O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat universiteti



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/140
tarix12.09.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#142946
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140
Tarmoqli virus — 
kompyuter tarmoqlarida tarqaluvchi virus. 
Tashqi xotira – 
bitta yoki bir nechta dasturni bajarishda hisoblash 
tizimi tarkibidagi juda katta hajmli axborotni uzoq muddat saqlash va 
undan bir necha marta foydalanish uchun mo’ljallangan xotira 
qurilmalarining kompleksi. 
Tashqi xotira qurilmasi (masalan, vinchester, fleshka, CD va DVD 
disklar va boshqa) – 
u juda katta sig’imli (odatda u megabayt, gegabayt 
yoki terabaytlar bilan o’lchanadi) qurilma bo’lib, dastlabki ma’lumotlarni, 
hisoblash natijalarini, spravochnik ma’lumotlarini va boshqa 
ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlash, ulardan takror foydalanish uchun 
mo’ljallangan. 
Telekommunikasiya 
bu
 
kompyuter
 
tarmoqlari va zamonaviy 
texnik aloqa vositalari negizida ma’lumotlarni masofadan uzatishdir. 
Terminal – 
hisoblash tizimiga axborotni kiritish va undan axborotni 
chiqarish uchun qo’llaniladigan chetki qurilma. 
Texnik ta’minot – 
avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ele-
menti bo’lib, axborot tizimi ishi uchun mo’ljallangan texnik vositalar 
kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnik jarayonlarga tegishli 
hujjatlardir. 


188 
Texnologiya – 
san’at, mahorat, bilish degan ma’nolarni bildiradi (bu 
esa jarayondan boshqa narsa emas), ya’ni mahsulotni ishlab chiqarish ja-
rayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor 
mahsulot shakli, xususiyati, holatining o’zgarishi, uni qayta ishlash, 
tayyorlash usullarining majmui bo’lib, bu biror bir ishni yuqori darajada 
uddalash degani. 
Tizim (sistema) – 
yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham 
yaxlit, ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatadigan bir necha 
turdagi elementlar, qismlar majmui.

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin