlash, begona oʻtlarni yoʻqotish, oʻsuv davrida tuproqni 
yumshoq saqlash, parvarishlashni yuqori darajada oʻtkazish, kimyoviy preparatlar 
(karate, sumi alfa, nurel, arrivo, sumisidin, desis kabilardan) foydalanish 
hisoblanadi. Kolorado qoʻngʻiziga qarshi kurashish ertagi kartoshka 
texnologiyasida batafsil bayon etilgan. 
Kechki kartoshka hosilini yigʻish va saqlash. Hosil palak sargʻayib, pastki 
barglari qurigach, tuganak poʻsti qalinlashib, stolonlardan osongina uziladigan 
boʻlgach, oktyabr oxiri noyabr oyi boshlarida yigʻib olinadi. 
Hosilni mexanizmlar yordamida yigʻib olishda yerning namligi katta ta‘sir 
koʻrsatadi. Tajriba natijalariga koʻra, hosil kombaynlarda yigʻib olinadigan boʻz 
tuproqli yerlarda tuproq namligi 14-16% boʻlishi kerak. Tuproq namligi bundan 
kam boʻlsa, tuganaklar quruq kesaklarga urilib shikastlanishi mumkin. 
Kartoshka kovlangandan keyin dalaning oʻzida bir necha soat davomida 
quritiladi va mayda-yirikligiga qarab saralanadi. Bunda vazni 25-30 g dan yuqori 
boʻlgan yirik va oʻrtacha tuganaklar tovar mahsulot sifatida ajratiladi, mayda va 
shikastlangan tuganaklar brakka chiqariladi. 
Yogʻinli kunlarda kovlangan kartoshka ombor yoki usti berk bostirmalarda 2-
3 kun davomida quritiladi. Agar hosilni yigʻish davrida qora sovuqlar tushib 
qolgudek boʻlsa, sovuq oʻrgan tuganaklarni aniqlash maqsadida kartoshka issiq 
binolarda bir necha kungacha saqlanadi. Bunda sovuq urgan tuganaklarning 
hamma qismi yoki ayrim joylari yumshab, ajralib qoladi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin