O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

Tenglik.
Birorta ham odam, birorta ham mamlakat rivojlanish ne‘matlaridan 
foydalanish imkoniyatlaridan mahrum qilinmasligi kerak. Erkaklar va ayollar 
huquqlari va imkoniyatlarining tengligi kafotlanishi zarur.

Birdamlik. 
Global muammolar tenglik va ijtimoiy adolatning asosiy 
prinsiplariga muvofiq, chiqimlar va mas‘uliyatni adolatli taqsimlash asosida hal 
etilishi kerak. Azob chekayotganlar yoki eng noqulay sharoitga tushib qolganlar 
eng qulay vaziyatda bo‘lganlar tomonidan yordam olish imkoniyatiga ega 
bo‘lishlari kerak. 
Sabr-toqatlilik.
Dinlar, madaniyatlar va tillar xilma-xilligiga qaramasdan 
odamlar bir birlarini hurmat qilishlari kerak. Jamiyatlar doirasida va jamiyatlar 
o‘rtasidagi tafovut qo‘rqitishga ham, ta‘qib qilishga ham asos bo‘lmasligi zarur, 
balki bu turfalikka inoniyatning eng qimmatli boyligi sifatida yondashilishi zarur. 
Jaxon madaniyati hamda barcha sivilizasiyalar o‘rtasidagi muloqot faol 
rag‘batlantirib borilishi kerak. 
Tabiatga hurmat.
Barqaror rivojlanish qoidalariga muvofiq, barcha tirik 
mavjudot va tabiiy resurslarni muxofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish 
negiziga ehtiyotkorlik qo‘yilishi lozim. Faqat shu yo‘l bilangina bizga tabiat 
tomonidan in‘om etilgan ulkan boyliklarni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish 
mumkin. Hozirgi ishlab chiqarishning va iste‘molning beqaror modellari kelajakda 
bizning 
farovonligimiz 
va 
avlodlarimizning 
farovonligi 
manfaatlarida 
o‘zgartirilishi kerak. 
Umumiy majburiyat.
Global iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni boshqarish, 
shuningdek xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha 
mas‘uliyat jaxon xalqlari o‘rtasida taqimlanishi hamda ko‘p tomonlik asosida 
amalga oshirilishi zarur. Mazkur ishda jaxondagi eng universal va eng vakolatli 
49
ПРООН. Доклад о человеческом развитии за 1990 г. //http: //www.undp.org. 


94 
tashkilot hisoblangan Birlashgan Millatlar Tashkiloti markaziy rol o‘ynashi lozim
50
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Inson salohiyatini rivojlantirish indeksi (ISRI)

insonlarning turmush sifatini 
baholashning integral ko‘rsatkichi bo‘lib, pokistonlik iqtisodchi Mahbub ul-Xaq
51
boshchiligidagi BMT ekspertlar guruhi tomonidan taklif qilingan. Mazkur 
indeksning asosida A.San izlanishlari borligini alohida ta‘kidlash kerak. 
Mahbub ul-Haqning ta‘kidlashicha, ―Insonni rivojlantirish konsepsiyasi 
bugungi kunda eng yaxlit rivojlanish modeli hisoblanadi. U iqtisodiy o‘sish, 
ijtimoiy investisiyalar, odamlar imkoniyatlarini kengaytirish, asosiy ehtiyojlarni 
qondirish va ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish, siyosiy va madaniy erkinliklar 
hamda inson hayoti barcha boshqa sohalarini qamrab oladigan rivojlanishning 
barcha masalalarini mujassamlashtirgan. U tor ma‘nodagi texnokratik yoki falsafiy 
konsepsiya emas. U hayotni aks ettiradi‖. 
Mazkur ko‘rsatkichda turmush darajasi (yoki farovonlik darajasi) bilan 
turmush sifatini farqlay olishi kerak. 
Turmush darajasi
moddiy farovonlik 
darajasini, ya‘ni odamlarning moddiy ehtiyoji qondirilganligining darajasini bo‘lib, 
mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichini aholi jon boshiga YaIM ko‘rsatkichi 
orqali ifodalanadi. 
Turmush sifati
esa ―nomoddiy‖ yoki pulda ifodalanmaydigan 
odamlarning salomatligi va umr ko‘rish davomiyligi, dam olish va bo‘sh vaqtini 
o‘tkazish, madaniy rivojlanish, o‘zligini namoyon qilish, bilimlar va ma‘naviy 
boylikning boshqa ne‘matlaridan foydalanish imkoniyatlarini qamrab oladi. 
Inson salohiyatini rivojlantirish indeksi har yili turli mamlakatlarda turmush 
darajasi, savodxonlik, ta‘lim, umr ko‘rish davomiyligi kabi inson salohiyatining 
asosiy xususiyatlarini o‘lchash va taqqoslash uchun har yili hisoblab chiqiladi. U 
turli mamlakatlar va mintaqalar turmush darajasi o‘rtasidagi umumiy farqlarni 
aniqlashda standart va vosita vazifasini o‘taydi. Mazkur indeks BMTning 
Rivojlanish dasturi doirasida inson salohiyatini rivojlantirish to‘g‘risidagi 
hisobotlarda e‘lon qilinadi. 
ISRI ni hisoblab chiqishda ko‘rsatkichlarning uch turi hisobga olinadi: 
• inson tug’ilgan paytda kutilayotgan o’rtacha umr ko’rish; 
• 
ta’lim olishning o’rtacha davomiyligi va ta’lim olishning kutilayotgan 
davomiyligi; 
• 
munosib turmush darajasi
. Bu aholi jon boshiga yalpi milliy daromadning 
xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha AQSh dollarida baholanadi. 
Inson salohiyatini rivojlantirish indeksi insonni rivojlantirishining integral 
jamlanma ko‘rsatkichidir. U yuqorida qayd qilingan uchta asosiy ko‘rsatkich 
bo‘yicha mamlakatda erishilgan o‘rtacha darajani ifoda etadi.
50
BMTning Mingyillik rivojlanish deklarasiyasi (BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil 8 sentyabrdagi 55/2 
rezolyusiyasi bilan qabul qilingan // http: //www.un.org. 
51
Mahbub ul-Xaq (1934-1996) – pokistonlik buyuk iqtisodchi, Insonni rivojlantirish ma‘ruzasining asoschisi, 
―Iqtisodiy rejalashtirish strategiyasi‖, ―Insonni rivojlantirish to‘g‘risida mulohazalar‖, ―Rivojlantirish maqsadlarida 
hamkorlik uchun yangi asoslar‖ asarlarining muallifi.


95 
Mazkur uch mezon bo‘yicha integral indeksni aniqlash uchun dastavval xar 
bir mezonning indeksi hisoblab chiqilishi kerak. Ko‘rsatkichlarni 0 dan 1,0 gacha 
bo‘lgan miqdorini indekslarga aylantirish uchun mezonlarning eng kam va eng 
ko‘p miqdorlarini o‘rnatish talab qilinadi. Indeksning integral ko‘rsatkichini 
hisoblab chiqish uchun o‘rtacha biometrik miqdorlar ishlatilishi sababli eng ko‘p 
miqdor har qanday ikki mamlakat yoki vaqt davrlari o‘rtasidagi taqqoslashga 
(foizlarda) ta‘sir ko‘rsatmaydi. 
2010 yilda ISRI ko‘rsatkichlari yanada kengaytirildi, indeksning o‘zi esa 
sezilarli darajada o‘zgartirildi. Qo‘shimcha ravishda ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikni 
hisobga olgan holda inson rivojlanish indeksi, (IRI), gender tengsizlik indeksi 
(GTI) va ko‘p o‘lchamli qashshoqlik indeksi (KO‘QI).
tengsizlikni hisobga olgan holdagi insonni rivojlantirish indeksi
. Unda 
insonning salomatlik, ta‘lim va daromadlar o‘rtacha ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi 
farqlar hisobga olinadi; 
gender tengsizligi indeksi.
U ish kuchi, salomatlik, bilimlar o‘rtasidagi 
tafovutni hamda ayollarga salbiy ta‘sir ko‘rsayotgan imkoniyatlarni hamda 
ularning huquqlarini kengaytirishni ifoda qiladi;
ko’p o’lchamlik kambag’allik indeksi
. U rivojlaniyotgan mamlakatlar 
aholisining ta‘lim, sog‘liqni saqlash va turmush darajasidagi jiddiy farqlarni 
aniqlash imkonini beradi. 
ISRI quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin