competitiveness of the economically active population)
mehnat resurslarining ish beruvchi tomonidan belgilangan
muayyan shart-sharoitlarda mehnat bozor talablarini o‘z toifasidagi yoki boshqa
toifadagi malakali faol mexnat resurslariga nisbatan yuqori darajada qondira olish
qobiliyati.
Imij differensiasiyasi (дифференциация имиджа / image differentiation)
mahsulotlarning raqib korxona yoki uning tovarlariga nisbatan
ijobiy bo‘lgan qiyofasi, nufuzini yaratish orqali amalga oshiriladi.
Imitasiya strategiyasi (
стратегия имитации / strategy imitation )
innovasiyani joriy etishda vaqtni va moliyaviy resurslarni tejash maqsadida va
innovasion jarayonda fundamental tadqiqotlar va innovasiyani ishlab chiqish va
joriy etishgacha bo‘lgan davr mobaynida ishlab chiqarish imkoniyatlarini
mustaxkamlab olish uchun qo‘llaniladi.
Investor (инвестор / investor)
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav
fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy
huquqlarini o‘z nomidan va o‘z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs,
shuningdek shaxslar guruhi;
Inson salohiyatini rivojlantirish indeksi (индекс развития человеческого потенциала / human development index)
insonlarning
turmush sifatini baholashning integral ko‘rsatkichi.
Insonni rivojlantirish (развитие человека / human development) –
odamlarni kengroq tanlash imkoniyati bilan ta‘minlash jarayoni.
Insofsiz raqobat (несовершенная конкуренция /