255
algoritmining bir qismi emas, shuning uchun sxemada har qanday
ishonchli
xesh - funksiyasidan
foydalanish mumkin.
4. Login va parol orqali saytlar va serverlarga kirish uchun
xeshlah
foydalaniladi. Parollarni ochiq ko‘rinishda saqlash
ishonchli emas. Shuning uchun barcha parollarning
xeshlari
saqlanadi. Foydalanuvchi o‘z parolining belgilarini kiritadi,
maxsus dastur shu zahotiyoq
xesh
miqdorini hisoblab chiqadi va
sayt ma’lumotlar bazasida saqlangan hash miqdorini tekshiradi.
Ushbu turdagi
xeshlash
juda yuqori kriptografik salohiyatga ega
bo‘lgan murakkab funktsiyalardan foydalanadi va parolni
xeshdan
tiklab olish mumkin bo‘lmasligi uchun ishlatiladi.
Xe
sh - funksiyalaridan
foydalanish quyidagi afzalliklarni
beradi:
hisoblash murakkabligi
. Odatda, elektron hujjatning
xeshi
asl hujjat hajmidan bir necha baravar kichikroq va
xesh
hisoblash
algoritmlari elektron raqamli imzo algoritmlariga qaraganda
tezroq bo‘ladi. Shuning uchun,
xesh
hujjatni yaratish va unga
imzo qo‘yish hujjatning o‘zi imzolagandan ko‘ra tezroq.
muvofiqligi
. Ko‘pgina algoritmlar ma’lumotlar bitlarining
satrlarida ishlaydi, ammo ba’zilari turli xil tasvirlardan
foydalanadilar. Ixtiyrolik bilan kiritilgan matnni mos formatga
o‘tkazish uchun
xesh- funktsiyasidan
foydalanish mumkin.
yaxlitligi
.
Xesh- funksiyasidan
foydalanmasdan, ba’zi bir
sxemalardagi katta elektron hujjat elektron raqamli imzoni
qo‘llash uchun yetarlicha kichik bloklarga bo‘linishi kerak.
Hujjatning haqiqiyligini tekshirishda barcha bloklarning qabul
qilinganligini va to‘g‘ri tartibda bo‘lishini aniqlash mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: