Mavzu: kombaynlarning umumiy tuzilishi va ish jarayoni



Yüklə 123 Kb.
səhifə1/2
tarix15.06.2023
ölçüsü123 Kb.
#130797
  1   2
KOMBAYNLARNING UMUMIY TUZILISHI VA ISH JARAYONI


MAVZU: KOMBAYNLARNING UMUMIY TUZILISHI VA ISH JARAYONI

G‘alla hosilini kombayn bilan yig‘ishtirishdan maqsad, bu muhim ishni tez va albatta, don nobudgarchiligini me’yoridan oshirib yubormasdan bajarishdir. G‘alla turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirilishi sababli, tabiiyki, uning hosildorligi har xil bo‘ladi. Don nobudgarchiligi minimal bo‘lishi uchun, har xil hosildorlik va dala relyefiga mos keladigan kombayn turlari ishlab chiqariladi.


Kombaynning asosiy ko‘rsatkichi sifatida uning ish unumi, ya’ni bir sekunddagi yanchish qobiliyati (sifatli yancha oladigan g‘alla miqdori, kg/s) yoki bir soatda boshoqlardan yanchib olinayotgan don miqdori (t/soat) qabul qilingan. Shu sababli, kombaynlar 5-6 kg/sekunddan 11-12 kg/sekundgacha toifalarga bo‘linadi. Kombayn yanchish apparatiga tushayotgan g‘allaning 376 40 % don, 60 % somon, ya’ni donning somonga nisbati 1:1,5 bo‘lishi qabul qilingan. Serunumli, yanchish qobiliyati katta bo‘lgan kombayn narxi qimmat bo‘lib, undan foydalanish o‘rim-yig‘im tannarxini ko‘tarib yuboradi. Bundan tashqari, yanchish qobiliyatidan to‘liq foydalanilmasdan ishlatilganda kombayn ishida don nobudgarchiligi ortib ketadi. Hozirgi davrda yanchish qobiliyati 5-6 kg/s bo‘lgan ,, Niva“, ,,Yenisey“, Vektor (Rossiya), “Dominator -130” (Germaniya), 9— 10 kg/s bo‘lgan „Don — 1500 B“ (Rossiya), ,,Nyu-xolland“ (Italiya), 11— 12 kg/s bo‘lgan ,,Lexion“ (Germaniya), ,,Keys“ (AQSH), ,,Vestern“ (Kanada) kabi kombaynlar ishlatilmoqda. Yanchish qobiliyati 10 kg/s gacha bo‘lgan kombaynlar oddiy barabanli yanchish apparati bilan, yanchish qobiliyati o‘ta katta bo‘lgan („Keys — 2366“, „Don — 2600“, “Torum - 740” ...) kombaynlar aksial-rotorli yanchish apparati bilan jihozlangan. Har qanday oddiy g‘alla kombayni o‘rgich, yanchish apparati, somon elagich, don tozalagich, don bunkeri va somon to‘plagich kabi qismlardan iboratdir. G‘alla kombaynining texnologik ish jarayoni quyidagi tartibda bajariladi (210-rasm).
Bo‘lgich (2) kombayn qamrov kengligiga teng keladigan poyalarni o‘rilmagan daladan o‘rgichga ajratib beradi. O‘rgich motovilosi (3) ning parraklari poyalarni to‘plab, o‘rish apparati (1) ga engashtirib beradi. O‘rish apparati 1 ning segmentlari o‘rgandan so‘ng, poyalar o‘rgich tubiga tushadi. O‘rilgan g‘allani shnek (4) kurakchalari yordamida ikki chetdan o‘rtaga surib, to‘plab, moslanuvchan transportyor (5) ga uzatadi. Transportyor esa g‘allani qabul biteri (6) ga yetkazadi. Biter g‘allani yanchish apparatining barabani (7) bilan uning tagligi (deka) (25) orasidagi tirqishga uzatib beradi. Baraban g‘allani katta tezlikda tor tirqishdan siqib olib o‘tayotib, taglik ustida intensiv ravishda sidirib yanchadi. Natijada donning 80-85% boshoqlardan ajralib, aralashma holida taglik teshiklaridan o‘tib, suruvchi transport taxtasi (24 )ga tushadi. Yanchilgan somon don qoldiqlari bilan birgalikda baraban tagidan otilib chiqayotib qaytaruvchi biter (11) ga uriladi, natijada don qoldiqlarining bir qismi ajralib tushadi. Somon elagich (14) 377 ning somonni silkitib orqa tomonga surishida don va boshoq qoldiqlarining qolgan qismi ham elanib, ajralib pastga, transport taxtasiga tushadi. Elangan somon to‘plagich (16) da zichlanib to‘planadi.
Ayrim kombaynlarda somon to‘planmasdan maydalanib dalaga sepiladi. 210-rasm. G‘alla kombaynining sxemasi: 1 - o ‘rish apparati; 2 - bo ‘lgichlar; 3 - motovilo; 4 - o ‘rgich shnegi; 5 - moslanuvchan qiya transportyor; 6 - qabul qilish biteri; 7 - yanchish barabani; 8 - don bunkeri; 9 - bunkerdagi donni to ‘kuvchi shnek; 10 - don taqsimlovchi shnek; 11 - qaytaruvchi biter; 12 - don k o ‘targich (elevator); 13 - motor; 14 - somon elagich; 15 - somon niqtalagich; 16 - somon toplagich; 17 - somon elagich krivoshipi; 18 - boshoqlar shnegi; 19 - ustki g ‘alvir; 20 - pastki g ‘alvir; 21 - boshoq ko ‘targich; 22 - don shnegi; 23 - ventilator; 24 - don aralashmasini suruvchi taxta; 25 - baraban tagligi (deka). Transport taxtasining ilgarilanma-qaytarma harakati natijasida uning ustiga tushgan don aralashmasi g‘alvirlarga surib keltiriladi. Transport taxtasining taroqsimon qismi don va chorini ustki g‘alvir (19) sirtining birinchi yarmiga bir tekis taqsimlab tushiradi. Ustki (19) va pastki (20) g‘alvirlar donni elash uchun tebranma harakat qiladi.

Ustki g‘alvirning ko‘zlaridan don va mayda xas-cho‘plar pastga tushadi, chorining yirigi ustki g‘alvirning uzaytirgichida qo‘shimcha elanadi va undan boshoqlar ajratib olinib, pastga — 378 boshoqlar shnegi (18) ga tushiriladi. Bu shnek boshoqlarni kombaynning chap chetiga surib, boshoqlar elevatori (21) ga yo‘naltiradi. Elevator boshoqlarni qayta yanchish uchun qaytaruvchi biter (11) ning ustiga eltadi. Pastki va ustki g‘alvirlar ustidagi chorining yengil bo‘laklari pastdan yuqoriga ventilator (23) ning havo oqimi ta’sirida uchirilib, somon to‘plagichga yetkaziladi. Pastki g‘alvirdan tushgan don elevator (12) yordamida don bunkeriga tushadi. Bunker to‘lgach, undagi don maxsus shnek (10) yordamida transport vositasiga ortiladi. 211-rasm.
Kombayn o‘rgichining sxemasi: 1- o ‘rgich korpusi; 2 — korpusni yer relyefiga moslab yuruvchi tayanch boshmog‘i; 3—o ‘rish apparati; 4 — motovilo; 5— sirpang‘ich; 6 — motovilo to ‘sini; 7—q o ‘shoqlanish (blokirovka) mexanizmi; 8— motoviloni k o ‘tarib turish gidrosilindri; 9—shnek; 1 0 — kompensatsion (yordamchi) prujinalar; 11 — osish moslamasi; 12 — o ‘rgichni k o ‘tarib-tushiruvchi gidrosilihdIr.


Yüklə 123 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin