Generativ urugʻlaridan yetishtirilgan kartoshka tuganaklaridan
urugʻlik maqsadlarida foydalanish. O‘zbekistonda kartoshka urugʻchiligining
asosiy muammolaridan biri ekinning virus kasalliklariga qarshi chora tadbirlarni
ishlab chiqilishidir. Chunki virus kasalliklari kasallik turi, nav xususiyati, tuproq-
iqlim sharoiti va ekinni yetishtirishda qoʻllanadigan texnologiyaga bogʻliq ravishda
hosildorlikni oʻrtacha 30 % va undan ortiq pasaytiradi. Bundan tashqari,
kartoshkaning vegetativ (tuganaklari bilan) koʻpaytirilishi virus kasalliklarining
116
keyingi tuganak reproduksiyalariga berilishiga imkoniyat yaratilib, ularning zarari
yildan-yilga oshib boradi.
Jahon kartoshkachiligida sogʻlom dastlabki material yaratish har qanday
qishloq xoʻjalik ekinlari kabi kartoshka urugʻchiligining asosiy vazifalaridan biri
boʻlib hisoblanadi. Shuning uchun shu yoʻnalishdagi usullarning ishlab
chiqarilishiga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda kartoshka urugʻchiligida vizual usulda hamda bu usulning
serologik analizlar bilan qoʻshib olib borilgan usulda sogʻlom dastlabki material
tanlab olinadi va urugʻchilik pitomniklariga beriladi.
Keyingi yillarda uchki meristema usulida sogʻlomlashtirilgan tuganaklardan
dastlabki material sifatida foydalanib elita urugʻlar yetishtirish tizimi ishlab
chiqildi. Bu usul bilan yetishtirilgan elita umum qabul qilingan usulda
yetishtirilgan elitaga nisbatan 25-30% yuqori hosil berishi aniqlangan.
Shuningdek, generativ urugʻlaridan yetishtirib ham urugʻchilik uchun
dastlabki material yaratish mumkinligi aniqlangan. Mualliflarning takidlashicha,
urugʻdan oʻstirilgan koʻchatlar, tuganakdan oʻstirilgan oʻsimliklarga nisbatan
kasalliklarga chidamli boʻladi.
Mavjud navlar orasidan generativ koʻpaytirishga moslarini tanlash bir necha
yillar davomida olib borilgan. Lekin hosildorlikni pastligi tufayli ishlab
chiqarishga tadbiq etilmagan. Keyingi vaqtlarda Moskvadagi KXITIda, Gorkiy
QXI da va Sankt-Peterburgdagi Butunrossiya O‘simlikshunoslik institutida (VIR),
SamQXI turli yoʻllar bilan nav, duragay populyasiyalari va liniyalari yaratilmoqda.
Nav, duragay populyasiya va oʻzidan changlangan liniyalarni mahsuldorligi
va fenotipik jihatidan bir xilligini tekshirgan. Generativ koʻpaytirishga mos Dobro,
Nevskiy, Kameraz navlarning urugʻlik tuganaklari olish uchun botanik
urugʻlaridan foydalanish mumkin. Duragay populyasiyalardan bir xillik ya‘ni
fenotipik jihatdan qimmatbaho xoʻjalik belgilariga erishish uchun dastlabki
formalarini toʻgʻri tanlash ham ahamiyat kasb etadi. Duragay populyasiyalardan
istiqbolli hisoblangan Atsimba x Dobro, Atsimba x Zarevo, Karpaskiy x Nevskiy,
Karpatckiy x Zarevo. Bu populyasiyalar va shu kabi VR-3, VR-6, VR-8 liniyalar
117
avlodalarida tuganaklarning qimmatbaho belgilari boʻyicha yuqori fenotipik bir
xillik kuzatilgan. Ba‘zi mualliflar ma‘lumotlarida yovvoyi va yarim yovvoyi
turlarni chatishtirib, murakkab turlararo duragaylash asosida istiqbolli populyasiya
hosil qilish mumkinligi aytilgan. Transgressiv geterozis birinchi, ikkinchi va
uchinchi boʻlishi mumkin. Bu degani duragay formalari oʻzidan changlanib
olinganda ota-ona formalarini hosildorligini dastlabki tuganak reproduksiyalarida
pasaytirmasligidir.
Umuman, urugʻdan koʻpaytirishga mos nav va duragay populyasiyalar
yaratish va tanlash borasida seleksiya ishi keng miqiyosda amalga oshirilmoqda.
Eng qulay va ma‘qul usul navlar va turlararo chatishtirib duragay populyasiyalar
hosil qilishdir. Ulardan har bir tuproq-iqlim sharoitlari uchun maqsadga
muvofiqlarini tanlash va keng tadbiq etish, ya‘ni kartoshkani urugʻdan koʻchat ekin
sifatida koʻpaytirish, oʻstirish texnologiyasini ilmiy asosda ishlab chiqish bilan
bogʻliqdir.
Diploid duragaylarni chatishtirib yuqori hosilli shakllarni yaratganlar. Bunda
belgilarning variasiya koeffisiyentining oʻzgarishi 9,3 dan (S.Tuberosum 220 x
21665 Ju) 9,8 % gacha (64 Anco x 259 Amsel-UXS microdontum
kombinasiyasida) boʻlgan. Dastlabki ota-ona formalari asosiy belgi xususiyatlari
boʻyicha gomozigota boʻlsa, bir marta chatishtirib olganda duragay ham huddi
shunday belgi-xususiyatlarni saqlaydi, ba‘zida ijobiy tomonga oʻzgaradi.
Urugʻdan koʻpaytirishga mos nav-populyasiyalarni yaratishning birdan-bir
yoʻli navlararo chatishtirish hisoblanadi. Boshqa mualliflar oʻz tajribalarida ota-
ona formalarini turli xil chatishtirish (interploid, tetraploidlararo) yoʻllari bilan
ham qimmatbaho xoʻjalik biologik belgilari boʻyicha fenotipik bir xillikka
(oʻxshashlikka) erishgan. Bulardan tashqari diploidli va diplogaploidli namunalar
mahsuldorligini oʻrgangan. Ba‘zi olimlar tadqiqotlari boʻyicha ota-ona formalar
chatishtirishda gullash intensivligi va rezavor meva tugishi tabiiy boʻlishini
ta‘minlash kerak.
118
Tadqiqotchilar tomonidan yuqori geterozisli namunalar olishning yana bir
yoʻli fitoftoraga chidamli va kraxmal koʻp saqlaydigan navlarni chang
aralashmalari bilan changlatib olish mumkinligi aniqlangan.
Adabiyotlar ma‘lumotlarida fenotipik jihatdan oʻxshash geterozisli avlodlar
olish borasida Moskvada katta ishlar izlanishlar olib borilganligi, lekin generativ
urugʻlar olish mahsuldorligini chuqur oʻrganish talab etilishi ta‘kidlangan. Chunki,
oʻzidan changlangan navlar koʻchat hosili duragay populyasiyalarga nisbatan 20-
50 % past boʻlishi aniqlangan. Koʻpchilik olimlar kartoshkani botanik urugʻidan
oʻstirishga mos nav va duragay populyasiyalari oldiga quyidagi talablarni
quyadilar. Bular:
-Tuganak reproduksiyalaridan qimmatbaho xoʻjalik belgilari boʻyicha
fenotipik bir xil oʻxshash boʻlishi, yuqori hosildorlik va tovarlikka ega boʻlishi,
tanlangan populyasiyalar asosiy kasallik va tuproq-iqlim sharoitlarining
noqulayliklariga chidamli boʻlishi, urugʻlarning unuvchanligi va koʻchat dalaga
oʻtqazilganda tutuvchanligi yuqori boʻlishi hamda populyasiyalar koʻp va uzoq
vaqt gullashi, ona formasi erkak sterilli boʻlishi, ota formasi yuqori fertilli va koʻp
chang donachalarni hosil qilishi kabi xususiyatlardir.
-Generativ urugʻlardan yetishtirish O‘zbekiston sharoitida (quruq havo va
yuqori xarorat) navlarning meva (rezavor) hosil qilishiga bogʻliq. Buning uchun
biz bir necha yillar davomida kartoshka navlarining rezavor hosil qilish
imkoniyatlarini oʻrganib chiqish lozim.
-Kartoshka mevasi - ikki uyali, koʻp urugʻli yashil rezavordir. Uzunligi 1,5-
3,2 sm (navlarda har-xil). Mevasida 600 tagacha urugʻ hosil boʻladi. Rezavorlar
gullash vaqtida voyaga yetgan changlar bilan urugʻlangan navlarda hamda
chatishtirish natijasida hosil boʻladi va kuchli, oʻrtacha, kuchsiz holatda boʻlishi
mumkin, hatto rezavor hosil boʻlmasligi ham mumkin.
Akademik S.M. Bukasovning ma‘lumotlarda genetik uzoq shaklli
duragaylarda meva hosil boʻlishi kamdan kam 48- 67 % gacha yetishi va xar bir
mevada esa 48-68 donagacha urugʻ hosil boʻlganligini ta‘kidlagan.
119
Koʻpgina olimlarning tajribalarida kartoshkaning 1000 dona urugʻ massasi
75 mg/ni tashkil qilgan, bitta rezavor mevadagi urugʻlar soni 200 ta urugʻ hosil
boʻlgan boʻlsa, gektaridan 200 kg/ga gacha urugʻ olish mumkinligini aniqlagan.
Rezavor hosil boʻlishi navlarning biologik xususiyalari, gullarning
rivojlanishi, havoning harorati, namligi, tuproq-iqlim sharoitlariga ham bogʻliq.
O‘zbekiston sharoitida ayrim kartoshka navlarining gullari toʻkiladi yoki umuman
hosil boʻlmaydi, ayrimlarida juda kam gul hosil boʻlib rezavor hosil boʻlmaydi.
Bu borada tadqiqotlar kartoshkachilik xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutida
(Moskva), Butun Rossiya oʻsimlikshunoslik institutida, Samarqand qishloq
xoʻjalik institutida va boshqa muassasalarda bir necha yillar davomida oʻtkazilib
kelinmoqda.
Kartoshkaning Moskva va Sankt-Peterburgdan (VIR) olingan 383 ta duragay
populyasiyalarini koʻchat ekin, 29 ta duragay populyasiyalarini gidrovisev (suv
bilan ekish) va granulalangan urugʻlari bilan ekib, oʻrganish, sinash va baholash
asosida ulardan koʻchat va urugʻidan bevosita dalaga ekishga moslari tanlangan.
Olingan natijalar boʻyicha, koʻchat qilib oʻrganilgan 383 ta duragay
populyasiyalarning 325 tasi gektaridan 10 tonnagacha, 28 tasi 10-15 tonna, 23 tasi
15-20 tonna, faqat 7 tasi (GP-994 a, GP-1656, GP-11, GP-28, GP-32, GP-30, P-3)
gektaridan 20 tonnadan oshirib hosil olishni ta‘minlagan.
O‘zbekiston sharoitida oʻtkazilgan tajribalar natijalariga asoslanib botanik
urugʻdan yetishtirib kartoshkaning virussiz urugʻchiligi uchun sogʻlom dastlabki
material yaratishni tavsiya etadilar.
Kartoshkani generativ urugʻlari bilan yetishtirishdan virussiz asosdagi
urugʻchiligida foydalanishining bir qancha afzalliklari mavjud. Ya‘ni, generativ
urugʻlar bilan yetishtirilganda vegetativ usuldan farq qilib virus, mikoplazma,
viroid, bakterial va zamburugʻ kasalliklari avlodlarga uzatilmaydi.
Shuning uchun kartoshkani generativ urugʻlari orqali koʻpaytirish usulini
kartoshka namunalarini sogʻlomlashtirish uchun foydalanishni tavsiya etishadi.
Chunki bunday usulda sogʻlom oʻsimliklarni tanlash imkoniyati yuqori boʻladi.
120
Bunday usulda olingan tuganaklaridan ekilgan tajribalarida 60 m
2
delyankadan 215 kg hosil olingan boʻlsa, boshqa olimlarning tajribalarida ayrim
har bir tup oʻsimlikdan 2-3 kg hosil olishga erishilgan.
Tadqiqotlarda koʻchatlardan olingan hosilga qaraganda mikrotuganaklardan
olingan hosil yuqori boʻlishi ta‘kidlangan. Masalan, koʻchat hosili gektaridan 120-
168 s boʻlsa, mikrotuganaklar hosili 226-354 s/ni tashkil etganligi uchun ham
generativ urugʻlari oʻstirishdan ikki yillik ekin sifatida foydalanish samarali
ekanligi toʻgʻrisida ma‘lumotlar mavjud.
Shuning uchun ham mualliflar, mikrotuganaklardan olingan urugʻlik
materiali sogʻlomligi bilan vegetativ usul orqali koʻpaytirilgan tuganak
reproduksiyalaridan ustun ekanligini ta‘kidlaydi.
Generativ urugʻlari orqali yetishtirilgan sifatli va sogʻlom urugʻlik material
hisoblanib,
birinchi,
ikkinchi,
uchinchi
va hatto toʻrtinchi tuganak
reproduksiyalaridan yuqori hosil olish mumkin. Xuddi shunday natijalar boshqa
tadqiqotchilar tajribalarida ham kuzatilgan. Sankt-Peterburg sharoitida birinchi,
ikkinchi va uchinchi tuganak reproduksiyalarining hosildorligi gektaridan 326-371
s/ni, bir tupdagi tuganaklar soni esa 9,1-9,8 donani va tovarliligi 84-92 % ni tashkil
etgan.
Shuni ta‘kidlash kerakki, kartoshka urugʻkoʻchatidan olingan hosilni
urugʻlik maqsadida koʻpaytirish duragay populyasiya xususiyatlariga bogʻliq.
Masalan, GP-1656 duragay populyasiyasini 4-tuganak reproduksiyasigacha, GP-
994
a
ni 3-tuganak reproduksiyasigacha, GP-32 2-tuganak reproduksiyasigacha
urugʻlik maqsadlarida foydalanib ulardan gektaridan 23-25 tonnagacha hosil
olishga erishiladi.
Hosildorlik duragay populyasiyalarning birinchi tuganak reproduksiyasida
gektaridan 30,9-32,4 tonnani yoki Nevskiy naviga nisbatan 2,9-4,3 tonna yuqori
ekanligi aniqlangan. Yozda yangi kovlab olingan tuganaklari bilan qayta ekilganda
tuganaklarni unuvchanligi duragay populyasiyalarining ikki hosilli ekin sifatida
oʻstirishga mosligini belgilovchi koʻrsatkichlardan biri boʻlib hisoblanadi.
Tajribadagi duragay populyasiyalarni ya‘ni, kovlab olingan tuganaklar bilan
121
ekilganda ularni unib chiqishi 25-29 kunni tashkil etib Nevskiy naviga nisbatan 2-6
kun tezroq unib chiqishi kuzatilgan. O`suv davri bahorgi muddatga nisbatan 2-6
kunga uzayib, duragay populyasiyalarining hosildorligi gektaridan 14,1-17,6
tonnani, standart sifatida oʻrganilgan Nevskiy navida esa bu koʻrsatgich oʻrtacha
17 tonnani tashkil etganligi toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar keltirilgan.
Olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarda duragay populyasiyalarini
koʻchat va ikki hosilli ekin sifatida oʻstirilganda qimmatbaho xoʻjalik va biologik
belgilari boʻyicha oʻzgarishi juda kamligi qayd etilgan boʻlib, qimmatbaho xoʻjalik
belgilari boʻyicha istiqbolli hisoblangan va bir necha yil davomida sinalgan
duragay populyasiyalarni koʻchat ekini, bahorgi va ikki hosilli ekin sifatida
oʻstirish orqali yuqori reproduksiyali urugʻlik material olish imkoniyati mavjudligi
ta‘kidlangan.
Generativ urugʻlaridan yetishtirilgan tuganaklardan urugʻlik sifatida
foydalanilgan ularning eng yuqori potensial imkoniyatlari birinchi tuganak
reproduksiyasida
kuzatiladi.
Masalan
n2668
va
B2670
duragay
populyasiyalarining birinchi tuganak reproduksiyalarining hosildorligi gektaridan
18,2-19,0 tonnani tashkil etgan yoki VK 1680 duragay populyasiyasining birinchi
tuganak reproduksiyasi hosildorligi Nevskiy navining super elita urugʻlariga
nisbatan 2,3 tonna gektar yuqori hosil berishi mumkinligi isbotlangan.
Shuni ham ta‘kidlash kerakki, kartoshkani generativ urugʻlaridan yetishtirib
olingan ikkinchi tuganak reproduksiyasidan boshlab oʻrganilgan kartoshka duragay
populyasiyalarining hosildorligi pasayib boradi. Buning sababini mualliflar
tuganaklarining virus kasalliklari bilan zararlanishining oshib borishi bilan bogʻliq
deb izohlashadi.
Shuni ham ta‘kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan afzalliklari bilan birga
kartoshkani generativ urugʻlari bilan yetishtirishning ham kamchiliklari bor.
Ulardan biri va asosiysi duragay populyasiyalaridan olingan urugʻlar va muvofiq
ravishda tuganaklar genetik jihatdan gomozigota emas, balki geterozigota ekanligi
sababli yetishtirilgan oʻsimliklarning genotipiga mos ravishda olingan hosilning
tozaligi yuqori boʻlmaydi. Bundan tashqari, yuz berishi mumkin boʻlgan genetik
122
parchalanishlar tufayli faqat morfologik belgilari boʻyicha emas, balki biologik
belgilar boʻyicha ham bir-biridan farq qiladigan genetik populyasiyalar hosil
boʻladi. Ularning miqdori esa, oʻz navbatida koʻp jihatdan ekilgan urugʻning
olinish usuliga bogʻliq.
Turli genotipdagi populyasiya asosiy kasallik boʻlgan fitoftoraga chidamli
boʻladi, bitta genotipdagi nav oʻsimligi esa kasalikka chidamsiz boʻlishi mumkin.
Lekin dastlabki oʻsuv davrida sekin oʻsishi va bunda koʻchatlarni normal oʻsishini
ta‘minlash uchun dala yuqori namlikda ushlab turiladi, bu oʻz navbatida begona
oʻtlarning koʻpayishiga olib keladi. Kartoshka urugʻidan oʻstirilganda
hosildorlikning pastligi, qimmatbaho xoʻjalik belgi-xususiyatlari (tuganak shakli,
koʻzchalar chuqurligi, rangi, stolonlar uzunligi) ni yuqori darajada geterozigotali
boʻlishi ishlab chiqarish uchastkalariga keng tadbiq etish uchun toʻsiqlardan biri
hisoblanadi.
Kartoshkani urugʻdan oʻstirish uchun gomozigotali liniya va navlardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Dastlabki bunday formalar hosil qilish uchun
oʻzidan changlangan liniyalar olingan. Bunda asosiy vazifa belgilar parchalanishini
yengish va geterozis kuchidan foydalanishdir. Fenotipik bir xil rangdagi va
tezpishar tuganaklar olishga erishgan. Lekin hosildorlik oʻzidan changlangan
liniyalardan dastlabki formalarga qaraganda uning kamayishi 6-boʻgʻin (avlod) da
19 % ga yetgan.
Shuning uchun ham generativ urugʻlardan kartoshka yetishtirishda bunday
usul uchun mos boʻlgan namunalar, navlar, duragaylar, duragay populyasiyalari va
oʻzidan changlatilgan liniyalarning to`gʻri tanlanishi katta ahamiyat kasb etadi.
Kartoshka navlarini urugʻidan oʻstirishga mos shakllarni baholashda urugʻning
vazni, rangi, unish kuchi, energiyasi kabi koʻrsatkichlarni e‘tiborga olish biologik
va xoʻjalik ahamiyatiga ega.
Hozirgi vaqtda ajratilgan istiqbolli shakl va oʻzidan changlanganda belgi va
xususiyatlari kam oʻzgarishi aniqlangan. Masalan, Agronomicheskiy, Kameraz,
Akvilla, Giyevant, Drosell, Cheroki, Shvalbe, Dobro, Zubrenko, Nevskiy,
Karpatskiy navlari urugʻidan oʻstirishga mos deb topilgan.
123
Bu navlar mahsuldorlik, kraxmallik, oqsil va tuganaklarni ta‘mi boʻyicha
navlar gomozigota va bular ishtirokida qimmatbaho belgi-xususiyatga ega boʻlgan
urugʻdan koʻpaytirilganda oʻzgarmaydigan formalari olinadi.
Kartoshkaning Xitoyda Koannoye, Mira, Epaka, Shvalbe navlarining
oʻzidan changlatib olingan urugʻlari keng ekiladi. Kartoshkani urugʻdan oʻstirib
geterozis asosida yuqori hosildorlikka ega boʻlgan formalarini duragay
populyasiyalar yaratish orqali erishish mumkin.
Duragay populyasiyalardan foydalanish Xitoyda gektaridan 154-382 sentner
hosil olishni ta‘minlangan. Bunda Shvalbe x Katadin, Soskiya x Shvalbe, Lnemane
x Katadin duragay kombinasiyalardan olingan.
Ma‘lumotlariga qaraganda kartoshka shakllarini urugʻidan oʻstirishda
urugʻlarning unuvchanligi, koʻchat tutuvchanligi kartoshkani koʻchat ekini sifatida
oʻstirishdagi asosiy talabalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, oʻsimliklarni
bir tekis oʻsib, rivojlanishi, kartoshka tupi hosili tuganaklarning bir xilliligi alohida
ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, tanlangan namunalar va duragay populyasiyalarining
oʻsish va rivojlanishini hususiyatlarini oʻrganish bilan birga birinchi yil urugʻ ekib
olingan tuganak reproduksiyalaridan keyinchalik urugʻchilikda foydalanish
imkoniyatlarini oʻrganish ishning muvaffaqiyatini belgilaydi.
Generativ urugʻlaridan kartoshka yetishtirishni iqtisodiy samaradorligi
yuqori boʻlishidan tashqari ulardan olingan hosildan ya‘ni tuganaklaridan urugʻlik
material sifatida foydalanish mumkin. Bunday tuganaklardan urugʻlik
maqsadlarida va iste‘mol uchun foydalanish mumkin.
Respublikamiz sharoitida generativ urugʻlaridan yetishtirish uchun mos
namunalarining tanlanishi, ekindan yuqori va sifatli hosil olish texnologiyasining
ishlab chiqilishi, generativ urugʻlardan yetishtirilgan kartoshka tuganaklaridan
urugʻchilikda foydalanish respublikamizda asosiy qishloq xoʻjalik sohalaridan
boʻlgan kartoshkachilikni yanada rivojlantirishga yordam berishi mumkin boʻlgan
yangi yoʻnalishlaridan biri sifatida xizmat qilishi mumkin.
|