93
prinsipial ahamiyatga egadir. Biroq rivojlanishning barcha darajalarida uzoq va
sog‘lom xayot kechirish, bilimlarni egallash va munosib turmush kechirish uchun
zarur bo‘lgan resurslardan foydalanish imkoniyatlari
insonni rivojlantirishning
asosiy moxiyatidir. Agar insonda bunday asosiy tanlov bo‘lmasa, u boshqa
imkoniyatlardan ham foydalana olmaydi‖
49
g‘oyasi ilgari surildi.
Mazkur
konsepsiya
insonni
rivojlantirish,
inson
imkoniyatlarini
kengaytirishga bir tomondan, sog‘liqni mustahkamlash,
bilimlarni egallash, kasb
ko‘nikmalarini takomillashtirish orqali, ikkinchi tarafdan, insonlar tomonidan
egallangan qobiliyatlarini ishlab chiqarish, madaniy, siyosiy faoliyati va dam olish
maqsadlari uchun ishlatish orqali amalga rshirilishini ko‘zda tutadi.
Insonni rivojlantirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari
BMT Mingyillik
rivojlanish deklarasiyasida e‘lon qilingan edi. Mazkur deklarasiyada XXI asrda
xalqaro munosabatlar uchun qator asosiy qadriyatlar:
Erkinlik.
Erkaklar va ayollar ochlikdan va zo‘ravonlik qo‘rquvi, zulm va
adolatliksizdan holi bo‘lgan, inson uchun munosib sharoitlarda yashash va
bolalarini tarbiyalash huquqiga egadirlar. Xalqning
keng ishtiroki va irodasiga
asoslangan boshqaruvning demokratik shakli bu huquqlarning eng yaxshi kafolati
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: