39
antimonopol qonunchilik nazorati ostida bo‘ladi. Kartel ishtirokchilari o‘zlarining
huquqiy va xo‘jalik yuritishda mustaqilliklarini saqlab qoladilar va faoliyatini
kartel shartnomasi (narx, sotish bozori, ishlab chiqarish va sotish hajmi,
patentlar
almashinuvi va shu kabilar).
2. Sindikat – bu monopolistik birlashmaning bir turi. Ular bir tarmoq
korxonalari huquqiy va ishlab chiqarish mustaqilligini saqlab qolgan holda
buyurtmalarni taqsimlash, xom ashyo sotib olish, ishlab chiqarilgan mahsulotni
sotish uchun o‘zlarining tijorat faoliyatlarini birlashtirib, yagona idora tuzadilar.
Sindikat a‘zolari o‘zlarining tijorat mustaqilligini yo‘qotadi.
Sindikatlar sobiq
ittifoq davrida keng tarqalgan bo‘lib bugungi kunda ham () kabi sindikatlar
mavjud.
3. Trest – bu monopolistik birlashmaning bir turi hisoblanib, ular bir tarmoq
korxonalarining qo‘shma mulk, ishlab chiqarish va sotish faoliyatini hamkorlikda
amalga oshirish uchun birlashishi orqali vujudga keladi. trest ishtirokchilari
o‘zlarining ishlab chiqarish va tijorat mustaqilliklarini to‘liq yo‘qotadilar. Trest
boshqaruv yagona marzak orqali amalga oshirilib, olingan foyda ishtirokchilar
ulushiga qarab taqsimlanadi.
4. Konsern – turli tarmoq korxonalarining umumiy boshqaruv va moliyaviy
maqsadlarda birlashuvidan iborat monopolistik tuzilmadir.
Odatda konsern
tarkibiga ishlab chiqarish korxonalaridan tashqari transport va savdo, banklar yoki
boshqa moliyaviy tashkilotlar (sug‘urta, pensiya fondlari, kredit uyushmalari)
kiradi. Konsern ishtirokchilari rasman mustaqil bo‘lsalarda ular yagona markaz
orqali boshqariladi. Bunday tuzilma ichki moliyalashtirish, ichki qulay tariflarning
qo‘llanilishi, patent, lisenziya va nou-xaularning imtiyozli berilishi bilan a‘zo
korxonalarning raqobatbardoshligini oshiradi. Dastlabki konsernlar AQSh va
Yaponiyada paydo bo‘lgan bo‘lib, bugungi kunda turli mamlakatlarda yirik
kompaniyalar shunday tuzilmaga kiradi.
5. Pul – loyihalardan foydalanishni ko‘zdad tutuvchi birlashma bo‘lib, patnt
va lisenziyalarni o‘zaro kelishilgan holda berishga yo‘naltirilgan. Pul
ishtirokchilarining daromadi unga kirishdagi kvota asosida belgilanadi.
6. Xolding – aksiyadorlik jamiyati hisoblanib, huquqiy mustaqil bo‘lgan
korxonalarning nazorat paketiga ega tuzilmadir. Xolding ishtirokchilarning barcha
operasiyalarini o‘z nazoratiga oladi. Xoldinglarning bosh kompaniyasi yirik
monopoliya hisoblanadi va ishtirokchilarni shu‘ba
korxona sifatida boshqarib
turadi. Xoldinglar o‘nlab korxonalar aksiyalarining nazorat paketiga ega bo‘lib bu
aksiyalar orqali katta foydaga ega bo‘ladi va uni tadbirkorlik faoliyatiga
yo‘naltiradi. Huquqiy jihatdan AJ, MChJ, UK shakliga ega bo‘ladi. Xolding-
kompaniya– a‘zo korxonalar faoliyatini aksiyalar nazorat paketi orqali
boshqaradigan kompaniyadir.
7. Konglomerat – bosh kompaniyasi faoliyati an‘anaviy tarmoq bilan
texnologik
va
ishlab
chiqarish
aloqalari
mavjud
bo‘lmagan
yirik
korporasiyalarning tarmoqqa kirib kelishiga asoslangan birlashma.
Mukammal raqobat sharoiti juda oddiy tuzilishga ega: tabbiy holda olib
qaraydigan bo‘lsak bozordagi muvozanatni ta‘minlash mumkni.
Buni moddiy
zahiralar, mulk huquqi, daromadlarning qayta taqsimlanishi, soliqlar va shu
40
kabilarda ko‘rishimiz mumkni. Mukammal raqobat to‘g‘risidagi farazlar bozordagi
vaziyat to‘liq ochib bera olmaydi va uning subyektlarini har doim ham
qoniqtirmaydi. Chunki mukammal raqobat sharoitida narx iste‘molchilar sonining
ortishi bilan ham, ishlab chiqaruvchilar va raqiblar sonining ortishi bilan ham
ahamiyatga ega bo‘lmay qolaveradi. Shuningdek
mukammal raqobat sharoitini
yaratishning amalda imkoniyati juda kam.
Monopoliya tovar bozorlarida yagona ishlab chiqaruvchi –monopolist
mavjud bo‘lganda vujudga keladi. Monopolist umumiy talabni qondirish
imkoniyatiga ega. Monopoliya nafaqat yagona ishlab chiqaruvchi mavjudligi bilan
emas balki unda raqobat mavjudligi bilan ham izohlanadi. Monopol bozorda
iste‘molchilar o‘z xarid qobiliyatlari bilan bir-biriga raqobatlashadi. Ularning soni
ko‘pligiga qaramasdan narxga xech qanday ta‘sir ko‘rsata olmaydilar. Bozorda
yagona taklif(narx)ga ko‘p sonli iste‘molchilarning talabi orqali muvozanat
vujudga keladi. Shu bois bugungi kunda bozordagi raqobat muhitini nomukammal
sharoitda o‘rganish bugungi kunda juda muhim.
Monopoliya bir turdagi tovarlar bozori tushunilib, uning yagona ishlab
chiqaruvchisi bo‘ladi, ya‘ni bozorning talab egri chizig‘i
q = D(p)
va
yagona
ishlab chiqaruvchi uchun talab egri chiziqlari mos tushadi. Monopoliya sharoitida
firma tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
q
va u sotishi mumkin bo‘lgan
mahsulot narxi bozorning talab funksiyasi
p= p(q)
ga teskari deb qabul qilinadi.
Demak,
q = D(p)
va
p= p(q)
kamayuvchi funksiyalar ekan.
Agarda – monopolistning umumiy xarajatlari funksiyasi, monopolistning
maqsadi yuqori foyda olish bo‘lsa, u holda monopolistning foydasi quyidagiga
teng bo‘ladi:
( ) ( ) ( )
q
m
>0
bo‘lganda
q
m
nuqtaning eng yuqori qiymati(maksimumi) quyidagiga
teng:
(
) (
) (
) (
)
bunda
q
m
–monopolist ishlab chiqargan mahsulot hajmi. Formuladan monopoliya
sharoitida marjinal xarajatlar va daromadlar teng bo‘lishi kelib chiqadi. Ta‘kidlab
o‘tamizki, ushbu formuladan
(
) (
) (
)
(
) (
) (
)
(
) (
)
,
(
) (
)
Bundan
kelib chiqadiki, monopolist narxi
p
m
mukammal raqobat sharoitidagi
narxdan yuqoriroq, ishlab chiqarish hajmi esa kamroq bo‘lar ekan.
Marjinal daromad (MC) va talabning narx elastikligi o‘rtasidagi munosabat
orqali ifodalash orqali ushbu shartni quyidagicha ifodalashimiz mumkin:
(
) (
)
(
(
)
)
Bunda
E(p
m
)–
narx elastikligi.
E(p
m
)>0<-1.
Demak, monopolist bozorning
narx elastik bo‘lgan sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ya‘ni:
(
) ( (
))