102
IV BOB. ION-ALMASHININSH XROMATOGRAFIYASI
4.1. Ion –almashinish xromatografiyasining nazariy asoslari
Ion-almashinish xromatografiyasi harakatli faza tarkibidagi
ionlarning stexiometrik nisbatda harakatsiz faza tarkibidagi ionlar bilan
almashinish hodisasiga asoslangan. Harakatsiz faza sifatida qattiq yoki
suyuq moddalar ishlatilishi mumkin. Ionitlar yoki ion-almashuvchilar
deb, harakatchan ionlarni almashinuvchi xossaga ega bo„lgan
moddalarga aytiladi. Ionitlarda asosiy jarayon ion-almashinish
hisoblanadi, lekin shu bilan birga adsorbsiya hodisasi ham bo„lishi
mumkin.
Birinchi sintetik ionitlar 1930 yillarda ishlab chiqildi. Birinchi
marotaba ionlarning ion-almashinish xromatografiyasi yordamida
ajratish 1947 yil T.B.Gapon, E.N. Gapon va F.M. Shemyakinlar
tomonidan amalga oshirildi.
Almanishuvchi ionlarning zaryadiga qarab kationitlar (kation-
almashinuvchilar) va anionitlar (anion-almashinuvchilar)ga bo„linadi.
Amfoter ionitlar tarkibida ham kislota va ham asos xossasiga ega
bo„lgan guruhlar mavjud bo„ladi. Monofunksional ion-almashuvchi
tarkibida faqat bir xil (kislota yoki asos) ko„p funksional ion-
almashuvchida esa turli kislotali (masalan
) yoki asosli
guruhlar mavjud bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: