102
4. IKKIHOSILLI EKIN SIFATIDA KARTOSHKANI OʻSTIRISH
TEXNOLOGIYASI
Darsning maqsadi: Talabalarga yozda yangi kovlab
olingan tuganaklarini
oʻstiruvchi stimulyatorlar bilan ishlangandan soʻng ikkihosilli ekin sifatida
kartoshka yetishtirish texnologiyasi bilan tanishtirish.
Topshiriq:
1. Kartoshkani ikkihosilli ekin sifatida
yetishtirish uchun navlarga
qo`yiladigan talablarni oʻrganish.
2. Ikkihosilli ekin sifatida kartoshka yetishtirishning afzalliklarini oʻrganish.
Kartoshkani ikkihosilli ekin sifatida muvaffaqiyat bilan oʻstirish koʻp jihatdan
tinim davri qisqa nishlatuvchi va oʻstiruvchi stimulyatorlar ta‘sirida tinim davridan
tez chiqadigan koʻkaradigan ertapishar navlarni toʻgʻri tanlash va keng joriy
etishga bogʻliq. Hozirgi kunda respublikamiz turli
tuproq- iqlim sharoitlarida
ikkihosilli ekin sifatida yetishtirish uchun tinim davri qisqa boʻlgan kartoshkaning
Santé, Arenda, Evolyushn, Saviolla Quvonch-16/56M, Hamkor-1150
kabi bir
qancha navlaridan foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi.
E.I. Davoyan, A.M. Zinchenko, A.I. Kolesnik (2001) Krasnodar oʻlkasi
sharoiti kartoshkaning 17 ta tezpishar navlarini ikki hosilli ekin sifatida 100 litr
suvda 4 milligram gibberillin, va 20 milligram
qaxrobo kislotasidan iborat
eritmada bir soat davomida ivitib oʻrganish asosida eng yaroqli navlar: Jukovskiy
ranniy, Nevskiy, Mayka, Dizire va Nikita ekinligini aniqlaganlar. Bu navlar
bahorda gektardan 15-17 t/ga; yozda ekilganda esa 8,4-9,7
tonna hosildorlikni
ta‘minlab, urugʻlik koʻpayish koefisentini oshishda, urugʻ
sifatining
yaxshilanishida va urugʻchilik ishlarini qisqarishda afzal ekanligini qayd etdilar.
Oʻzbekistonda kartoshkani ikkihosilli ekin sifatida oʻstirish, ya‘ni ertagi
kartoshka yangi hosilini kovlab, yozda qayta ekish yoʻli bilan bir yilda ikki marta
hosil olish masalasi katta ahamiyatga ega. Yangi
kovlab olingan tuganaklarni
yozda qayta ekish texnologiyasini ishlab chiqish va xoʻjaliklarga keng joriy etish:
1. Urugʻlik kartoshkani qish-bahor yoz oylarida uzoq saqlashga zarurat
103
qolmaydi. Natijada saqlash mobaynida nobud boʻlish bartaraf qilinadi.
2. Kartoshka ekologik va virusli aynishiga qarshi
kurashning eng ya xshi
yoʻli va tezpishar navlar urugʻchiligining hamda sugʻoriladigan yerdan
foydalanishning samarali usulidir.
Dostları ilə paylaş: