Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: PAXTA YIG‘ISHTIRISH MASHINALARINING TURLARI, VAZIFASI, TUZILISHI VA TEXNOLOGIK ISH JARAYONLARI
1. Ishning maqsadi: Paxta hosilini mashinada terib olish usullari va agrotexnik talablar, mashinalarining vazifasi, tuzilishi, ishlash jarayoni va ularni ishga tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalar berish.
2. Kerakli jihozlar: MX-1,8 rusumli paxta terish mashinasi, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv filmlari.
3.Ishni bajarish tartibi:
Paxta terimi ko‘saklar ochilishi 85% va undan ortiqroq bo‘lganda gorizontal shpindelli mashina bilan bir marta, vertikal shpindelli mashina bilan ketma-ket ikki marta o‘tishida terib olinadi, bunda ikkinchi o‘tish birinchi o‘tishga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda amalga oshiriladi. SHunday qilib paxta terish mashinasining ketma-ket ikki o‘tishida 88...93% hosil terib olinadi.
Bunday usul terim davrini qisqartiribgina qolmay mashinaning ikkinchi o‘tishida chanoqlardan paxtani to‘laroq terib olishi hisobiga paxtani erga to‘kilishini kamaytirishga imkon beradi.
Paxta terish mashinalari ishlash prinsipiga ko‘ra mexanik, pnevmatik, pnevmomexanik va elektrostatik turlarga bo‘linadi.
Mexanik usulda paxtani terib olish mashinalari keng tarqalgan bo‘lib, ular o‘z navbatida vertikal va gorizontal shpindelli mashinalarga bo‘linadi.
Mamlakatimizda paxta hosilining ochilgan qismini terib olish uchun asosan vertikal (tik) shpindelli paxta terish mashinalari ishlatilmoqda.
Agrotexnik talablar: Mashinaning terim to’liqligi, kamida 90%; yerga to’kilgan paxta miqdori, ko’pi bilan 4%; 10 m yurganda yerga to’kilgan ko’saklar soni, ko’pi bilan 3 dona; bunkerdagi paxtaning iflosligi, ko’pi bilan 8%; chigitning mexanik jarohatlanishi, ko’pi bilan 1%; terim paytida chigitdan tolani ajralishi, ko’pi bilan 0,3% tashkil etishi kerak.
Mamlakatimizda ishlab chiqariladigan MX-1,8 vertikal shpindelli paxta terish mashinasi (45-rasm) traktor1 ga yarim osma holatda o‘rnatilgan bo‘lib, uning asosiy qismlari terish apparati 6, so‘ruvchi 2, haydovchi 4 havo kanallari va ventilyatordan 4 iborat paxtani pnevmatik yuklash tizimi hamda bunker 8 dan iborat.
Mashina bilan terish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi. Traktor oldinga qarab xarakatlanganda g‘o‘zapoya ko‘targichlar 5 yotib qolgan g‘o‘zani ko‘tarib terish apparatining 6 shpindelli barabanlari 7 orasiga yo‘naltiradi. Bunda shpindellar o‘rnatilgan barabanlar 7 traktor xarakati bo‘ylab, undagi shpindellar esa traktor xarakatiga qarama-qarshi tomonga aylanadi. Aylanayotgan shpindellar paxtani o‘ziga o‘rab oladi, so‘ngra baraban ularni paxtani shpindeldan ajratib olish kamerasiga yo‘naltiradi.
45-rasm. MX-1,8 rusumli paxta terish mashinasining
tuzilishi (a) va terish apparatining (b) texnologik sxemasi:1- traktor; 2- so‘ruvchi kanal; 3- ventilyator; 4- haydovchi kanal;
5- g‘o‘zapoya ko‘targich; 6-vertikal shpindelli terish apparati;
7- vertikal shpindelli barabanlar; 8-bunker.
Bu erda shpindellar teskari tomonga aylantiradi va maxsus ajratgichlar yordamida shpindeldan paxta ajratib olib, so‘ngra uni so‘rish kanaliga 2 yo‘naltiradi. So‘rish kanaliga tushgan paxta ventilyator 3 hosil qilgan havo yordamida paxtani so‘ruvchi 2 va haydovchi 4 kanallar orqali bunkerga 5 yo‘naltiradi.
Paxta terish mashinasini ishga tayyorlash. Paxtani isrof qilmasdan terib olishda quyidagi rostlash ishlari amalga oshiriladi.
Dastlab terim apparatini mashinaning bo‘ylama o‘qiga nisbatan to‘g‘ri joylashishi tekshiriladi. SHundan so‘ng ventilyator tasmalarining tarangligi, shpindelli barabanlarning bir-biriga nisbatan holati (past-balandligi) va ish tirqishining parallelligi, qarama qarshi barabanlardagi shpindellarning shaxmatsimon joylashishi, paxtani shpindellardan to‘la ajratib olish va shpindellar yuzasini yaxshi tozalash uchun ajratgichlar, texnologik qaytargichlar va apparat eshikchalarining holati ko‘rsatmalarda berilgan o‘lchamlardaaniq sozlanishi talab etiladi.
4. Ish bo‘yicha hisobotda: ishning maqsadi, paxtani terib olish texnologiyasi va agrotexnik tadbirlar, MX-1,8 mashinaning vazifasi, tuzilishi va ishlash jarayoni (45-rasm) va uni ishga tayyorlash tartiblari ko‘rsatilishi kerak.
Nazorat savollari:
|
1.Paxtani mashinada terib olishda qanday turdagi mashinalardan foydalaniladi? Ularning asosiy afzalliklarini ayting.
2.Tik shpindelli paxta terish mashinasining vazifasini ayting va uning ishlashini tushuntiring.
3.Mashina terimiga qo‘yiladigan agrotexnik talablarni ayting.
|
Dostları ilə paylaş: |