56
shu fanni mehr-muhabbat bilan
o‘rganishga da’vat etmoqda. Buni
maktabimizda
tashkil
etilgan
«yosh
tilshunoslar»
to‘garak
faoliyatida yaqqol ko‘rish mum-
kin. To‘garakda til muammolariga
oid temalar o‘rganiladi, vaqti-
vaqti bilan kecha va uchrashuvlar
o‘tkaziladi. «O‘z ona tilimizni se-
vamiz» temasidagi adabiy-badiiy
kompozitsiya ana shunday yirik
tadbirlardan biridir. Quyida shu
mavzuga bag‘ishlab maktabda
o‘tkazilgan
va
mutaxassis
o‘qituvchilar, ota-onalar hamda
yoshlarga manzur bo‘lgan kechan-
ing
ssenariysi
hamkasblar
e’tiboriga havola etilayotir.
Kecha maktabning katta zali-
da o‘tkaziladi. Sahnada «Biz o‘z
tilimizni va Vatanimizni sevamiz»
shiori yaqqol ko‘zga tashlanib tu-
radi.
Adabiy kompozitsiya quyidagi
she’r bilan boshlanadi.
Boshlovchi:
Tunov kuni barcha darslar,
Majlis qilib qolishdi.
Bu yig‘inda barcha do‘stlar ,
Galma-gal so‘z olishdi.
Shunda dedi ona tili:
So‘z bering bizga qani,
O‘z tilini bilmay turib,
Bilish qiyin boshqani.
Birinchidan savod kerak,
O‘rganishga har fanni.
Fikrlari ravon oqar,
Tilni yaxshi bilganni.
Dostları ilə paylaş: