b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI
majburiy tarzda bo’lib yuborish raqobat muhitini yaratishda eng
muhim usullardan biri hisoblanadi. Bunda bo‘lib yuborilayotgan tarkibiy
bo‘linmalar tashkiliy va xududiy jihatdan ajralib chiqishi mumkin bo‘lishi, uning
tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida texnologik jihatdan o‘zaro o‘zviy bog‘liqlik
bo‘lmasligi, bo‘lib yuborish natijasida tarkibiy bo‘linmalar muayyan tovar
bozorida mustaqil ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
Shuningdek, respublikamizda
xo’jalik yurituvchi subyektlarining raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) ustidan davlat nazorati ham olib boriladi. Bunda muayyan tovar bozorida 35 va undan ortiq foiz ulushga
ega bo‘lgan, o‘zaro raqobatlashayotgan yoki raqobatlashishi mumkin bo‘lgan
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklab qo‘ygan yoki cheklab qo‘yish
mumkin bo‘lgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) xaqiqiy emas deb topiladi
va bekor qilinadi. Bunday harakatlarga quyidagilar kiradi:
–
qat‘iy narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar yoki
ortiqcha narxlar belgilash yoki ularni saqlab turish;
–
erkin bozor narxlari qaror topishiga to‘sqinlik qilib, ularni sun‘iy ravishda
o‘stirish yoki pasaytirish;
–
ishlab chiqarish, mahsulot sotish bozorlari va kapital qo‘yilmalar ustidan
nazorat o‘rnatish;
–
taklif hajmini sun‘iy ravishda o‘zgartirish maqsadida ishlab chiqarish
hajmlarini kelishib olish;
–
auksionlar, birjalar va boshqa kimoshdi savdolarida narxlarni oshirish,
pasaytirish yoki saqlab turishga hamda narx sohasida kamsitishlar belgilash;
–
bozorni xudud bo‘yicha, sotuv yoki harid hajmi, tovarlar xillari bo‘yicha,
sotuvchilar va haridorlar, buyurtmachilar doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga;
–
muayyan tovarlarning sotuvchilari, haridorlari yoki boshqa xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklab qo‘yish yoki ularnibozordan
chetlatishga qaratilgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlar) taqiqlanadi.
Amaliyotda keng tarqalgan usullardan yana biri