O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Mutant – mutagen ta‘sirida (mutatsiya tufayli) genotipi oʻzgargan yangi  organizm



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/69
tarix09.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#127302
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69
Mutant – mutagen ta‘sirida (mutatsiya tufayli) genotipi oʻzgargan yangi 
organizm. 


138 
Nav – seleksiya usullari bilan yaratilgan, aniq irsiy morfologik, xoʻjalik-
biologik belgi va xususiyatlarga ega boʻlgan madaniy oʻsimliklar guruhi. 
Nav almashtirish – biror ekinning ishlab chiqarishda ekib kelinayotgan eski 
navini serhosil va mahsulotning sifati yaxshiroq boʻlgan yangi nav bilan 
almashtirish. 
Nav yangilash – bir nav ishlab chiqarishda ekilib, uning hosili, urugʻlikni 
ekish sifatlari va biologik xususiyatlari pasaygandan soʻng, shu navning urugʻini 
sifati yuqori boʻlgan urugʻ bilan almashtirib ekish. 
Nav nazorati – dala aprobatsiyasi yordamida amalga oshiriladigan barcha 
ekin maydonlarini davlat standarti talablari asosida yuqori sifatli urugʻlar bilan 
toʻla ta‘minlashga qaratilgan tadbirlar tizimi. 
Nav sinashlar – yangi nav yaratish jarayonida shu navni dastlabki (kichik), 
konkurs (katta), ekologik, dinamik, ishlab chiqarish va davlat nav sinashlaridan 
oʻtkazish. 
Negativ tanlash – ommaviy tanlashning bir xili boʻlib, bunda eng yaxshi 
oʻsimliklar emas, balki paykaldagi talabga javob bermaydigan, kamchilikni tashkil 
qilgan oʻsimliklarni olib tashlash. 
Navning mexanik ifloslanishi – hosilni yigʻish, yanchish, tozalash kabi 
jarayonlarda urugʻlikning boshqa nav yoki ekin urugʻiga aralashib ketishi 
(ifloslanishi). 
Navning biologik ifloslanishi -navning boshqa nav yoki ekin bilan tabiiy 
changlanishi va kichik mutatsiyalar natijasida kechadigan ifloslanishi. 
Oila – chetdan changlanuvchi bitta oʻsimlikni koʻpaytirib olingan avlod. 
Ontogenez – organizmning shaxsiy rivojlanishi boʻlib, urugʻlangan tuxum 
hujayra-zigota hosil boʻlgandan boshlanib, uning tabiiy oʻlimigacha boʻlgan davr. 
Pitomniklar – kichik maydonchalardagi ekinzorlar, seleksiya ishida asosan 
boshlangʻich material (kolleksion, duragay), seleksion, kontrol va maxsus 
pityomniklar boʻladi. Urugʻchilikda esa tanlash, avlodlarni sinash, koʻpaytirish 
kabi pityomniklar mavjud. 


139 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin