O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


SamDU Ilmiy Kengashining 2021 yil 30 noyabrdagi 5-son bayonnomasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

SamDU Ilmiy Kengashining 2021 yil 30 noyabrdagi 5-son bayonnomasi
bilan chop etishga tavsiya etilgan 
ISBN 978-9943-7276-0-1 
© I.X.Nasimov, I.Patterson, K.M.Ibodov, SamDU, 2021 yil 



KIRISH 
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va 
milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi 
bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo‘jalik bosqichma-bosqich 
shakllanib bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi 
takomillashtirilmoqda. Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot 
amal qilishi va rivojlanishida o‘ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga 
chiqmoqda. 
Keyingi yillarda mamlakatimiz korxonalarining milliy va jahon bozoridagi 
faoliyatida yangi strategiyalarni qo‘llash, murakkab taktik modellarning joriy etish 
zarurligini ko‘rsatib berdi. Jumladan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta‘kidlaganidek, 
―... tovar va moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish hamda 
tadbirkorlarga xomashyo sotib olish uchun teng imkoniyatlar yaratish zarur‖
1
hisoblanadi.
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz tom ma‘noda bozor munosabatlariga 
asoslangan iqtisodiyotni vujudga keltirdi. Boshqa mamlakatlarni olib qaraydigan 
bo‘lsak, aksariyat Amerika va Yevropa mamlakatlari 2008-2012 yillarda jahon 
moliyaviy inqirozini boshidan kechirdi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi, 
medernizasiyalash va texnik-texnologik yangilash bosqichiga o‘tish bugungi kunda 
milliy iqtisodiyotimizni ishonch bilan barqaror deya olishimizni kafolatlaydi. 
2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning quyidagi 
eng muhim ustuvor vazifa va yo‘nalishlaridan biri sifatida iqtisodiyotimizning 
raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha dastur tayyorlash va uni amalga oshirish, 
iqtisodiyotimizda yuqori va barqaror o‘sish sur‘atlarini saqlab qolishni
makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlashni, shuningdek, iqtisodiyotni 
izchil isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikasiya jarayonlarini 
chuqurlashtirish, yangi, yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni 
jadal rivojlantirish, mavjud quvvatlarni modernizasiya qilish va texnologik 
jihatdan 
yangilash 
jarayonini 
jadallashtirish 
hisobidan 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotining raqobatdoshliligini oshirishni taminlaydigan kompleks chora-
tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi qo‘yildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 fevraldagi ―O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi 
PF-4947-sonli 
Farmonining 
1-ilovasida 
keltirilgan 
―2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi‖da belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta‘minlash bo‘yicha 
iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda 
mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish bozorlarida monopoliyani bosqichma bosqich 
kamaytirish, ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini 
ta‘minlash va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish masalalari 
ko‘zda tutilgan. 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2021 yil 29 dekabr. 
https://president.uz/uz/lists/view/4057 



Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli 
odamlarimizning ongu tafakkurida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar mustaqil va 
yangicha fikrlaydigan, zamon talabiga javob beradigan istiqlolning yangi avlodi 
shakllanganligini alohida ta‘kidlab o‘tishimiz kerak. Tadbirkorlikni rivojlantirishda 
ularning salohiyatidan foydalanishga juda katta e‘tibor berilmoqda. Shu bois ular 
uchun raqobat kundalik turmush jarayoniga aylanib qolgan. Raqobat ular uchun 
tadbirkorlik, iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuchdir. Bugungi avlod biznes 
yuritishda oldingi avlodlariga nisbatan boy bilimga ega va raqiblardan o‘zib 
ketishga intilish asosiy maqsadlariga aylanib ulgurgan. 
Mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagi vaziyat bilan yaxshi tanish bo‘lmagan 
bo‘lajak iqtisodchilar bu davr mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyotida raqobat 
mavjud bo‘lmaganligi, ushbu mavzuni o‘rganish ta‘qiqlanganligi to‘g‘risidagi 
ma‘lumotlarni qiyinchilik bilan qabul qiladilar.
Raqobat bozor munosabatlari tizimining o‘ziga xos ―og‘irlik markazi‖ desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu ―og‘irlik markazi‖ bozor ishtirokchilarining narxni va 
tovarlar taklifi miqdorini belgilab berishga qaratilgan o‘zaro munosabatlarini aks 
ettiradi. Bu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat. Odatda raqobat iste‘molchilar 
va ishlab chiqaruvchilarning narx va bozordagi talab hajmini belgilashga ham 
taalluqlidir.
Kishilarni raqobatga undovchi vosita bu yuqori natijaga erishishdir. Raqobat 
bozorda katta ulushni egallash, iste‘molchilarni o‘ziga og‘dirish va ko‘proq foyda 
olish bo‘lib, raqobat kurashi esa bu harakatlarni tezlashtiruvchi kuchdir. 
Raqobatning tamoyil va qadriyatlariga ko‘ra, narxlarning minimal darajaga 
tushishi, sifatning yuqori darajasiga erishish zarur. Shu asnoda har qanday millatga 
mansub tadbirkor ham avvalo raqobat qonunlari, talablari va raqobat kurashi 
usullariga e‘tibor berishini hisobga olish zarur. Raqobat kurashi olib borishning 
asosiy vositalari sifatida firmalar sifat, narx, servis xizmati ko‘rsatish, assortiment, 
to‘lov va yetkazib berish shartlari va reklamadan foydalanadilar. 
Raqobat bozor munosabatlarining muhim elementi sifatida iqtisodiy 
nazariyaning fundamental tushunchasi hisoblanadi. Raqobat kapitalistik ishlab 
chiqarishning barcha darajalarida – firmadan tortib jahon bozorigacha paydo 
bo‘ladi. Hattoki sosialistik tizimda ham raqobatni rad etishmagan. Sosializm 
asoschilari ham raqobat to‘g‘risida fikrlar bildirgan bo‘lib, ular buni ―sosialistik 
bellashuv‖ ham deb atashgan.
Iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi har qanday bozor ishtirokchilarining 
muvaffaqiyati birinchi navbatda raqobat qonunlarini to‘g‘risida qanday bilimga 
ega ekanligi, uning turlari, namoyon bo‘lish shakllari va raqobat kurashi olib 
borish usullarini qay darajada aniqlash olish malakalariga va raqobat kurashi olib 
borish ko‘nikmalariga ega bo‘lishligiga ham bog‘liqdir. 
―Raqobat‖, ―raqobatbardoshlik‖, ―raqobat afzalligi‖, ―raqobatlashuv 
salohiyati‖, ―raqobat mavqyei‖ kabi so‘zlar ilmiy-tadqiqot leksikonidan kundalik 
bahs munozaralar mavzusiga aylanib ulgurdi. Ushbu o‘rinda xorijlik olimlarning 
fikr-mulohazalari, tadqiqotlariga murojaat etadigan bo‘lsak, marketing amaliyotida 
tanilgan olim M.Porter yirik kompaniyalar va yuksak taraqqiy etgan 
mamlakatlarning strategiyasi mavjud raqobat ustunligidan foyda ko‘rishga 



asoslanganini isbotladi. U raqobat ustunligini korporativ boshqaruv, ishlab 
chiqarish omillari, mamlakatdagi talab hajmi, ko‘makchi va qo‘shimcha 
tarmoqlarga bog‘liqligini, ushbu omillar sintezi o‘ziga xos ―raqobat afzalliklari 
brillianti‖ ni vujudga keltirishi va ular kapitalni chetga chiqarishning 
muvaffaqiyatini kafolatlashini nazarda tutadi. Qo‘shimcha omillar sifatida esa 
davlatning oqilona siyosati va ―omadli vaziyatlar‖ni keltiradi. Shuningdek, olim 
mamlakatda o‘zaro bog‘liq ishlab chiqarish tarmoqlari mavjudligi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investisiyalar qabul qiluvchi mamlakat uchun katta raqobat 
ustunliklari va imkoniyatlarini yaratishini isbotlaydi.
Bugungi kunda raqobat, raqobat ustunligi, raqobat strategiyalari, 
raqobatbardoshlik va firmalarning raqobat mavqyei, monopoliyaga qarshi kurash, 
tartibga solish, raqiblar funksiyasini differensiasiyalash to‘g‘risida ma‘lumotlar, 
ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy maqola va tezislar juda ko‘p. Biroq, talabalarga 
raqobat to‘g‘risida, uning nazariy rivojlanishi, zamonaviy iqtisodiyotda raqobat 
kurashining mazmun – mohiyati, yo‘nalishlari to‘g‘risida yaxlit bilimlar berishga 
yo‘naltirilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar soni bundan 20-30 yil oldingi kabi 
kam topiladi. 
Ushbu o‘quv qo‘llanmada raqobat tushunchasi, uning iqtisodiy fanlarda 
nazariy bayon etilishi va namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq muammolar, raqobat 
ustunligi konsepsiyasi, tovar bozorining raqobat modellari, raqobat muhitini 
shakllantirish va raqobat siyosatini tartibga solish bo‘yicha xalqaro amaliyot 
masalalari yoritib berilgan.




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin