30
10-
masala
.Metanni aniqlashda nazariy tarelkalar soni 2000 teng
bo„lgan xromatografik kolonka qo„llanildi. Metanning xromatografik
cho„qqi asosining eni 20 mm ni tashkil etdi.
Diagramma lentasining
tezligi 600 mm/soat. Metanning tutilish vaqtini aniqlang.
Javob
: 22,3 minut.
11-
masala
. Xromatogrammada 2-metiloktan va 2,3-dimetilgep-
tanning tutilish vaqtlari mos ravishda 37 va 34 sekund.
Ularning
xroma-tografik cho„qqi yarim balandlilaridagi eni mos ravishda 2-
metiloktan uchun 3,2 mm va 2,3 dimetilgeptan uchun 2,7 mm.
Diagramma lentasi-ning tezligi 1,5 sm/minut
holat uchun moddalarning
bir-biridan ajratish kriteriyasini aniqlang (
).
Javob
: 1,27.
12-
masala
.Xromatogrammada izopropilbenzol va 1,2,3-trimetil-
benzolning tutilish vaqtlari mos ravishda 112 va 84 sekund. Ularning
xromatografik cho„qqi yarim balandlilaridagi eni mos ravishda izopro-
pilbenzol uchun 2,1 mm va 1,2,3 – trimetilbenzol uchun 2,3 mm.
Diagramma lentasining tezligi 3,0 sm/minut holat uchun moddalarning
bir-biridan ajratish kriteriyasini aniqlang (
).
Javob
: 3,18.
13-
masala
. NTEB ning qiymati 3,4 mm teng bo„lgan 1,5 metrli
xromatografik
kolonkada etanol, atsetaldegid va propanol-2 larni bir-
biridan ajratishga harakat qilindi. Moddalarning
tutilish vaqtlari mos
ravishda 44, 56 va 48 sekundlarni tashkil etdi. Ushbu kolonkada qaysi
moddalar bir-biridan ajralishini isbotlab bering.
14-
masala
. Nazariy tarelkalar soni 2500 bo„lgan xromatografik
kolonkada sirka, oksalat va valerian kislotalar ajratilgan edi.
Moddalarning tutilish vaqtlari mos ravishda 123, 138 va 194
sekundlarni tashkil etdi. Ushbu kolonkada
qaysi moddalar bir-biridan
ajralishini isbotlab bering.
15-
masala.
Nazariy tarelkalar soni 256 bo„lgan xromatografik
kolonkada A va B moddalar ajratilgan edi.
Moddalarning tutilish
hajmlari mos ravishda 5,0 va 6,3 sm
3
tashkil etdi. Har bir modda uchun
xromatografik cho„qqi enini va ajratish kriteriyasini (
) hisoblang.