O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


P.Sraff, Dj. Robinson, E.Chemberlinlar tomonidan raqobatning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

P.Sraff, Dj. Robinson, E.Chemberlinlar tomonidan raqobatning 
Marshall nazariyasi tanqidi.
 
Marshall o‘z nazariyasining kamchiliklarga ega 
ekanligini tan olgan holda monopoliya nazariyasining kelgusida o‘z yechimini 
topishi mumkin bo‘lgan yangi amaliy masalalari mavjud deb ta‘kidlagan. 
A.Marshalning va uning maktabdoshlari o‘z uslublari (metodologiya) da umuman, 
avstriya maktabini qo‘llab-kuvvatlaydilar, lekin unga ayrim jiddiy o‘zgarishlarni 
ham kiritishni lozim deb hisoblaydi, Jumladan, faqat funksional tadqiqot 
usulinigina tan olish bilan birga, bozor munosabatlarining uch asosiy 
zaruriyatlarini: narx, talab, taklifni o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chikadilar.
Raqobatga ta‘sir qiluvchi omillar (moliyalashtirish manbalari, yangi 
mahsulot, bandlik siyosati, qo‘shilish va birlashish, reklama va shu kabilar) va 
biznes subyektlarining tashkiliy tuzilmalarida o‘tkazilgan empirik kuzatishlar 
natijasida firmalarning haqiqiy raqobat muhitidagi holati Marshallning muvozanat 
modeliga bo‘ysunmasligini ko‘rsatdi. Bu esa bozorning turli raqobat muhitida 
bozor muvozanatini nazariy jihatdan qo‘shimcha asoslab berilishini talab etardi. 
Raqobatning Marshall nazariyasi italiyalik iqtisodchi Pyero Sraffa (1898–
1983)ning ―Raqobat sharoitida daromadlilik qonunlari‖ (1926 y) kitobida tanqidiy 
baholandi
23
. Uning fikricha raqobat sharoitida har qanday bozor yoki tarmoqda 
mahsulot ishlab chiqarishi o‘sib borayotgan daromad miqdoriga va tashqi 
iqtisodiyotga bog‘liq bo‘lsa muvozanatga erishmaydi. P.Sraffa Firmalar ishlab 
chiqarish hajmining ―miqyos samarasi‖, mahsulotning iste‘molchilar tomonidan 
afzal deb topilishi va sotishning ayrim o‘ziga xos jihatlar(odat, sotuvchilarning 
joylashuvi, qarzga sotib olish imkoniyatining mavjudligi, qadoqlashning o‘ziga 
xosligi) bilan monopollashgan tovarlar bozorini vujudga keltiradi. monopollashgan 
tovar ishlab chiqaruvchi firmalar buning natijasida bozor talabini o‘z nazorati 
ostiga olishini ta‘kidlaydi. Agarda bir necha firma bir xildagi mahsulot ishlab 
chiqargudek bo‘lsa, ular tomonidan monopol narx(monopol yuqori/monopol quyi) 
belgilanishi mumkin. Buning natijasida firmalar kelgusida tarmoqqa yoki bozorga 
boshqa firmalar kirib kelishiga reklama xarajatlarining yuqoriligi, investisiyalar 
oqimi va mijozlar bilan bog‘liq to‘siqlarni shakllantirishini nazariy asosladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin