100
aralashtirilib, ivitilib soʻngra ekiladi. Ekish dastlab (1-10 iyunlarda) kechpishar,
soʻngra (1-20 iyunlarda) oʻrtapishar va oxirgi (25 iyun-5 iyul)
kunlari tezpishar
navlar urugʻlik materiallari 10-12 santimetr chuqurlikda, har gektarda 57-70 ming
tup, 70 x20- 25 yoki 90 x 15- 20 sm. amalga oshiriladi.
Parvarishlash. Kechki kartoshka gektariga 3,3-3,5 tonna urugʻlik tuganaklari
ekilib, paykallarda 14-18 kun oʻtgach, oʻsimliklar koʻkarib chiqadi. Shuning uchun
maydonlar oʻsimlik koʻkarguncha 1-2 marta yengil (400-500 m
3
)
normada
sugʻoriladi. Natijada har bir gektarda yetarli tup soni ta‘minlanib, siyraklanib
qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Kechki kartoshka oʻsuv
davrida ikki marta
oziqlantiriladi.
Birinchi marta unib chiqish boshlanishi bilan birinchi qator orasiga ishlov
berish chogʻida mochevina yoki ammoniy selitrasi bilan (200-250 kg).
Ikkinchi oziqlantirish esa shonalash davrida ikkinchi
marta qator orasiga
ishlov berishda gektariga 300-350 kilogramm mochevina yoki ammoniy selitrasi
bilan amalga oshiriladi.
Yozda eski (oʻtgan yilgi) tuganagi bilan ekilgan
kartoshka tuproq namligini
dala nam sigʻimiga nisbatan 70-80 % darajada ushlash uchun 10-12 marta
(ekilgandan koʻkarguncha 1-2, koʻkarishdan gʻunchalashgacha ham 1-2,
gʻunchalashdan pishishgacha 6-7 marta) sugʻoriladi. Sugʻorish har 8-14 kunda,
gektariga 500-800 m
3
hisobida beriladi.
Dostları ilə paylaş: